Bank foydasi va uning hisobini yuritish



Download 148,84 Kb.
bet2/14
Sana27.06.2022
Hajmi148,84 Kb.
#710681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BANK FOYDASI VA UNING HISOBINI YURITISH1

Kurs ishining vazifalari. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan:

  1. Tijorat banklari foydasini shakllanish mexanizmining nazariy asoslarini o’rganish.

  2. Tijorat banklari foydasini oshirish maqsadida ularning daromadlarini oshirish va xarajatlarini kamaytirish yo’llarini aniqlash.

  3. Banklarning foyda miqdorini belgilovchi me’zonlari bo’yicha talablarining ahamiyatini o’rganish.

  4. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan tijorat banklarini foydasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish.

  5. Tijorat banklari foydasi ko’paytirish yo’llarini takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining ob’ekti. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ayrim tijorat banklari faoliyati va ularning bank foydasini tashkil etish hamda shakllantirishdagi amalga oshiradigan ishlari.
Kurs ishining predmeti. Tijorat banklari faoliyatida bank- larning turli xil xizmatlar va operatsiyalardan foyda olish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy-huquqiy munosabatlar tashkil etadi.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. O’zbekistonlik va xorijlik iqtisodchi olimlarning xalqaro amaliyotda tijorat banklari foydasini ko’paytirish va takomillashtirishga oid ilmiy izlanishlari hisoblanadi. Kurs ishida ilgari surilgan alohida ilmiy takliflar va tavsiyalar tijorat banklari moliyaviy holatini yaxshilash, ular foydasining oshishi va takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqishda qo’llanilishi mumkin.



  1. TIJORAT BANKLARINI FOYDASINI SHAKLLANTIRISH VA UNI TAQSIMLASH TARTIBI.

Iqtisodiyotning jadallashuvi jarayonida har bir iqtisodiy sub’ekt o’zini old o’rinlarda ko’rishni, hamda bozorni egallab, yuqori foyda olib, o’z mavqeyini ko’tarishga harakat qiladi. Bu o’z navbatida raqobat muhitini rivojlanishiga sabab bo’lib, iqtisodiy sub’ektlar xizmat turlarini kengayishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga va narxlarining pastlashuviga olib keladi. Iqtisodiy sub’ektlar, xususan tijorat banklari turli moliyaviy o’zgarishlarga dosh berishi, shuningdek bozorda yetakchilikka erishishi uchun, birinchi navbatda moliyaviy barqarorligi yaxshi bo’lishi lozim. Ma'lumki, banklar faoliyatining moliyaviy jihatdan yaxshiligi, ular foydasining muntazam ko’payib borishi, shu bilan birga ular ustidan nazoratning yetarliligi va samaradorligi bank tizimi barqarorligini ta'minlash va banklarga bo'lgan ishonchni mustahkamlashning asosiy omilidir.
Tijorat banklarining moliyaviy natijalari, xususan ularning asosiy o’rganiladigan masalaning eng muhim jihatlaridan biridir. Bu tijorat banklari foydasini shakllanishi va uni taqsimlash bilan ham bog’liq. Bu natijalar bank rivojlanishi uchun, uning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarini yaratish, bank faoliyatini yanada samarali ishlashi uchun tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi. Bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar barqarorligini yanada mustahkamlash, ularning likvidligini va kapitallashuv darajasini oshirish hamda investitsion faolligini kuchaytirish, yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlash, moliya-bank tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish va banklar faoliyatini yanada erkinlashtirishga qaratilgandir.
Barchamizga ma’lumki, jahonning yirik davlatlarida, qolaversa, jahon moliya bozorida yuz bergan moliyaviy inqiroz aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli ravishda salbiy ta’sir ko’rsatdi. Qator kredit tashkilotlari bankrotlikka uchradi, ko’plari esa bankrotlik
yoqasiga kelib qoldi, ayrim mamlakatlar uchun iqtisodiy barqarorlikni tiklash hamon juda og’ir kechmoqda. Eng avvalo ta’kidlash joizki, jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi ko’pgina mamlakatlar bank-moliya tizimi barqarorligini izdan chiqardi. Moliya institutlari yirik miqdordagi mablag’larni o’z zararlariga olib borib, hisobdan chiqarishga majbur bo’ldi. Tabiiyki, mazkur holat ularga berilgan reyting baholarini bir necha pag’ona pasayishiga olib keldi. Shu boisdan, jahon iqtisodiyotida yuz bergan moliyaviy inqiroz sabablarini chuqur tahlil qilish asosida O’zbekiston bank tizimi samaradorligini xolisona baholash muhim prinsipial ahamiyat kasb etadi.
Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari ham boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kabi faoliyatidan daromad (foyda) oladilar. Tijorat banklari foydasining shakllanishi esa bankning ma’lum bir davr ichida olgan barcha daromadlari va shu daromadlarni olish jarayonida qilgan xarajatlarning o’rtasidagi farqni tashkil etadi. Tijorat banklari daromadi (foydasi)ni tashkil etishda markaziy o’rinni shu banklarning daromadlari bilan bog’liq bo’lgan masalalar egallaydi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda bilan bir qatorda daromad degan iqtisodiy kategoriya ham harakat qiladi va biz uning mohiyatini ham tijorat banklarida shakllanish xususiyatlarini to’g’ri aniqlash va uning iqtisodiyotdagi o’rnini (jumladan, tijorat banklari faoliyatida tutgan o’rnini) aniq belgilab olishimiz uchun yana tegishli manbalarga murojaat qilishimiz lozim.
Iqtisodiyotda mulkchilikning xilma-xil shakllari hukm surayotgan bir davrda foydaning, jumladan tijorat banklari foydasining ham iqtisodiy mohiyatini to’g’ri aniqlash uchun qiymat kategoriyasining harakati jarayoniga nazar tashlash ya’ni ushbu jarayonni chuqur tahlil qilib chiqish kerak. Agar foydaning iqtisodiy mohiyatiga bag’ishlangan xorijiy va o’zbekistonlik iqtisodchi olimlarning risolalari, ilmiy izlanishlari, ularning ayrim boblari, maqolalari va boshqa manbalarini o’rganib, ularni tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagi fikrlar borligini ko’ramiz:
Birinchidan, iqtisodiy kategoriya sifatida foydaning moddiy asosi bo’lib qo’shimcha mahsulot hisoblanadi va foyda shu mahsulot namoyon bo’lishining shakllaridan biridir;

Download 148,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish