Bank faoliyati indd


Bank aktivlari risklilik darajasi tahlili



Download 282,88 Kb.
bet19/81
Sana23.01.2022
Hajmi282,88 Kb.
#405729
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
Bog'liq
bank faoliyati tahlili (2)

Bank aktivlari risklilik darajasi tahlili

Aktiv operatsiyalar uchun risk darajasi muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki ko‘pgina banklar katta foyda izidan quvib, likvidlilikni esdan chiqaradi. Bu yo‘nalishda ularga o‘z mijozlarining moliyaviy holatini chuqur o‘rganish va to‘lovga qobiliyatlilik darajasini tahlil qilishni tavsiya qilish mumkin.

Bank risklari aktivlarning qiymatini oshishi yoki pasayishiga sabab bo‘ladi. Xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan aktivlarni riskka tortish tizimi Xalqaro standartlar sifatida qabul qilingan. Aktivlarning shka- lasi bo‘yicha riskka tortishda ularni quyidagicha guruhlash mumkin:


  1. Risksiz, ya’ni risk darajasi nolga teng bo‘lgan aktivlar. Bunday aktiv- larga kassadagi pul mablag‘lari, Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisob varag‘idagi mablag‘lar, hukumatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari, Markaziy bankka qayta hisobga olinadigan trattalar kiradi.

  2. Risk darajasi 10 % ga teng bo‘lgan aktivlar:

Bunday aktivlarga hukumatning uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlari, hu- kumat tomonidan kafolatlangan obligatsiyalar kiradi.

Ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lov summasi kafolatlangan. Lekin uzoq muddat davr mobaynida qimmatli qog‘ozlar bozorida kurs oshishi mum- kin. Bunday sharoitda hukumatning uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarining daromadlilik darajasi pasayadi.



  1. Risk darajasi 20 % ga teng bo‘lgan aktivlar:

Bunday aktivlar toifasiga bankning boshqa banklardagi «Nostro» vakillik hisobvarag‘ining qoldig‘i, inkassatsiya jarayoniga qo‘yilgan pul mablag‘lari kiradi.

  1. Risk darajasi 50 % ga teng bo‘lgan aktivlar:

Bunga ipoteka bilan ta’minlangan ssudalar, boshqa bankning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Bularga 50 % risk darajasini berilishiga sabab, banklar boshqa tijorat strukturalariga nisbatan yuqori likvidlik va to‘lovga qobillikka ega bo‘lgan muassasalar hisoblanadi. Shu sababli ularga korxona va tashki- lotlarning qimmatli qog‘ozlariga qaraganda past risk beriladi.

  1. Risk darajasi 100 % ga teng bo‘lgan aktivlar:

Bunday aktivlar toifasiga korxona va tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari, mijozlarga berilgan ssudalar, bankning asosiy vositalari kabi aktivlar kiradi.

Aktivlarning risklilik darajasi inobatga olingan miqdoridan bank bank kapitalining yetarlilik darajasini aniqlashda foydalaniladi.

Mijozlarga berilgan ssudalarga 2 xil risk uchraydi: a) kreditni qaytmaslik riski; b) foiz riski.

Bank aktivlarining barchasi riskga moildir. Ushbu risklarni aniqlash va mavjud bank to‘g‘risidagi qonunchiligidan hamda har bir bankning o‘zining olib borayotgan siyosatidan kelib chiqib ushbu risklarni me’yorida saqlashni ta’minlash kerak. Bank aktivlarining tarkibini o‘rganib olinadigan natijaga qarab turli xil risklarni tahlil qilish mumkin. Foiz riskini aktivlarning tu- zilishiga qarab, daromadliligiga qarab aniqlash mumkin. Ammo bank ishida asosiy risk bu aniq operatsiyalar bo‘yicha mablag‘larni yo‘qotishdir. Shuning uchun ham ushbu risklarni kamaytirish uchun aktivlarning tuzilishini chuqur o‘rganishga to‘g‘ri keladi.

Bank aktivlari birinchi navbatda qisqa muddatli kelajakni nazarda tutadi va har kungi bank balansini boshqarish ishi bilan bog‘liqdir. U bank faoli- yatida daromadni oshirish va risklarni chegaralashga yo‘naltirilgan. Shuning uchun aktivlarni boshqarishning moliyaviy jihatdan asosiy maqsadi:


    • uning daromadini oshirish;

    • faoliyatidagi risklarni pasaytirish;

Shuningdek, u uzoq muddatli strategik rejalashtirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Bank aktivlarini tahlil qilish uchun muammoli kreditlarni tasnif- lash asosida berilgan ssudalar va boshqa aktivlarni baholash zarur. Aktivlarni andozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasniflash tizimi barcha aktivlar reytingini miqdor jihatdan aniqlash, shuningdek, kreditlardan zarar ko‘rish hollariga mo‘ljallangan zaxiralar yetarliligini baholash imkonini be- radi. Asosan uzoq muddatli ssudalar, naqd pullar va vakillik hisobvaraqlari, ssuda va boshqa aktivlar holatiga e’tibor qaratiladi.

Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidli- lik nuqtayi nazaridan amalga oshirilishi kerak. Bank taraqqiyoti manbalari- dan ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama- qarshidir. Likvidlilik va uning daromadliligi o‘rtasidagi aloqadorlik tahlili likvidlilik ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon be- radi. Bu mezonning ustunligini hisobga olish natijasi ko‘rsatilgan qarama- qarshilikni muvofiqlashtirishga va bank faoliyatining asosiy maqsadi bo‘lgan foyda olishga erishishga olib keladi.

Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan rolini yana ham mukammalroq o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash muhimdir:


    • tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklarga berilgan kredit- lar bo‘yicha umumiy kredit qoldig‘ini hisoblash;

      • berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlarga berilishi va ular- ning umumiy qarzdagi salmog‘i bo‘yicha hisoblash;

      • ssudalarning o‘rtacha foiz stavkalarini hisoblash;

      • umumiy ssudalarning ichida muddati o‘tgan qarzlarning salmog‘i bo‘yicha hisoblash.

      • bank tamonidan berilgan eng katta kreditlarning hajmini hisoblash;

      • berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank yo‘riqnomalariga javob berishini hisoblash;

      • aktivlardan foydalanish samaradorligi;


Download 282,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish