Bank-ish pdf



Download 20,3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi20,3 Kb.
#331113
Bog'liq
bank-ishi2



1. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi

2. Markaziy bankning mustaqilligi

1. Bank kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha bo'sh JDUI mablag'larini to'plash, korxonalarga

va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish,

pul va turli qimmatbaho qog'ozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bog'liq operatsiyalarni

bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shug'ullanadi.

Bank ishining asosiy yo'nalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-

hisob xizmati ko'rsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qog'ozlarni saqlash,

saqlashga o'tkazilgan qimmatbaho qog'ozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish,

seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham ko'rsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga

oshiruviga ko'ra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat ko'rsatadi: markaziy

(emissiya) banki va tijorat banki.

Markaziy bank- mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul-kredit siyos atini amalga

oshiradi, naqd pul va qimmatbaho qog'ozlar emissiyasi bilan shug'ullanadi, mamlakatning oltin-

valuta zahiralarini saqlaydi, davlat va tijorat bankiga kreditlar beradi. Tijorat banki-o'z navbatida

universal va ixtisoslashgan banklarga bo'linadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamg'arma

(omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va boshqalardan iborat.

Tijorat banki universal bank bo'lib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari ko'rsatadi

(depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qog'ozlarni sotish va sotib olish). Bu

bank bank va kredit tizimining o'zagini tashkil etadi. Mulk shakliga ko'ra turlari- ko'ra banklarning

quyidagi turlari bor: davlat banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo bank, xalqaro bank,

chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank, bankirlar uyi, kooperativ bank, mahalliy o'z-

o'zini boshqarish banki, kommunal bank, xususiy bank va boshqalar.

O'zbekistondagi banktizimi O'zbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan

Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali bo'lgan. 19- asrning oxirida Turkistonda rus kapitali

ishtirokidagi O'rta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo)

banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki

(1901)ning filial, bo'lim va agentliklari faoliyat olib bordi.

1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1923; yiilarda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki

(1959; yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning O'zbekiston idora

(kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga

qadar O'zbekistonda mustaqil banktizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika

Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab

berilgan O'zbekiston Respublikasining Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi va

shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR

bankining respublika idoralari mustaqil bank sifatida O'zR Markaziy banki tomonidan ro'yxatga

olindi.

O'zbekiston Respublikasi banktizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni

xo'jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich o'tkazish dasturiga mos keladi. O'tgan

davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda

Markaziy bank, quyi bosqichda tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va

ular ko'rsatadigan xizmat turlari ko'paydi.

yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. O'zRning O'zbekiston Respublikasining Markaziy

banki to'g'risida"gi (1995-yil 21- dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini to'ldiribgina

qolmasdan, O'zbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari

hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. O'zRning Banklar va bank faoliyati to'g'risida" 1996-yil

25- apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro

standartlar darajasida belgilab berdi.




2 Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo’layotgan

iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o’zining

rivojlanish yo’nalishlarini o’zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi

pog’onasida real o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi, bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv

organlariga bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ldi.

Bu muammoni tahlil etishda asosiy jihat - mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy

siyosati yo’nalishiga tobeligi, ya’ni aniqrog’i bu tobelikning darajasiga bog’liq. qachonki, mamlakat

Markaziy banki siyosati davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog’liq

bo’lsa, bunday bog’liqlikni samarali, deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga

egaki, bu ittifoq Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor

va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi usullarni va yo’nalishlarni tanlashda hamda

qonun bqyicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat

berish lozim.

Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi o’rni ko’p hollarda milliy urf-

odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo’nalish

(tendentsiya)larni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko’rib chiqish

mumkin. 70-yillar o’rtalaridan 80-yillar o’rtalarigacha bo’lgan davr mobaynida davlatning

iqtisodiyotga amaliy aralashuvi natijasida jahonning ko’pgina etakchi mamlakatlarida markaziy

banklarning “qudratlilik” nazariyasi tasdiqlandi, markaziy banklarning obro’-e’tibori, nufuzi qsdi va

bu ma’muriy boshqaruv usullarining kengayishida namoyon bo’ldi.

Shular orqali, tahlil qilingan besh omil ichidan uch asosiy (aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo’shimcha (1 va

3) omilni ajratish mumkin. Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini

belgilovchi asosiy ob’ektiv omillarga:

− bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi;

− pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi;

− xukumatni Markaziy bank tomonidan kreditlash chegaralanganligining mavjudligi va qat’iyligini

ajratib ko’rsatish mumkin.

Markaziy bank kapitalida davlat ulushini va qonunchilikda Markaziy bankning maqsadi va

vazifalarini aniq belgilanganligi yuqoridagi tahlildan ko’rinib turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi

darajasini belgilashda hal qiluvchi rol oynamaydi va ular ikkilamchi omillar bo’lib hisoblanadilar.



Download 20,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish