Bank hisobi va audit


  “Front  ofis”  va  “Bek  ofis”ga  bo’lingan  buxgalteriya  tuzilmasining



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   232
3.  “Front  ofis”  va  “Bek  ofis”ga  bo’lingan  buxgalteriya  tuzilmasining 
xususiyatlari. 
Hozirgi  kunda  xalqaro  andozalar  asosida  faoliyat  yuritishga  harakat 
qilayotgan  qator  banklarda  buxgalteriya  apparatini  Front-ofis  va  Bek-ofisga 
ajratish amalga oshirilmoqda. 
Tijorat  banklari  nuqtayi  nazaridan  buxgalteriya  apparatining  Bek-ofis  va 
Front-ofisga  bo‘linishining  ahamiyati  shundaki,  Front-ofis  mutaxassislari 
mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa dastlab 
Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur 
bosqichning  tugatilishini  kutishi  talab  etilmaydigan  bosqichda  operatsiyalarni 
qayta  ishlab,  uni  nihoyasiga  yetkazadi.  Natijada,  har  bir  bank  operatsiyasi  bir-
biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  ikkita  bo‘limda  amalga  oshiriladi  va  bank  xodimlarini 
o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi. 
Mijoz uchun ham bunday tarkibiy bo‘linish ahamiyatli bo‘lib, bankning bitta 
bo‘limi  yoki  binosida,  ammo  lavozimi  turlicha  bo‘lgan  xodimlardan  o‘zining 
barcha  masalalarini  yechish  imkoniyatini  yaratadi.  Mijoz  operatsiyalar 
boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada 
bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz hisoblanadi.  


 

 
Front-ofis  mijozlar  bilan  bevosita  muomalada  bo‘ladigan  va  barcha  bank 
xizmatlarini  ko‘rsatadigan bankning  operatsion  xodimlari  guruhidan  iborat 
bo‘ladi
Front-ofisning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:  
1.  Bank  mijozlariga  xizmat  ko‘rsatishni  taklif  qilish  va  ular  yuzasidan 
shartnomalar tuzish; 
2.  Mijozlardan  pul  hisob-kitob  hujjatlarini,  shu  bilan  birga,  “Bank-mijoz” 
dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish; 
3.  Mijozlarning  bank  orqali  o‘tadigan  operatsiyalarini  huquqiy  va  moliyaviy 
jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish; 
4.  Mijozlarga  pul  hisob-kitob  operatsiyalarining  o‘tkazilishini  tasdiqlovchi 
tilxat berish. 
Front-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi: 
1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi koorporativ bo‘lim; 
2. Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim; 
3. Bankning ichki operatsiyalari (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valuta 
operatsiyalari) amalga oshiruvchi bo‘lim. 
Front-ofis  tarkibida  bank  uchun  o‘ta  muhim  mijozlar  (VIP)  ga  xizmat 
ko‘rsatuvchi alohida bo‘lim tashkil etilishi mumkin.  
Front-ofis  tarkibiy  bo‘limlarining  asosiy  vazifalari  haqida  batafsil 
ma’lumotga ega bo‘lish uchun “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya 
hisobini  yuritishni  va  buxgalteriya  ishlarini  tashkil  qilish  tartibi  to‘g‘risida”gi  
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  Boshqaruvining  2008-yil  3-maydagi 
11/5-sonli  qarori  bilan    tasdiqlangan  1834-son  bilan  yuritishni  va  buxgalteriya 
ishlarini  tashkil  qilish  tartibi  to‘g‘risida”gi    O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 
vazirligi  tomonidan  ro‘yxatga  olingan  yo‘riqnomaning  tegishli  ilovalari  bilan 
tanishib chiqish tavsiya etiladi. 
Bek-ofis – Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun 
taqdim  qilingan  operatsiyalarni  joriy  va  yakuniy  nazoratdan  o‘tkazish  hamda 
bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.  
Bek-ofisning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:  
1)  Front-ofis  tomonidan  ruxsat  etilgan  operatsiyalarni  avtomatlashtirilgan 
bank hisob tizimida aks ettirish; 
2) joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish; 
3) hisobotlar tuzish. 
Bek-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin: 
1) Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi; 
2) kliring va plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi; 
3) ssuda-depozit bitimlar bo‘limi (guruhi); 
4) statistik ma’lumotlar bo‘limi; 
5) ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘limi; 
6) yakuniy nazorat bo‘limi. 


 
10 
 
Bek-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumotga 
ega  bo‘lish  uchun  ham  yuqorida  keltirilgan  yo‘riqnomaning  tegishli  ilovalariga 
murojaat etish tavsiya etiladi. 
Bank tarkibiy tuzilmasining mas’uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan 
operatsiyalari  tavsifidan  kelib  chiqqan  holda,  bo‘limlar  bo‘yicha  vazifalar 
taqsimlashning  taxminiy  doirasini  aniqlash  zarur.  Shuni  qayd  etish  zarurki, 
bo‘linmaga  yuklatiladigan  vazifalar  doirasi  qat’iy  bo‘lishi  shart  emas.  Bank 
bo‘linmalarida  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  hajmi  va  bank  operatsiyalarining 
avtomatlashtirilgan darajasiga bog‘liq  ravishda  Bek-ofis  yoki  Front-ofis tarkibida 
ayrim  bo‘lim  yoki  sektor  bo‘lmasligi  mumkin.  Bunday  hollarda,  bir  bo‘lim  yoki 
sektor vazifalarini boshqa bo‘lim, sektorning bajarishi ko‘zda tutilishi lozim.  
Vazifalar  bank  tarkibiy  tuzilmasining  har  bir  bo‘limi  uchun  alohida 
taqsimlanadi.  Mijozlarga  bankning  barcha  xizmatlar  majmuasi  faqat  Front-ofis 
bo‘limida ko‘rsatilganligi bois, mazkur bo‘lim bank xizmatlarining barcha turlarini 
yaxshi biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. 
Bunda  shart-sharoitlar  va  bank  tomonidan  mijozlarga  ko‘rsatilayotgan 
xizmatlar ro‘yxati e’lon qilinishi hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va 
bo‘lg‘usi mijozlari xabardor qilinishi shart. 
Front-ofis  xodimlarini  mijozlarning  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  toifasi 
bo‘yicha guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli yoki bir xilligiga bog‘liq holda, 
yuqorida  qayd  etib  o‘tilgan  mijozlarni  yanada  kichik  bo‘lgan  quyidagi  turlarga 
bo‘lish mumkin. Masalan, faqat milliy valutada operatsiyalarni amalga oshiradigan 
mijozlar, milliy va chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar, 
bir mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar va hokazo. 
Bankning  Front-ofis  bo‘limidagi  har  bir  guruh  mutaxassisi  mijozlarga 
ko‘rsatiladigan to‘liq standart xizmatlar ro‘yxatini ularga taqdim etadi. 
Xodimlar  guruhi  tomonidan  mijozlarga  ko‘p  operatsiyalar  turi  bo‘yicha 
xizmat  ko‘rsatilsa,  mazkur  guruhga  kamroq  mijoz  taqsimlanishi  lozim.  Chunki 
ko‘p  turli  operatsiyalar  bajaruvchi  mijozning  bitta  tashrifi  bo‘yicha  unga  xizmat 
ko‘rsatish bank xodimining ko‘p vaqtini egallaydi.   
Front-ofis  zimmasiga  mijoz  tomonidan  taqdim  etilgan  hujjatlarning 
rasmiylashtirilishi  va  ular  tomonidan  boshlangan  operatsiyalarning  to‘g‘riligini 
dastlabki  nazorat  qilish  yuklatiladi.  Qo‘shimcha  nazorat  zarur  hollarda  (bank 
qo‘shimcha nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar ro‘yxati va ularni nazorat 
qilish  tartibini ishlab  chiqadi)  Front-ofis xodimi  operatsiyalar bo‘yicha  hujjatlarni 
nazoratchi xodimga taqdim etadi.  
Yakuniy  nazoratning  vazifasi  operatsiyalarning  yakuniy  nazoratini  amalga 
oshiruvchi Bek-ofis xodimlari tomonidan keyingi bank ish kunidan kechiktirmagan 
holda o‘tkazish hisoblanadi. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish