Bank hisobi va audit


 Bank balansi va uning tuzilishi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   232
 
7. Bank balansi va uning tuzilishi. 
Bankning  buxgalteriya  balansi  –  bank  moliyaviy  faoliyati  natijalarini 
ko‘rsatuvchi  buxgalteriya  hisobotining  asosiy  shaklidir.  Balans  yordamida  bank 
faoliyati  tahlil  qilinadi  va  nazorat  olib  boriladi.  Banklarda  balans  har  bir  ish  kuni 
bo‘yicha kunlik balans tuziladi.  
Balansning  birinchi  bo‘limi  “AKTIVLAR”  bo‘limi  bo‘lib,  o‘z  ichiga  bir 
qator  asosiy  hisobvaraqlarni  birlashtiradi.  Bank  aktivlari  naqd  pullardan  boshlab 
hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun 10100 hisob raqami ajratilgan. 
Bu hisob raqam nomi “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” bo‘lib, o‘z ichiga 
“Kassadagi naqd pullar”, “Naqd pullar zaxirasi”, “Yo‘ldagi naqd pullar”, “Valuta 
almashtirish  shoxobchalaridagi  naqd  pullar”,  “Bankomatlardagi  naqd  pullar”, 
“Bank  binosidan  tashqarida  joylashgan  kassalardagi  naqd  pullar”  kabi  bir  qator 
subhisob varaqamlarni birlashtiradi.  


 
17 
 
Bundan  tashqari,  ushbu  bo‘limda  10300  –  “O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy  Bankidagi hisob varaqamlari”, 10500  –  “Bankning boshqa  banklardagi 
hisob  raqamlari”  nomli  asosiy  hisobvaraqlar  va  ularga  tegishli  bo‘lgan  bir  qator 
subhisob  raqamlari  ochilgan.  Respublikadagi  mavjud  qonun  qoidalarga  asosan 
barcha Respublika tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida o‘z 
vakillik hisobvaraqlarini ochadilar.   
Oldi-sotdi  uchun  mo‘ljallangan  qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  operatsiyalar 
hisobini yuritish uchun 10700 hisob raqam ajratilgan 10900 hisob raqami esa oldi-
sotdi  uchun  mo‘ljallangan  qimmatbaho  metallarni  hisobga  olish  uchun 
mo‘ljallangan. Bu ikkala asosiy hisob raqamlar ham bir necha subhisob raqamlarni 
o‘ziga birlashtiradi.     
Bank  tomonidan  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar  bir  qator  asosiy  hisob 
raqamlarda  hisobga  olib  boriladi.  Masalan:  12100  –  Boshqa  banklarga  berilgan 
qisqa  muddatli  kreditlar,  12300  –  Hukumatga  berilgan  qisqa  muddatli    kreditlar, 
12500  –  Jismoniy  shaxslarga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar,  12600  –  Yakka 
tartibdagi  tadbirkorlarga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar,  12700  –  Davlat 
korxona,  tashkilot  va  muassasalariga  berilgan  qisqa  muddatli    kreditlar,  12900  – 
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 13100 
– Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar. 
Balansda  kredit  muddatlari  va  iqtisodiyotdagi  xo‘jalik  yurituvchi 
subyektlarning  qaysi  mulkchilik  shakliga  berilishiga  qarab  tasnif  qilinadi.  Sud 
jarayonidagi kreditlar va avanslar 15300 asosiy hisobraqamda olib boriladi.  Bank 
investitsiyalari  15900  asosiy  hisob  raqamda  hisobga  olinadi  va  ikki  kategoriyaga 
bo‘linadi: 
–  Hukumat  obligatsiyalariga  investitsiya  qilingan  mablag‘lar,  O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
Bankining 
obligatsiyalariga 
hamda 
xususiy 
obligatsiyalarga investitsiya qilingan mablag‘lar; 
–  O‘z  qimmatbaho  qog‘ozlariga  qo‘yilgan  investitsiyalar.  Bu  qimmatli 
qog‘ozlarning hisobi yuqorida ko‘rsatilgan hisob raqamda olib borilmaydi. 
Bankning asosiy vositalari 16500   hisob raqamlarida hisobga olib boriladi. 
Asosiy  vositalar  va  nomoddiy  aktivlar  –  bank  aktivlarining  asosiy  moddalaridan 
biri  hisoblanadi,  chunki  bank  o‘z  faoliyatini  tashkil  qilish  uchun  moddiy  bazaga, 
operatsiyalarni bajarish uchun shart-sharoitga ega bo‘lishi lozim.    
II  bo‘lim  «MAJBURIYATLAR»  bo‘limi  bo‘lib,  bank  balansining 
majburiyatlar bo‘limi depozitlardan boshlanadi. Depozit majburiyatlari muddati va 
uni qo‘ygan mijozning mulkchilik shakliga taalluqligicha tasniflanadi. 


 
18 
 
Barcha  depozitlar  talab  qilib  olinguncha  saqlanadigan,  jamg‘armali  va 
muddatsiz  depozit  turlariga  bo‘linadi.  Talab  qilib  olinguncha  saqlanadigan 
depozitlar 20200 asosiy hisob raqamda hisobga olib boriladi. Unga o‘zi o‘z ichiga 
20202-20296 sub hisob raqamlar kiritiladi. Bu sub hisob raqamlar turli mulkchilik 
shakllariga tegishli bo‘lgan mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari 
bo‘yicha  alohida  tasniflanadi.  Jamg‘armali  va  muddatli  depozitlar  ham  xuddi 
shunday tasniflanib, ular bo‘yicha hisob 20400 va 20600 hisob raqamlarda   
 Bank  balansining  III  bo‘limi  «XUSUSIY  KAPITAL»  bo‘limidir.  Ushbu 
bo‘lim  o‘z  ichiga  30300  –  «Ustav  kapitali»,  30600  –  «Qo‘shimcha  kapital»  va 
30900  –  «Zaxira  kapitali»  deb  nomlangan  asosiy  hisob  raqamlarini  oladi.  Tijorat 
bankining  aksiyadorlik  kapitali  bankning  o‘z  mablag‘lari  hajmini  ifodalaydi. 
Markaziy  Bank  tijorat  banklarining  kapital  hosil  qilish  darajasini  va  tuzilmasini 
tartibga solib turadi, bu esa bank daromadlarini yaxshilaydi. 
Kapital bo‘limida yuqoridagi hisob raqamlardan tashqari 31200 hisob raqam 
“Taqsimlanmagan  foyda”ni  hisobga  olib  borish  uchun,  30908  hisob  raqam  esa 
boshlang‘ich  qiymatiga  nisbatan  qayta  baholangandagi  qo‘shimcha  qiymatni 
hisobga  olib  borish  uchun  ochilgan.  Ushbu  hisob  raqamda  inflyasiya  natijasida 
bank asosiy vositalari qiymati qayta baholanganda ularning boshlang‘ich bahosiga 
nisbatan qo‘shimcha qiymatining summasi aks ettiriladi. 
Bank 
daromadlarini 
hisobga 
olish 
uchun 
IV 
bo‘lim, 
ya’ni  
“DAROMADLAR” bo‘limi ajratilgan. “Daromadlar” bo‘limi o‘z ichiga bankning 
hisobot  davridagi  barcha  daromadlarini  oladi.  Barcha  foizli  daromadlar  40200-
44900  hisob  raqamlarda  aks  ettiriladi.  Bankning  aktivlari  bo‘yicha  amalga 
oshirilgan  operatsiyalari  natijasida  olgan  foizli  daromadlari  40201-44901  hisob 
raqamlarda  hisobga  olib  boriladi.  Balans  hisoboti  davrida  hisoblangan,  lekin  xali 
olinmagan  daromadlar  summasiga  16300  –  «Aktivlar  bo‘yicha  hisoblangan 
foizlar» hisobvarag‘idagi tegishli balans hisob raqamlari debetlanadi va unga mos 
kelgan daromadlar balans hisob raqami kreditlanadi. 
 45800 asosiy hisob raqamda investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar 
hisobga  olib  boriladi.  Investitsiyalarni  sotish  qiymati  ushbu  aktivlarni  sotib 
olingandagi qiymati yoki balansga kirim qilingan qiymati nisbati yuqori bo‘lganda 
foyda olinishi mumkin. 
Boshqa  foizsiz  daromadlar  45900  asosiy  hisob  raqamda  hisobga  olib 
boriladi. Bu hisob raqam bankning imoratlari, jihozlari, ko‘chmas mulki va boshqa 
xususiy mulklari kabi aktivlari ijarasidan olingan daromadlarning hisobini yuritish 
uchun mo‘ljallangan.   
Bank balansining V bo‘limi bu «XARAJATLAR» bo‘limidir. Bu bo‘limda 
hisobot  davrida  bankning  barcha  xarajatlari  aks  ettiriladigan  hisob  raqamlar 
ochilgan.  Bankning  depozit  majburiyatlari  bo‘yicha  foizli  xarajatlarining  hisobi 


 
19 
 
50101-54902 
balans 
hisob 
raqamlarida 
yuritiladi. 
Barcha 
xarajatlar 
majburiyatlarning turlari bo‘yicha tasniflangan. 
Bank  bino-inshootlarini,  jihozlarini,  ko‘chmas  mulkni  sotishdan  ko‘rilgan 
zararlar  hamda  yuqorida  ko‘rsatilgan  hisob  raqamlarda,  hisobga  olingan 
zararlarning  hech  biriga  tegishli  bo‘lmagan  boshqa  foizsiz  xarajatlar  55900-
«Boshqa foizsiz xarajatlar» asosiy  hisob raqamda aks ettiriladi.   
VI  bo‘lim    «KO‘ZDA  TUTILMAGAN  HOLATLAR  BO‘YICHA  HISOB 
RAQAMLAR» bo‘limidagi  balansdan tashqari hisob raqamlar ham xuddi balans 
ichidagi  hisob  raqamlar  kabi  ikkiyoqlama  yozuv  asosida  olib  boriladi.    Buning 
uchun  hisob  raqamlar  rejasidagi  har  bir  balansdan  tashqarida  joylashgan  hisob 
raqam  uchun  kontr  –  hisob  raqam  biriktirib  qo‘yilgan  bo‘lib,  ular  buxgalteriya 
yozuvlarini amalga oshirish maqsadida ishlatiladi.   
Shunday  qilib,  banklarda  yuqorida  keltirilgan  hisobvaraqlarni  o‘z  ichiga 
olgan  balans  tuziladi,  bank  boshqaruvchisi  va  bosh  buxgalter  unga  imzo 
qo‘yishlari lozim. Shundan so‘ng, bank ish kuni to‘liq yakunlangan hisoblanadi. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish