Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Bank faoliyatining asosiy vazifalari
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo'jaliklariga krediy berish va kompleks tarzdagi bank xizmatlari ko'rsatish
Qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchilari, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, paxta va g'alla mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan paxta tozalash sanoati korxonalarigabkredit berish va boshqa moliyalashtirish mexanizmlarini izchil takomillashtirib borish
Bankning o'z resurslarini safarbar qilish, omonatlar va depizitlarning yangi turlarini taklif etish yo'li bilan aholi va korxonalarning mablag'larini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda samarali foydalanish, qo'yilgan mablag'lar o'z vaqtida va to'liq qaytarilishini ta'minlash
Xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiyalari va grantlarini jalb etib, keyinchalik qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchilari va respublika iqtisodiyoti agrosanoat sektori korxonalarini ana shu mablag'lar hisobiga qayta moliyalashtirishdan iborat.
Bank omonatchilar va kreditorlar maanfaatlarini himoya qilish maqsadida quyidagi majburiyatlarga ega:Markaziy bank tomonidan belgilangan umumiy iqtisodiy normativlarga rioya etadi; Markaziy bankda majburiy zaxiralarni saqlash maqsadida bankka o'z vaqtida mablag'lar o'tkazilishini ta'minlaydi; fuqarolardan qabul qilgan omonatlarni shartnoma shartlariga muvofiq foizlari bilan birgalikda o'z vaqtida qaytarishini kafolatlaydi; bank tomonidan fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg'armasiga yo'naltiradigan badallarni filialdaavjud omonatlar doirasida, qonunda belgilangan tartibda va miqdorda bankka o'tlazib beradi; filial o'z faoliyatiga oid hisobot va boshqa axborotlarni bankning Markaziy apparati, hududiy boshqarmasi hamda Markaziy bankning Hududiy bosh boshqarmasiga qonunchilikda belgilangan tartibda o'z vaqtida taqdim etilishi shart.
Filial bank Ustavida koʻzda tutilgan quyidagi operasiyalarni amalga oshiradi: a)jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish, hisobvaraqlar boʻyicha hisobkitoblarni amalga oshirish; b)yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini oʻrnatilgan tartibda depozit hamda omonatlarga jalb etish; v)kreditlarning qaytarilishi, foiz majburiyatlari va muddatliligi shartlari asosida oʻz mablagʻlari hamda jalb qilingan mablagʻlar hisobidan oʻz nomidan kreditlar berish; g)mablagʻ egasi yoki mablagʻni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablagʻlarini boshqarish; d)chet el valyutasini yuridik hamda jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda sotib olish va ularga sotish; ye)cheklar, toʻlov va hisob-kitob hujjatlarini inkassasiya qilish; yo)majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini uchinchi shaxslardan olish; j)qimmatli qogʻozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, saqlash va ularning hisobini yuritish, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, qimmatli qogʻozlar bilan boshqa operasiyalarni bajarish; z)bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmatlarini koʻrsatish; i)hujjatlar, turli qimmatliklar hamda boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi poʻlat sandiqlarni jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish; y)moliyaviy lizing; k)investision loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish va moliyalashtirish; l)jismoniy shaxslarga isteʼmol, ipoteka va boshqa kreditlarni berish; m)xalqaro bank amaliyotiga muvofiq lisenziyada maxsus koʻrsatilgan boshqa operasiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |