Pul va foiz stavkalari
Boshqa omillar bilan bir qatorda, pullar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning doimiy diqqat e’tiborida bo’lgan foiz stavkalarining tebranishiga ham ta’sir ko’rsatadi. 6-rasmdagi grafikda AQShning uzoq muddatli g’aznachilik obligatsiyalari bo’yicha foiz stavkasi bilan pul massasidagi o’sish tenglashtirilganligi ko’rsatilgan. 1960 va 1970 yillarda uzoq muddatli obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasi pul massasi bilan birgalikda o’sib bordi. Lekin 1980 yildan boshlab foiz stavkasining o’sishi bilan pul massasining o’sishi o’rtasida o’zaro aloqadorlik yo’qola bordi. Biz foizlarga oid mavzularda foiz stavkalarning xarakterini tadqiq qilganimizda pul va foiz stavkalar o’rtasidagi bog’liqlikni ham tahlil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |