Bank hisobi va audit


 Plastik kartochkalari bo’yicha operatsiyalarining tashkil etillishi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   232
6. Plastik kartochkalari bo’yicha operatsiyalarining tashkil etillishi. 
Plastik  kartochkalar  bank  tomonidan  chiqarilgan    to‘lov  vositasi  bo‘lib, 
kartochka egasining tegishli bankdagi hisob raqamida mablag‘ borligiga guvohlik 
beruvchi va naqd pul to‘lanmasdan tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish huquqini 


 
72 
 
o‘zida  aks  ettiradi.  Plastik  kortochkalar  jismoniy  shaxslar,  yuridik  shaxslar  yoki 
yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  bir  tomondan  va  mahsulotni  realizatsiya  qiluvchi, 
ishni  bajaruvchi  yoki  xizmatlarni  ko‘rsatuvchi  yuridik  shaxslar  yoki  yakka 
tartibdagi  tadbirkorlar  ikkinchi  tomondan  turib  o‘zaro  naqd  pulsiz  hisob-
kitoblarda,  shuningdek,  naqd  pul  beradigan  shoxobchalardan  va  bankomatlardan 
naqd pul mablag‘larini olishda qo‘llaniladi. 
Vakolatli  banklar  xalqaro  plastik  kartochkalarni  muomalaga  chiqarish  va  ularga 
xizmat  ko‘rsatishlari  mumkin,  bunda  ular  xalqaro  to‘lov  tizimlari  bilan  tuzilgan 
shartnomalarga  muvofiq  operatsiyalarni  o‘tkazish  qoidalariga  va  “O‘zbekiston 
Respublikasida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  to‘g‘risida”gi  Nizomga  amal  qilishlari 
kerak bo‘ladi. 
Tegishliligiga  ko‘ra  plastik  kartochkalar  shaxsiy,  oilaviy  va  koorporativ  turlariga 
bo‘linadi: 

 Shaxsiy kartochka – bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka; 

 Oilaviy  kartochka  –  bu  foydalanuvchiga  shaxsiy  kartochka  ushlovchining 
ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka; 

 Korparativ  kartochka  –  bu  yuridik  shaxslar  va  yuridik  shaxsni  tashkil 
etmagan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  xizmat  ko‘rsatishga  berilgan  plastik 
kartochka.  Koorporativ  kartochkalardan  ish  haqi  va  boshqa  ijtimoiy  tusdagi 
to‘lovlarni to‘lash, shuningdek, naqd pul mablag‘larini  to‘lashda foydalanish ma’n 
qilinadi.   
Harakatlanish rejimiga ko‘ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 

 Debet  –  ulardan  foydalanish  uni  ushlovchiga  emitent  va  mijoz  o‘rtasidagi 
shartnoma  shartlariga  binoan  uning  kartochka  schyotida  mavjud  bo‘lgan  pul 
vositalaridan tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga haq to‘lashda  foydalanish va yoki 
naqd  pul  vositalarini  (korparativ  kartochkalardan  tashqari)  olish  imkoniyatini 
beradigan kartochka; 

 Kredit  –  undan  foydalanish  uni  ushlovchi  emitent  bilan  tuzilgan 
shartnomaga  asosan,  tovarlar,  ishlar,  xizmatlarga  haq  to‘lash  va  yoki  naqd  pul 
vositalarini  olish  uchun  (korparativ  kartochkalardan  tashqari)  emitent  tomonidan 
berilgan kredit liniyasi hajmida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan 
kartochka; 
Elektron hamyon – jismoniy shaxsning kartochkasi bo‘lib, undan foydalanish 
uni  ushlovchi  tovarlar,  ishlar,  xizmatlarga  haq  to‘lash  va  yoki  plastik 
kartochkadagi  qoldiq  mablag‘lari  chegarasida  naqd  pul  mablag‘larini  olishni 
amalga oshirish imkoniyatini beradi. 
Bitta kartochkada bir necha “elektron hamyonlar” joylashishi mumkin. 
Plastik  kartochkalar  bo‘yicha  banklar  o‘rtasidagi  hisob-kitoblar  quyidagi 
variantlarni ko‘zda tutadi: 
a)  hisob-kitoblar  amaldagi  elektron  to‘lovlar  tizimi  orqali  umumiy  asosda 
o‘tkaziladi; 
b)  kun  davomida  o‘zaro  majburiyatlarni  yakuniy  majburiy  hisob-kitobi  va 
yakuniy  hisob-kitoblar  summasini  tijorat  banklarining  korrespondent  schyotlari 


 
73 
 
hisobiga  o‘tkazish  yordamida  hisob-kitoblar  ishtirokchilari  tomonidan  tashkil 
qilingan protsessing markaziy orqali hisob-kitoblarni o‘tkazish. 
Elektron  to‘lov  tizimi  orqali  plastik  kartochkalardan  foydalangan  holda 
o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha umumiy hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
1)  bank-emitent tomonidan o‘tkazilgan avtorizatsiya hisob-kitoblarda: 

 
plastik  kartochkalarni  ishlatish  orqali  tuzilgan  xizmat  ko‘rsatilgan  savdo 
yoki servis xizmati korxonalaridan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayer 
uning  schyotiga  mablag‘larni  o‘tkazadi,  bunda  avtomatik  tarzda  debetli  elektron 
memorial  order  shakllanadi  va  elektron  to‘lovlar  tizimi  orqali  bank-emitentga 
jo‘natiladi; 

 bank-emitentda  debetli  elektron  memorial  order  asosida  dasturiy  tarzda 
kartochka  schyotida  mablag‘lar  hisobidan  chiqariladi.  Debetli  elektron  memorial 
order qog‘ozga chiqariladi va kunlik hujjatlar yig‘imasiga tikiladi; 
2) bank-emitent tomonidan majburiy ravishda oldindan avtorizatsiya qilingan 
hisob-kitoblarda: 

 texnologiyalardan  foydalanish  qoidalariga  muvofiq  plastik  kartochkalarni 
ishlatish  orqali  tuzilgan  xizmat  ko‘rsatilayotgan  savdo  yoki  servis  xizmati 
korxonalaridan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayerda avtomatik tarzda 
elektron  xabarnoma  shakllanadi  va  provodkalarni  avtorizatsiya  qilish  va  amalga 
oshirish uchun ETT orqali bank-emitentga jo‘natiladi; 

 bank-emitent 
olingan 
elektron 
xabarnoma 
asosida 
tranziaksiyani 
avtorizatsiya  qiladi,  elektron  to‘lovlar  tizimi  bo‘yicha  savdo  va  servis  xizmati 
korxonalarning  talab  olinuvchi  depozit  schyotiga  mablag‘larni  o‘tkazish  uchun 
bank-ekvayerga  elektron  to‘lovlar  tizimi  bo‘yicha  yuboriladigan,  mijozning 
kartochka  schyotidan  mablag‘larni  hisobdan  chiqarish  uchun  elektron  memorial 
orderni avtomatlashgan holda shakllantiradi; 

 bank-emitentdan  olingan  elektron  memorial  order  asosida  bank-ekvayerga 
savdo  va  servis  xizmati  korxonalarning  talab  olinuvchi  depozit  schyotiga 
mablag‘larni  amalga oshiriladi. Memorial order qog‘ozda chiqariladi va bankning 
kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi. 
Plastik  kartochkalar  bo‘yicha  operatsiyalarning  hisobi  22618  va  22620  - 
hisobvaraqlarda hisobga olib boriladi. 
22618 
-Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari 
22620 
-Koorporativ  plastik  kartochkalar  bo‘yicha  majburiyatlar  platik 
kartochkalar  orqali  operatsiyalarni  amalga  oshirish  uchun  turli  asbob-
uskunalar, ya’ni bankkomat, terminallar kerak bo‘ladi.  
Ular hisobi quyidagi hisobvaraqarda olib boriladi: 
16541 
- To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari 
16543 
- To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish 
uskunalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) 
Umuman, respublikamizda plastik kartochkalar orqali operatsiyalarni amalga 
oshirish,  amalda  mavjud  bo‘lgan  qonun-qoidalar  va  me’yoriy  hujjatlar  asosida 
amalga oshiriladi va nazorat qilinadi.  


 
74 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish