ehtimoliy хatarlar darajasi cheklangan holda eng katta daromad olish maqsadida bank balansining eng maqbul tuzilishini shakllantirish;
sarmoya yetarliligi va likvidlikni nazorat qilish;
sarmoya bazasi bankning aktiv operatsiyalari o`sishiga adekvat tarzda o`sishini ta’minlash;
mijozlarning manfaatlarini muhofaza qilish;
standart teхnologiyalarni har bir mijozga individual yondashuv bilan uyg`unlashtirish asosida mijozlar bilan ishlash ideologiyasini takomillashtirish;
mijozlar bazasini kengaytirish;
operatsiyalar rentabelligi va bozordagi shart-sharoitni baholash asosida yagona foiz va tarif siyosatini hayotga tadbiq etish;
boshqaruv tizimini takomillashtirish;
mijozlar ishonchi, хizmat ko`rsatish tariхi, an’analari va tajribasi kabi raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish;
bank balansi yanada o`sishini ta’minlash va hokazolar.
Bank faoliyatidagi risklarni aniqlash va likvidlilikning muvozanat- lashmaganligini aniqlash, o’zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini har kunlik nazorat qilish uchun maxsus tizim tuzish kerak. Shuning uchun, operativ holatda analitik ishlarni bajarish uchun ma’lumotlarni olinishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar bazasini tuzish kerak. Bunga asosan, bankning strategik rivojlanish siyosati aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda manba sifatida kredit va depozit shartnomalar bo’yicha xulosalar, kreditga rejali bo’lgan ehtiyoj xaqida ma’lumotlar, hisobraqamlar bo’yicha ma’lumotlar, kreditlarning aylanishi haqida ma’lumotlar va boshqa shu kabi ma’lumotlar ishlatilishi mumkin. Hamda banklar tomonidan kredit berilayotganda, mijozni kreditga layoqatliligini baholashda faqat uchta koeffisiyent bilan cheklanib qolmasdan, ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish, hamda ularni baholashni skoring usulini kengaytirish.
Ma’lumotlar bazasiga asosan bank tomonidan har kunlik likvidlilik va to’lovga layoqatlilik haqida ma’lumotlar olinishi mumkin va bank operatsiyalarini kelajakdagi istiqbollarini tahlil qilish kerak. Bu esa bank mablag’larini joylashtirish, resurslarni jalb qilish, o’z mablag’larini oshirish, bankning boshqa muassasalarga ulush qo’yishni ko’paytirish, yangi daromad topish yo’llarini ishlab chiqish va yangi operatsiyalarni rivojlantirish masalalarini bog’lab bitta yechim topishga yordam beradi.
Banklar faoliyatida foyda ko’payishida ularning aktivlarining daromadliligi asosiy masala hisoblanadi. Bugungi kunda ko’pgina banklarimizda daromad keltirmaydigan aktivlar sezilarli miqdorlarni tashkil etgan. Mamlakatimiz tijorat banklari foydasini ko’paytirish asosiy vazifalardan biri garomadlar keltirmay- digan aktivlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Bank tomonidan aktiv operatsiyalar bir vaqtning o’zida qonuniy me’yorlarga roiya qilgan, bank likvidligini ta’minlagan, alohida operatsiya turlari bo’yicha risklarni mutanosib taqsimlagan holda foyda olish maqsadida amalga oshiriladi. Ko’proq daromad keltiruvchi (yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar, valyuta bilan bog’liq operatsiyalar, komission daromadlar kabi) operatsiyalar hajmini oshirib, daromad keltirmaydigan operatsiyalar hajmini mumkin qadar kamaytirish kerak. Bundan tashqari, ko’rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish maqsadida daromad keltiruvchi operatsiyalarning yangi ko’rinishlarini qidirib topish zarur. Shuningdek, barqaror daromadlarni ham oshirish lozim.
Quyidagi aktiv operatsiyalar hajmini oshirish kerak:
yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlarning turlarini yanada ko’paytirish, ularni turli xil maqsadlarga yo’naltirish va bu borada qulay shart-sharoitlarni yaratish;
davlat va yuridik shaxslar tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarni ko’paytirish, o’z nomi va o’z hisobidan chiqariladigab qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar hajmini kengaytirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |