3. Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalari.
Banklar qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida», «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarni xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga muvofiq, shuningdek, «Tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalar bajarishga doir tavsiyalar» (1996-yil 26 apreldagi 211-sonli yo‘riqnoma) asosida amalga oshiradi.
Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan umumiy litsenziya asosida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarishadi. Litsenziyada banklar bajaradigan operatsiyalar ro‘yxatida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan quyidagi faoliyat turlari qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |