Monetar siyosatni amalga oshirish
Pullar mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlovchi ko’pgina iqtisodiy o’zgarishlarga ta’sir ko’rsatganligi sababli, monetar siyosat ya’ni, pullar va foiz stavkalarini boshqarish – butun dunyoda iqtisodiy strategiyani ishlab chiquvchilar va siyosatchilarning diqqat e’tiboridagi ob’ektlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda monetar siyosatni amalga oshirishga Markaziy bank javobgar (AQShda bu Federal Zaxira Tizimi (FZT)) hisoblanadi. Shu bois, mazkur fanda AQSh va boshqa davlatlarda amalga oshirilayotgan monetar siyosatning o’ziga xos xususiyatlari va iqtisodiyotda pullarning miqdorini boshqarishda Markaziy banklarning rolini tahlil qilishga ham ba’zi mavzular bag’ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |