Bank hisobi va audit


  Bosh  kitob  va  yordamchi  kitoblarni  tekshirish.  Xatolarni  tuzatish



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   232
4.  Bosh  kitob  va  yordamchi  kitoblarni  tekshirish.  Xatolarni  tuzatish 
tartibi. 
Har kuni ertalab operatsion kun boshlanmasdan oldin mas’ul ijrochilar bir kun 
avvalgi operatsiyalarning to‘g‘ri yakunlanganligini nazorat qilish uchun dastlabki 
hujjatlarni  Yordamchi  kitob  materiallari  bilan  taqqoslaydilar,  so‘ng  ularni  Bosh 
kitobda qanday  aks  ettirilganligi tekshirib chiqiladi.  Ba’zan xatoliklar  aniqlanishi 
mumkin.  
Lekin  bunday  hollarda  kunlik  balans  hisobotlari  va  shaxsiy  hisobvaraqlarga 
qo‘lda  biron-bir  tuzatishlar  qilinishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Summalarni  o‘chirib 
yozish  va  tuzatish,  shuningdek,  o‘chiruvchi  suyuqliklardan  foydalanib,  ularga 
tuzatishlar kiritish qat’iyan taqiqlanadi.  
Bank  ish  kuni  yakunlanib,  balans  hisoboti  tuzilib  O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy bankiga jo‘natilganidan so‘ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu 
xato  yozuvlar  kiritilgan  hisobvaraqlarga  ertasi  bank  ish  kuni  teskari  buxgalteriya  
yozuvlari  kiritish  (storno  berish)  yo‘li  bilan  tuzatish  memorial  orderlari  asosida 
to‘g‘rilanishi  lozim.  Bunday  hollarda  hisobvaraqlardan  summalar  mijozlarning 
roziligisiz  hisobdan  chiqariladi.  Bu  haqda  bank  bilan  mijoz  o‘rtasida  tuzilgan 
shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart. 
Agar  mijozlarga  bitta  bank  filiali  xizmat  ko‘rsatsa,  tuzatish  orderlari  to‘rt 
nusxada  tuzilishi  lozim.  Ularning  birinchi  nusxasi  order  bo‘lib  xizmat  qiladi, 
ikkinchi va uchinchi nusxalari mijozlar uchun debet va kredit yozuvlari bo‘yicha 
bildirishnomalar bo‘lib hisoblanadi, to‘rtinchi nusxa esa order kitobchasida qoladi. 


 
46 
 
Bu kitobcha bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosarida saqlanishi lozim. Orderlarga 
boshqa hujjatlardan farqlanadigan tartib raqamlari qo‘yilishi shart. 
Tuzatish  orderi  matnida  qachon  va  qaysi  hujjatda  xato  yozuvga  yo‘l 
qo‘yilgani  ko‘rsatilishi  kerak.  Agar  unga  mijoz  arizasi  sabab  bo‘lgan  bo‘lsa,  shu 
sabab  ko‘rsatiladi.  Bunda  memorial  orderning  to‘rtinchi  nusxasining  orqa 
tomoniga  kimning  aybi  bilan  xatolikka  yo‘l  qo‘yilganligi  qayd  etiladi,  ijrochi, 
shuningdek,  noto‘g‘ri  yozuvni  nazoratdan  o‘tkazgan  shaxsning  lavozimi  va 
familiyasi  ko‘rsatiladi.  Tuzatish  memorial  orderlari    tuzilishida  asos  bo‘lgan 
arizalar kitobga tikilgan memorial orderlar bilan birga saqlanishi lozim. 
Summasi  keyinchalik  teskari  buxgalteriya  o‘tkazmalari  bilan  tuzatilgan 
shaxsiy  hisobvaraqdagi  xato  yozuv  qarshisiga  albatta  “To‘g‘rilangan”  belgisi 
qo‘yilishi,  to‘g‘rilash  kiritilgan  sana  va  to‘g‘rilangan  memorial  orderning  raqami 
ko‘rsatilishi  shart.  Bu  qayd  to‘g‘rilangan  memorial  orderini  imzolagan  bosh 
buxgalter yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Bosh  buxgalter  to‘g‘rilangan  memorial  orderlarning  kitobchada  qolgan 
nusxalaridan  foydalanib,  xodimlarning  ishidagi xatolar  hisobini  yuritadi  va  ushbu 
xatolar sabablarini o‘rganib, ishni yaxshilash choralarini ko‘radi.   
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish