2-rasm. Tijorat banki foydasining taqsimlanish tartibi Shuni alohida ta’kidlash joizki, tijorat banklarida moliyaviy natijalar, ayniqsa ular sof foydasining buxgalteriya hisobining maqsadi – hisob tizimi va foydalanuvchilar uchun bank faoliyati natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni tan olish, hisoblash, ularni jamlash va ularni aniq yetkazib berishdir. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar barqarorligini yanada mustahkamlash, ularning likvidligini va kapitallashuv darajasini oshirish hamda investitsion faolligini kuchaytirish, yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlash, moliya – bank tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish va banklar faoliyatini yanada erkinlashtirishga qaratilgandir. 3.Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati,tahlili va rivojlaninsh istibollari. Mustaqillik yillarida mustahkam bank tizimini shakllantira oldik, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Bunga jahonda yuz beragan moliyaviy inqirozlarning yurtimiz bank tizimiga ta’sir qilmaganligini hamda ushbu holatning dunyo hamjamiyatida katta obro’ga ega bo’lgan xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ham e’tirof etilayotganligini dalil sifatida keltirishimiz mumkin. O’z navbatida, mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi bilan birgalikda bank faoliyati ham takomillashib bormoqda, respublikamiz banklari tomonidan mijozlar uchun zamonaviy bank xizmatlari tez sur’atlarda joriy qilinmoqda. Bank tizimi bozor iqtisodiyotida o’z mazmun-mohiyati va tashkiliy darajasi bo’yicha islohotlarning hozirgi bosqichida eng ilg’or va ahamiyatli bo’g’in bo’lishi uchun zaruriy choralar ko’rilmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab bank tizimini mustaqkamlashga alohida ahamiyat berilayotganligi va bu sohadagi islohotlarning izchil amalga oshirilishi o’z samarasini bermoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalarini qo’llagan holda juda ko’p bank operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Mijozlarning joylashgan joyidan qat’i nazar, banklar aloqa vositalari orqali uzoq masofadan turib ularga xizmatlar ko’rsatmoqda. Texnologik rivojlanishdagi yutuqlar tufayli bank operatsiyalarini amalga oshirishda geografik omil ta’siri kamayib, bank xizmatlari hajmi yanada kengaymoqda. Shundan kelib chiqqan holda, respublika tijorat banklari xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatishga va xalqaro moliya bozorlarida faoliyat yuritishga intilar ekanlar, ularning faoliyatlari bank nazoratining xalqaro andozalariga javob berishi taqozo etiladi. Bank nazorati amaliyotini xalqaro andozalarga va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablariga mos ravishda tashkil etish maqsadida, 1996 yildan boshlab Respublika Markaziy banki Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bank rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ustida ish olib bora boshladi. O’sha davrda dunyoning bir qator davlatlarida yuzaga kelgan moliyaviy inqirozlar ushbu loyihalarning Markaziy bank nazorat xizmatini takomillashtirish uchun nechog’li muhim ekanligini namoyon qildi. Respublikada bank nazorati tizimini samarali shakllantirish maqsadida “Barents grupp” va “IBTCI” xalqaro maslahat xizmatining yuqori malakali xodimlari jalb etildi. Xorijiy hamkorlar bilan yaqin hamkorlik natijasida banklarni masofadan turib nazorat qilish va joyida tekshirish uslublari to’liq qaytadan ko’rib chiqildi va bank nazorati xizmatining tarkibi optimallashtirildi. Banklar faoliyatini tartibga solish bo’yicha ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi va yangi hujjatlar ishlabchiqildi. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikatsiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish. Bunda asosiy e’tiborni qo’shimcha aksiyalar, hamda obligatsiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish hisobiga banklar kapitallashuvni oshirish mumkin. Tijorat banklari resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni ham samarali bo’ladi. Bunda omonatlar turlarini ko’paytirish va reklamalar orqali ular jozibadorligini oshirish mumkin deb o’ylayman. Tijorat banklari faoliyatida ularning oladigan daromadlari va manbalarini o’rganish muhim hisoblanadi. Tijorat banklarining daromadlarni shakllantirish borasidagi amalga oshirilishi zarur bo`lgan yo`nalishlarni takomillashtirish bizning fikrimizcha quyidagilar hisoblanadi: