O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI
“Bank hisobi, tahlil va audit” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: QIMMATLI QOG`OZLAR, ULARNING TURLARI VA AMAL QILISH MEXANIZMI
Bajardi: BANK ISHI fakulteti,
BBHA-50 guruhi talabasi
IBROHIMOV ABRORJON
Tekshirdi: KENJAYEV M.
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2021 y.
__________________
|
|
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2021 y.
__________________
|
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2021 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2021 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2021 y.
Baho “_____” _________
|
___________
(imzo)
____________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
|
TOSHKENT – 2021
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM.
1. Qimmatli qog`ozlar va ularning xususiyatlari.
2. Qimmatli qog`ozlarning turlari va tavsifi.
3. Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalari.
III. XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
O'zbekiston Respublikasining qimmatli qog'ozlar bozori modeli tamoyillariga asoslangan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish mamlakat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining yaxlit ekanligi hozirgi kundagi haqiqatdir.
O'zbekiston Respublikasida qimmatli qog'ozlar bozor iqtisodiyoti tizimining moliyaviy mexanizmi bo'lib, aholi va xo'jalik subyektlarini vaqtincha bo'sh mablag'larining aylanishiga kcng imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, qimmatli qog'ozlarning har bir egalari u fuqaro yoki yuridik shaxs bo'lishidan qat'i nazar tadbirkorlar harakatiga taalluqli shaxs bo'lib qoladi. Ushbu bozorga kirishda motivatsiya mexanizmlari. turtkilari bo'lib iqtisodiy o'zgarishlar, siyosiy masalalarning hal qilinishi, qimmatli qog'ozlarning kurs qiymati dinamikasi, tijorat banklarini fondlarining miqdori, qimmatli qog'ozlar bo'yicha taklif etilayotgan
foydaning miqdorlari xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi Qonuniga muvotlq, «Qimmatli qog'ozlar - bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi
o'rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi dividend yoki foizlar ko'rinishida daromad to'lashni hamda ushbu huliatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir»1. Biz yuqorida ta'kidlab o'tgan Qonunga asosan O'zbekiston
Respublikasi hududida quyidagi qimmatli qog'ozlar amal qilishi ko'zda
tutilgan:
1. Aksiyalar.
2. Obligatsiyalar.
3. G'azna majburiyatlari.
4. Depozit sertifikatlari.
5. Veksel.
6. Qimmatli qog'ozlarning hosilalari (opsion, fyuchers, varrant).
Qimmatli qog'ozlar - blanklar, sertifikatlar shaklida yoki schyotlardagi
yozuv shaklida bo'lishi va hisob-kitobni amalga oshirishda, shuningdek, kreditlar bo'yicha garov sifatida foydalanishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi. Kiritilgan ulush shaklidan qat'i nazar, qimmatli qog'ozlarning qiymati O'zbekiston Respublikasi milliy pul birligi «so'm»da, ularni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan hollarda esa - chet el valutasida (aksiyalar bo'yicha - mulkni o'tkazib berish yo'li bilan ham) ifodalanadi va to'lanadi.
Mamlakatimiz hududida muomalaga chiqarilishi mumkin bo'lgan qimmatli qog'ozlarni mulkchilikka munosabatiga (ulushli), qarz munosabatiga qarab va qimmatli qog'ozlarning hosilalariga bo'lish mumkin.
Shuni ta'kidlash lozimki, qimmatli qog'ozlar ichida faqatgina aksiyalar ulushli qimmatli qog'ozlarning tarkibiga kiradi. Uning qolgan turlari hisoblangan obligatsiyalar g'azna majburiyatlari, depozit sertifikatlari va veksel qarz majburiyatli qimmatli qog'ozlar tarkibiga kiradi. Qimmatli qog'ozlarning hosilalariga esa opsion, fyuchers va varrant kiradi. Biz bu tasnifni mazkur darslikni quyidagi chizmasida ko'rishimiz mumkin.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |