Bank hisobi va audit


O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining



Download 11,58 Mb.
bet211/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining

naqd pul muomalasi bo’yicha asosiy vazifalari


O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishdagi naqd pul belgilarini muomalaga chiqarish va muomaladan qaytarib olish bo’yicha mutloq huquqga ega.

Shunga muvofiq, muomalaga naqd pul chiqarish, ularni saqlash, muomaladan qaytarib olish va muomala uchun yaroqsiz holatga kelgan pul belgilarini yangi pul belgilariga almashtirish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarini saqlash maqsadida Markaziy bank Rezerv fondlarini tashkil etadi va ular bo’yicha pul mablag’larining tarkibiy qismlarini, ya’ni banknot va tangalar ko’rinishidagi qoldiq limitlarini belgilaydi. Tijorat banklari aylanma kassalarining qoldiq limitlari ham Markaziy bank tomonidan o’rnatiladi.

Markaziy bank Respublika banklarida pul muomalasini va kassa ishlarini tashkil etish hamda ularning buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog’liq barcha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi.

Markaziy bank o’zining asosiy maqsadini to’la qonli bajarish, ya’ni pul muomalasini barqaror saqlab turishga hamda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun pul muomalasi holatini muttasil o’rganadi va tahlil qiladi hamda uni mustahkamlash uchun amaliy choralar ko’radi. Asosiy naqd pul oqimlari tijorat banklari kassalari orqali o’tganligi sababli, Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining naqd pul muomalasi bilan bog’liq faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.

Markaziy bank tomonidan naqd pul muomalasini tartibga solish maqsadida tijorat banklari va ularning mijozlari uchun majburiy bo’lgan quyidagi talablar o’rnatilgan:


  1. kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;

  2. tijorat banklari kassalariga naqd pullarni topshirish va olish tartibi;

  3. tijorat banklari aylanma kassalariga limit o’rnatish tartibi;

  4. tijorat banklari aylanma kassalari mustahkamlash uchun zaxira pullarini tashkil qilish tartibi;

  5. tijorat banklari kassa aylanmalarini hom cho’t qilish tartibi;

  6. xo’jalik sub’ektlari naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati tomonidan tijorat banklari kassalariga topshirish tartibi;

  7. banknotlar va monetalarni to’lovga yaroqlilik qobiliyatini aniqlash tartibi;

  8. xo’jalik sub’ektlari kassalari qoldig’iga limit o’rnatish tartibi;

  9. naqd pul bilan hisob – kitob qilish tartibi;

  10. kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi;

  11. chakana savdo korxonalariga naqd pulsiz hisob – kitob qilish tartibi.

Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalari (HBB) zimmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida pul muomalasini tashkil etish, tijorat banklari naqd pul bilan bog’liq faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoring yuritadi.

Bank muassasalariga kelib tushgan pul birliklari va tangalarning qayta sanalishi, to’lovga yaroqli, eskirgan hamda yaroqsiz, ya’ni to’lov qobiliyatini yo’qotgan pul birliklarini toifalarga ajratilgan holda saralash, taxlash, tegishli ravishda o’rab bog’lash va qayta muomalaga chiqarilishi kabi ishlarning sifatini yanada oshirish yuzasidan Markaziy bankning barcha muassasalari va tijorat bank bo’limlariga doimiy ravishda tegishli ko’rsatmalar berib boriladi. Pul birliklarining «yaroqli», «eskirgan» va «to’lovga yaroqsiz» toifalar bo’yicha mezonlarini ishlab chiqadi.



Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish