XULОSA
Mazkur kurs ishida ko’tarilgan mavzudan shunday xulosa qilishimiz mumkinni, tijorat banklarining yuqoriroq foyda olishi, ularning daromadlilik va likvidliligining ta’minlanishi, shuningdek banklarning moliyaviy barqarorligi, avvalumbor, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga salmoqli ahamiyatga ega bo’lib, bundan tashqari banklarning qanchalik ko’proq foydaga ega bo’lishi, o’z navbatida, banklarning omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini shunchalik darajada himoya qilinganligidan, hamda tijorat bankining xizmatlari, operatsiyalari va faoliyati barqaror ekanligidan dalolat beradi.
O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilganda, avvalambor shuni ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan 2014-yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholining turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamladi. Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilish orqali ular uchun nafaqat daromad manbai, shu bilan birga bank uchun ham qo’shimcha resurs manbaidir. Shuningdek, bu orqali iqtisodiyotda pul mablag’larini bankdan tashqari jamg’arilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, bu borada aholining manfaatlarini ham inobatga olgan holda, tijorat banklari tomonidan aholi uchun jozibador omonat turlari joriy etilmoqda.
Respublikamiz tijorat banklarining daromadlarini oshirish, bank foydasini ko’paytirish maqsadida quyidagi takliflarni kiritishimiz mumkin:
Tijorat banklarining foizli daromadlarini yalpi daromad hajmidagi salmog’ining mo’tadil darajasini ta’minlash, bunda jami daromad tarkibida foizli daromadlarning ulushini 70% va undan ortiqroq qilishga erishish lozim. Bu ishlarni bajarishda maxsus fondlar yordamidan kengroq foydalanish zarur.
Tijorat banklariga barqaror resurs manbalarini ko’proq jalb qilib, shu orqali har xil kutilmagan zararlarnin kamaytirishga erishish kerak.
Banklarda innovatsion texnologiyalar va yangi zamonaviy xizmat turlarini ko’proq qo’llagan holda bank faoliyatining samaradorligini oshirish va bu orqali operatsion va boshqa xarajatlar salmog’ini kamaytirishga erishish lozim.
Tijorat banklarida marketing tadqiqotlarini samarali va keng yo’lga qo’yish orqali banklarga yangi mijozlar jalb qilishni takomillashtirish tizimini yaratish kerak, bu esa o’z navbatida bank foydasini yanada ko’paytirishga xizmat qiladi.
Foyda va zararlarni chuqur tadqiq etishda foyda va rentabellikni o’stirishning ichki imkoniyatlarini aniqlashda, bank foydasini o’stirish yuzasidan har tomonlama asoslangan xulosalarni chiqarishda moliyaviy hisobotlarning takomillashgan tartibini joriy etish lozim.
Respublika tijorat banklarining moliyaviy bozordagi operatsiyalarini rivojlantirish.
Yuqoridagi takliflarni bank amaliyotida qo’llanilishi tijorat banklari foydasini oshirishga yordam beradi degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |