Mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlashda ma’lumotlar bazasi bilan ishlash. Hisobotlarni tayyorlash



Download 0,81 Mb.
Sana03.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#426622
Bog'liq
База

Mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlashda ma’lumotlar bazasi bilan ishlash. Hisobotlarni tayyorlash.




Ishdan maqsad: С++ Builder dasturlash muhitining imkoniyatlaridan foydalanib ma’lumotlar omborini boshqarish asoslari bilan tanishish. ADO texnologiyasidan foydalanib MS Access dasturida yaratilgan ma’lumotlar omborini boshqarish ko’nikmasini shakllantirish.


Variant: 0-variant


Topshiriq: C++ Builder muhitida ADO texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalangan holda talabalarni hisobga olish dasturini yarating.


Ishni bajarish tartibi:

Avvalo MS Access dasturi yordamida quyidagi jadvalni yaratib olamiz:





Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tug’ilgan sanasi

Pasport seriyasi

Pasport raqami

Millati

Manzili

























Yaratilgan bazani Accessning 2002-2003 yil versiyalari uchun mos holda saqlaymiz.


Endi esa yangi VCL proyekt yaratamiz va unga quyidagi komponentlarni joylashtiramiz:
1. dbGo bo’limidan TADOConnection;
2. dbGo bo’limidan TADOTable;
3. Data Access bo’limidan TDataSource;
4. Data Controls bo’limidan TDBNavigator;
5. Data Controls bo’limidan 8 ta TDBEdit;
6. Standart bo’limidan 8 ta TLabel;
7. Data Controls bo’limidan 1 tadan TDBGrid va TDBNavigator komponentlarini joylashtiramiz;

TADOConnection komponenti ma’lumotlar omborini yaratilayotgan dasturga bog’lash uchun qo’llaniladi. Buning uchun kursorni ushbu komponentning ustiga keltirib, ikki marta chertamiz.



Ochilgan muloqot oynasidagi Build tugmasini bosib, axborot uzatish kanali xususiyatlarini sozlash oynasini faollashtiramiz.





Bazani uzatuvchi sifatida Microsoft Jet 4.0 OLE DB Providerni tanlab, baza faylini tanlash oynasiga o’tamiz:



Выберите или введите базы данных maydonida avvaldan yaratilgan bazani ko’rsatiladi. Проверить соединение tugmasini bosish orqali bog’lanish amalga oshirilgani tekshirib olinadi.





OK tugmasini bosib, formaga o’tiladi.


Endi esa ADOConnection komponentining hususiyatlarini quyidagicha sozlaymiz:
1. LoginPromtfalse (bazaga bog’lanishda login va parol so’ramasligi uchun)
2. Connectedtrue (bazaga bog’lanish uchun)

Keyingi bosqichda ADOTable komponentini sozlaymiz:


1. ADOConnectionga bog’laymiz. Buning uchun uning Connection hususiyatida ADOConnection1 ni ko’rsatish kerak.
2. TableName hususiyati yordamida ushbu komponent bazaning qaysi jadvaliga bog’lanishi lozimligi aniqlanadi. Bizning holatda bu asosiy jadvalidir.
3. Active hususiyatini Truega almashtirib, ADOTableni faollashtiramiz.1

Visual ko’rinishga ega bo’lmagan DataSource komponenti ma’lumotlar va ularni boshqarish elementlari o’rtasida bog’lovchi vazifasini bajaradi2. Uning Dataset hususiyatida ADOTable komponentini ko’rsatib qo’yiladi.


Keyingi bosqichda ma’lumotlarni kiritish va ko’rsatish elementlari bevosita jadval elementlariga bog’lanadi. Buning uchun avval barcha komponentlarning DataSource hususiyati yordamida ular DataSource1 komponentiga bog’lanadi. Keyin har biri bittadan jadval yoki ustunga biriktiriladi. Masalan talaba familiyasini kiritishga mo’ljallangan DBEdit1 komponentining DataField hususiyatida “Familiyasi” qiymati ko’rsatiladi. Huddi shu tartibda boshqa TDBEdit komponentlari ham mos ravishda sozlanadi.



Ma’lumotlarni jadval shaklida taqdim etuvchi DBGrid1 va bazani boshqarishga mo’ljallangan DBNavigator komponentlari esa jadval bilan ravishda ishlagani uchun ularning DataField hususiyati mavjud emas.


DBGrid komponentining ustunlari enini sozlash uchun uni ikki marta chertib Editing DBGrid1.Columns oynasini faollashtiramiz:





Add All Fields tugmasini bosish orqali asosiy jadvaldagi ustunlarni yuklab olamiz:

Har bir ustun bittadan tanlanib, uning width hususiyatiga kerakli qiymat kiritib chiqiladi. Shundan so’ng dastur ishga tushiriladi.







Topshiriqlar.

Kompyuter qurilmalari haqida ma’lumot beruvchi MO va uni boshqaruvchi interfeys yarating.




1-variant. Monitor
2-variant. Case
3-variant. Klaviatura
4-variant. Sichqoncha
5-variant. Ovoz karnaylari
6-variant. Disk yurituvchi
7-variant. Operativ xotira
8-variant. Doimiy xotira
9-variant. Flash xotira
10-variant. Video xotira
11-variant. Protsessor
12-variant. Modem
13-variant. Tarmoq kartasi
14-variant. Tarmoq kabeli
15-variant. Kompakt disk



1 http://www.codenet.ru/progr/bcb/ado/

2 http://delphi-box.ru/datasource-delphi.html

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish