91
davomida yaxshi yo’lga qo’yilmaganligini ko’rish mumkin. Daromad keltiruvchi
aktivlarning faqat lizingdan tashqari barchasi kamayish tendentsiyasini qayd
qilgan. Jumladan, davlat obligatsiyalari bilan
savdo hajmi yil davomida
o’zgarishsiz qolgan, demak, yil davomida davlatning byudjet mablag’lari profitsit
bilan chiqgan hamda bank keyinchalik ham foyda olish maqsadida bu aktivlarni
sotmagan. Faktoring operatsiyalarini tahlilni ko’radigan bo’lsak, bank yil boshida
18 mln so’m miqdorida debitorlik qarzlarini sotib olgan, yil davomida bu miqdor
o’smagan, fikrimizcha bank xodimlari sotib olingan debitorlik qarzini yil
davomida uzishga qiynalgan, shuning uchun yil oxiriga kelib bu aktivdan zo’rg’a
qutilgan va yil oxiriga xech qanday vositachilik mablag’larisiz yopgan.
Kredit
operatsiyalari bo’yicha ham shu xolat ya’ni yil davomida kredit hajmi 28.9 mlrd
so’mdan 28.6 mlrd so’mga kamaygan, kredit operatsiyalarning kamayishi
bankning to’lovga qodirligi hamda likvidlik masalalariga ehtiyotkorlik bilan
yondoshganligidan bilish mumkin. Lizing operatsiyalari esa aksincha yil davomida
o’sish sur’atlarini tashkil qilgan. Yil boshida 2 mlrd so’m
miqdorda lizing
operatsiyalari amalga oshirilgan bo’lsa, yil oxiriga kelib bu ko’rsatkich 2.8 mlrd
so’mni tashkil qildi, ya’ni o’sish sur’atlari deyarli 1.5 marta yoki 839 mln so’m
bo’lgan. Demak, korxona yil davomida daromad keltiruvchi aktivlardan lizing
operatsiyalarini risksizroq va ko’proq daromad olish manbasi sifatida ko’rgan.
Daromad keltirmaydigan hamda likvidlikni ta’minlaydigan aktivlar miqdori ham
o’sgan yil boshida asosiy vositalar 5 mlrd so’m bo’lib, yil oxiriga kelib bu 5.2 mlrd
so’mni tashkil qilgan, o’sish sur’atlari 105 % yoki 221 mln so’m, bu holni bank
yil davomida o’zining texnologik holatini yaxshilashga qaratilgan siyosati natijasi
sifatida qarash mumkin.
Umuman olganda bank aktivlari yil boshida 44.4 mlrd so’m bo’lib, yil oxiriga
borib bu 45.1 mlrd so’mni tashkil qilgani holda 101.5 %ga o’sgan. Bunga salmoqli
ta’sir qilgan lizing operatsiyalari (839 mln so’m), boshqa aktivlar (370 mln so’m),
asosiy vositalar (221 mln so’m) va Markaziy bankdan olish kerak bo’lgan pul
mablag’lari o’sishini (113 mln so’m) keltirish mumkin. Kassadagi naqd pullar (-
168 mln so’m) hamda kredit operatsiyalari (-655 mln so’m)ga kamayishi jami
92
aktivlar miqdorining o’sishiga salbiy ta’sir o’tkazgan.
Eng asosiysi, bank mutloq
likvid mablag’lar hamda eng ko’p daromad keltiruvchi aktivlarning keskin
kamayishi bankni daromadligini pasaytirgan, ammo likvidligini
saqlab qolishiga
harakat qilgan, demak, yil davomida bank qandaydir yo’qotish yoki zararlarni
qoplash bilan shug’ullangan, ikkinchi holda esa bank noto’g’ri strategiya tanlovi
asosida harakat qilgan.
Bank aktivlari miqdorining tarkibi va dinamikasini o’rgangan holda, ularga
ta’sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlar belgilanmog’i lozim.
Buning uchun aktivlar daromadliligi nuqtai nazaridan ham tahlil etilmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: