Bank hisobi va audit


  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  va  tijorat  banklari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   232
 
6.  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  va  tijorat  banklari 
buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi
Hozirgi  kunda  amalda  bo‘lgan  hisobvaraqlar  rejasi  ham  mazmunan,  ham 
tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi.        
Ilgari  Markaziy  bank  ham,  tijorat  banklar  ham  buxgalteriya  hisobini  yagona 
hisobvaraqlar  rejasi  asosida  yuritar  edilar.  Har  bir  hisobvaraq  nomeri  va  nomi 
yoniga  qaysi  bankda  ishlatilishi  haqida  belgi  qo‘yilgan  edi.  Yangi  hisobvaraqlar 
rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari  uchun alohida ishlab chiqildi. 
Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy 
bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga 
bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.   
Markaziy  bank  hisobvaraqlar  rejasining  “Majburiyatlar”  bo‘limidagi 
hisobvaraqlar muddatiga ko‘ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majburiyatlar” bo‘limi 
Markaziy  bankning  asosiy  funksiyalaridan  biri  hisoblangan  “Pul  emissiya”sidan 
boshlanib, uning hisobi 20100- “Pul emissiyasi” hisobvarag‘ida yuritiladi. Demak, 


 
15 
 
Markaziy  bank  tomonidan  muomalaga  chiqarilgan  banknotlar  va  tangalar  bank 
balansining passiv qismida, ya’ni majburiyatlar bo‘limida hisobga olinadi.  
Markaziy  bankning  hisobvaraqlar  rejasining  “Majburiyatlar”  bo‘limida, 
shuningdek,  norezident  banklarning,  xalqaro  moliya  institutlarining  talab  qilib 
olingungacha  saqlanadigan,  jamg‘arib  boriladigan  muddatli  depozitlari,  Markaziy 
bankning 
obligatsiyalari, 
davlat 
budjetining 
daromadlar 
va 
xarajatlari 
hisobvaraqlari yuritiladi.  
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Kapital” deb nomlangan bo‘limda  
“E’lon  qilingan  ustav  kapitali”,  “Shakllangan  ustav  kapitali”  kabi  hisobvaraqlar 
ochilgan.  Tijorat  banklari  hisobvaraqlar  rejasining  Sh-bo‘limida,  ya’ni  “Kapital” 
bo‘limida oddiy va imtiyozli ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali hamda oddiy va 
imtiyozli  chiqarilgan  ustav  kapitali  kabi  Markaziy  banklarning  hiosbvaraqlar 
rejasida bo‘lmagan hisobvaraqlar ochiladi. 
 Tijorat  banklar  iqtisodiyot  tarmoqlarining  turli  mulkchilik  shakllariga 
tegishli  xo‘jaliklarga  xizmat  ko‘rsatadi,  shunga  asosan  tijorat  banklarda  alohida 
hisobvaraqlar  ochiladi.  Markaziy  bank  esa  iqtisodiyot  tarmoqlariga  emas,  balki 
hukumat  va  nazorat  idoralari  va  vazirliklarga  xizmat  ko‘rsatadi.  Shunday 
xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar rejalarida hisobga olingan.  
Hozirgi  kunda  amalda  bo‘lgan  hisobvaraqlar  rejasi  olti  bo‘limdan  iborat 
bo‘lib,  ulardan  beshtasi  balans  ichidan  hisobvaraqlarni  o‘z  ichiga  oladi,  oxirgi 
oltinchi    bo‘lim  esa  balansdan  tashqari  hisobvaraqlardan  iborat.  Bank  aktivlari, 
passivlari,  kapitali,  daromadlari  va  xarajatlari  bo‘yicha  hisobvaraqlar  alohida 
bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni: 
 
   I   bo‘lim   10000   –  Aktivlar 
  II  bo‘lim 
20000   –  Majburiyatlar 
  III bo‘lim   30000   –  Kapital 
  IV bo‘lim   40000   –  Daromadlar 
  V  bo‘lim 
50000   – Xarajatlar  
  VI bo‘lim   90000   – 
Ko‘zda 
tutilmagan 
holat 
bo‘yicha                                     
(ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar 
    Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda 
–  birinchidan,  barcha  hisobvaraqlarning  asosiy  va  yordamchi  kitoblarda 
joylashuvini osonlashtirish; 
– ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish; 
– uchinchidan, hisob ishlarini komputerlashtirish; 
–to‘rtinchidan,  operatsiyalar  bo‘yicha  yozuvlarni  bajarishni  tezlashtirishni 
ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.  
Rejadagi  hisobvaraqlar  Bosh  daftar  uchun  beshta  raqamdan  iborat  qilib 
kodlashtirilgan.  
Barcha  aktivlar  40  ta  atrofida  asosiy  hisobvaraqqa  bo‘linadi,  har  bir  asosiy 
hisobvaraq  ham  bir  necha  subschyotdan  iborat.  Masalan:  10100  -  asosiy 
hisobvaraq  “Naqd  pullar  va  boshqa  kassa  hujjatlari”  deb  nomlanadi  va  quyidagi 
subschyotlarni o‘z ichiga oladi: 


 
16 
 
10101 – aylanma kassadagi naqd pullar; 
10102 –  zaxiradagi naqd pullar; 
10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari; 
10107 – bankomatlardagi naqd pullar; 
10109 – yo‘ldagi pullar; 
10111 – bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar. 
Huddi  shunday  misolni  «Majburiyatlar»  kategoriyasi  bo‘yicha  ko‘rib 
chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha saqlanadigan” (muddatsiz) 
depozitlardan boshlanadi: ya’ni, 
20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda: 
2  –  majburiyatlar  kategoriyasini,  02  esa  shu  majburiyatlarga  tegishli  asosiy 
hisobvaraqni  bildiradi.  Ushbu  asosiy  hisobvaraq  bir  qancha  yordamchi 
hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‘z ichiga oladi: 
20202  –  Hukumatning  budjetdan  tashqari  mablag‘lari  bo‘yicha    talab  qilib 
olinguncha saqlanadigan depozitlari; 
20203 – Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari 
mablag‘lari bo‘yicha muddatsiz depozitlari; 
20204  –  Mahalliy  budjet  qaramog‘idagi  budjet  tashkilotlarining  budjetdan 
tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari; 
20205  –  Budjetdan  tashqari  fondlarning  talab  qilinguncha  saqlanadigan 
depozitlari; 
20296 – boshqa talab qilib olinadigan depozitlar. 
Demak,  20200  –  talab  qilib  olinguncha  saqlanadigan  depozitlar  asosiy 
hisobvarag‘i  bir  nechta  yordamchi  hisobvaraqni  o‘z  ichiga  olar  ekan.  Yuqorida 
sanab  o‘tgan  depozit  hisobvaraqlarining  hammasi  korxona  va  tashkilotlarining 
hisob-kitob  schyotlariga  tenglashtirilgan  bo‘lib,  ular  orqali  mijozlarining  hisob-
kitob, kassa, kreditni qaytarish  va boshqa operatsiyalari o‘tkaziladi. 
Hisobvaraqlar  rejasining  qolgan  bo‘limlaridagi  hisobvaraqlari  ham  huddi 
shunday tartibda nomerlanadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish