Bank hisobi va audit


  Banklararo  hisob-kitoblarning  tashkil  etilishi,  banklarning  vakillik



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   232
 
2.  Banklararo  hisob-kitoblarning  tashkil  etilishi,  banklarning  vakillik 
hisob  varaqlari,  banklararo  hisob-kitoblarning  elektron  to’lov  tizimi  orqali 
yuritilishi. 
Hozirgi  paytda  tijorat  banklarining  faqat  Bosh  banklari  o‘rtasidagi  hisob-
kitoblar Markaziy bank orqali o‘tkaziladi. Buning uchun Markaziy bank qoshidagi 
Hisob-kitob  markazida  alohida  tranzit  hisobvarag‘i  ochilgan.  Bunday  tranzit 
hisobvaraqlari  tijorat  banklarining  hech  birida  yuritilmaydi.  Shu  bilan  birgalikda 
tijorat  banklari  o‘zlarining  banklararo  munosabatlarini  olib  borish  uchun  Hisob-
Kitob markazida vakillik hisobvarag‘ini ochishlari lozim.  
Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i ikki xil ochilishi mumkin: 

 
Tijorat bankining har bir bo‘limi uchun Markaziy bankning hududiy bosh 
boshqarmasida alohida vakillik varag‘i ochiladi.  

  Faqat  Bosh  bankka  Markaziy  bankning  Hisob-kitoblar  Markazida  yagona 
vakillik hisobvarag‘i ochiladi, ya’ni Markaziy bank faqat Bosh bankka banklararo 
operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.   
Vakillik  hisobvarag‘i  ochilayotganda  Markaziy  bankning  hududiy  bosh 
boshqarmasi o‘rtasida vakillik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Tijorat 
banki  vakillik  hisobvarag‘i  ochilishini  rasmiylashtirish  uchun  quyidagi  hujjatlar  
taqdim etiladi: 

 
Hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi ariza; 

   Soliq  to‘lovchining  identifikatsiya  raqami  berilganligi  to‘g‘risida 
guvohnoma nusxasi; 

 
Bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi; 

  Statistika  idoralari  tomonidan  berilgan  korxona  va  tashkilotning  yagona 
Davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi; 


 
76 
 

   imzolar va muhr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlangan nusxasi.  
Vakillik  hisobvarag‘i  Markaziy  bank  farmoyishiga  ko‘ra  ochiladi.  Vakillik 
hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitorlari Milliy Axborot  Bazasi 
(BDMAB) belgilaydi.  Vakillik hisobvarag‘i  ochish to‘g‘risidagi  farmoyish tijorat 
banki  hududiy  boshqarmasi  va  bo‘limiga,  uning  nusxasi  Respublika  Markaziy 
bankining Toshkent shahar Hisob-kitob Markaziga jo‘natiladi.  
Shunday  qilib,  bankning  vakillik  hisobvarag‘i  bu  –  tijorat  bankiga 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  Toshkent  shahar  Hisob-kitob 
Markazida  ochilgan  hisobvaraq  bo‘lib,  u  banklararo  hisob-kitoblarni  o‘tkazishga 
mo‘jallangan.  Tijorat  banklarining  filiallariga  esa  Bosh  bankda  vakillik 
hisobvarag‘i ochiladi. 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  vakillik  hisobvarag‘i  Toshkent  shahar  Hisob-  Kitob 
Markazida  yuritilib,  Hisob-Kitob  Markazi  uchun  passiv  hisobvaraqlardir. 
Mablag‘larning  kelib  tushishi  va  hisobvarag‘  qoldig‘i  hisobvaraqning  kredit 
qismida, mablag‘larning kamayishi esa uning debet qismida aks ettiriladi. Barcha 
to‘lovlar vakillik hisobvarag‘i qoldig‘i chegarasida amalga oshiriladi.  
Har bir bankning balansida ham  vakillik hisobvarag‘i ochiladi va yuritiladi. 
Bu  hisobvaraq  bank  balansining  aktiv  qismida  yuritilib,  bankning  ichki  vakillik 
hisobvarag‘i  deb  nomlash  mumkin.  Bosh  bankning  ichki  vakillik  hisobvarag‘i 
10301 – balans hisob raqamida yuritiladi. Tijorat bankining Hisob-kitob Markazida 
ochilgan 21302 –  vakillik  hisobvarag‘i  tashqi  vakillik  hisobvarag‘i  deb  yuritiladi. 
To‘lovni  amalga  oshirish  uchun asosiy  mezon    operatsion  kunning  boshida  ichki 
va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi aylanmalarning va qoldiq mablag‘larining bir-
biriga mos kelishi hisoblanadi. To‘lovning eng katta summasi cheklanmagan. Har 
kuni  ertalab  hisob  markazi  tomonidan  berilgan  tijorat  banki  hisobvarag‘idan 
ko‘chirmasi  tijorat  banki  tomonidan  tasdiqlangandan  so‘ng  ushbu  hisobvaraq 
bo‘yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi.  

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish