Imtiyozli kreditlar. Davlat dasturi asosida ajratiladigan imtiyozli kreditlar. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun davlatning maxsus fondlari yoki xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan turli xil imtiyozlar bilan ajratiladigan kreditlar. Ushbu kredit shartlari bevosita resursni taqdim etayotgan tashkilot tomonidan o‘rnatiladi.
Ipoteka kreditlari. Uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan kredit turi bo‘lib, belgilangan shartlar asosida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan yoki davlat dasturlari asosida maxsus davlat fondlari hisobidan imtiyozli ravishda ajratilishi mumkin. Kredit mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish ikki karra mas’uliyatni talab etadi. Shunday ekan, kreditni olish, ishlatish va qaytarishda mas’uliyatni his etib, tartibli qarzdorlardan bo‘lishga harakat qilaylik. Chunki kredit bu sovg‘a emas, u moliyaviy maqsadlarimizga erishish uchun imkoniyat. Bu imkoniyatdan mas’uliyatsizlik bilan foydalanib, o‘z vaqtida qaytarilmasa kredit tarixiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |