Bank ishi” fakulteti “таshqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi


“Alutex” QK ning iqtisodiy va marketing faoliyati tahlili



Download 450,2 Kb.
bet14/36
Sana18.01.2022
Hajmi450,2 Kb.
#388615
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
Fakulteti

2.2. “Alutex” QK ning iqtisodiy va marketing faoliyati tahlili
“Alutex” (Alyumin texnologiyalari) nomi ostida 1999 – yildan boshlab O’zbekiston – Britaniya qo’shma korxonasi ish boshladi. Shu davrdan boshlab korxona alyumin profillari va jihozlarining ulgurji savdosi bilan shug’ullana boshlagan, ya’ni ularni tayyor holda import qilib, sotgan. Keyinchalik, 2003-yilda “alyumin profillarini o’zbekistonda ishlab chiqarish” loyihasini amalga tatbiq qildi va hozirgi kunda, loyihani yanada rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda.

Alutex QK alyumin profillari va jihozlari uchun ixtisoslashtirilgan O’zbekistondagi birinchi korxona hisoblanadi. ISO 9001, DIN 1055 (Germany), TS 498 (Turkey), GOST 8617-81 (Russia) standartlari, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy normativ hujjatlari bo’lib hisoblanadi. Alutex alyumin profillari sohasida ilg’or rivojlanayotgan korxonalardan biridir.

Korxonada alyumin profillarini ishlab chiqarishning to’liq sikli amal qiladi, ya’ni alyumin va boshqa tarkibiy qismlarning aralashmasidan hosil bo’lgan alyumin qotishmalarini quyishdan boshlab, tayyor holga kelguncha bo’lgan jarayonning barchasi zavodning o’zida amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar muntazam ravishda eksport qilinadi, shuningdek, mamlakatning turli nuqtalariga yetkaziladi. Korxonaning asosiy hamkorlari asosan, qurilish sohasidagi korxonalar hisoblanadi, shu bilan birga sanoatning boshqa sohalaridagi korxonalar bilan ham turli xil munosabatlar o’rnatilgan. Alyumin profillarini ishlab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi va bu omil sifatli mahsulot olishning garovi hisoblanadi. Korxona, alyumin profillaridan tashqari, avtomobil sanoatida ishlatiladigan maxsus profillar, quyosh batareyasi radiatorlarining elementlarini, radioantenna ustunlari, mebel jihozlarini, zinalar chetiga o’rnatiladigan panjaralar hamda boshqa jihozlarni ishlab chiqaradi.

Alyumin profillarini ishlab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi va bu omil sifatli mahsulotning garovi hisoblanadi. “O’zbekistondagi 1-raqamli profil” – korxona mahsulotlariga bunday nomning berilishi bejiz emas albatta, chunki Alutex QK MDH davlatlarida marketing tadqiqotlari agentligi tomonidan har yili o’tkaziladigan “Yil tanlovi” konkursida bir necha yillardan beri birinchi o’rinni egallamoqda. Korxonaga Germaniyaning “Grenier Extrusion GmbH” korxonasi tomonidan berilgan DIN 1055 sertifikati esa, korxona mahsulotlarining Yevropa standartlariga to’liq javob berishini bildiradi.

Mahsulot tayyor bo’lishi uchun bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Ular quyidagilar:



Eritish

Korxonaning eritish sanoati presslash bo’limini alyumin qotishmalari bilan ta’minlab beradi. Bunda A7 A8 markali quyma birlamchi alyumin ishlatiladi. Presslash bo’limini uzluksiz ta’minlash uchun 22 tonnali shaxta tipidagi 2ta eritish, quyish pechi ishlab ishlab turadi. Avtomatlashtirilgan stanok yordamida yarim tayyor mahsulot profillarga bo’linadi va presslash bo’limiga jo’natiladi. Presslangan profillarning nomenklaturasi 500dan ortiq va bo’limda 7ta presslash liniyasi ishlab turadi.




Download 450,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish