Bank faoliyati indd


«A» Bankning aktivlari holati va dinamikasi



Download 282,88 Kb.
bet15/81
Sana23.01.2022
Hajmi282,88 Kb.
#405729
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
Bog'liq
bank faoliyati tahlili (2)

«A» Bankning aktivlari holati va dinamikasi


2.1-jadval
(yil boshiga)




Ko‘rsatkichlari


O‘tgan yil

Joriy yil

Farqi

O‘zga- rishi

%


qoldig‘i mln. so‘m

ulushi

%


qoldig‘i mln. so‘m

ulushi

%


mln. so‘m

%

1.


Kassadagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari (10100)

1728

3,89

1560

3,46

–168

–0,43

–9,7

2.


Bankning O‘zRMB

hisobvaraqlari (10300)


2037

4,59

2150

4,77

113

0,18

5,5

3.


Bankning boshqa banklardagi hisobvaraqlariga (10500)

593

1,33

593

1,31

0

-0,02

0

4.


Davlat obligatsiyalari (10700)

55

0,12

55

0,12

0

-0,01

0

5.


Qimmatli qog‘oz- larga qilingan investitsiyalar (10800)

342

0,77

320

0,71

–22

–0,06

–6,2

6.


Sotib olingan debitorlik qarzlari

–faktoring (11100)

18

0,04

0

0

-18

-0,04

0


7.


Kreditlar (12100;

12500; 12600;

12700; 13100;

14500; 14900;

15000; 15100;

15200; 15300;

15400; 15500.


28895


65,05


28240


62,62


-655


-2,43


-2,3


8.

Lizing (15600)

2021

4,55

2860

6,34

839

1,79

41,5

9.

Asosiy vositalar (16500)

5059

11,39

5280

11,71

221

0,32

4,4

10.

Nomoddiy aktivlar (16600)

162

0,36

162

0,36

0

-0,01

0

11.

Boshqa aktivlar (19900)

3510

7,901

3880

8,603

370

0,70

10,5




JAMI:

44420

100

45100

100

680

0

1,5

  1. Bank faoliyati tahlili 17

Bankning aktivlari holatini tahlil qiladigan bo‘lsak, eng likvid sanalgan kassadagi naqd pullar yil davomida 1,7 mlr so‘mdan 1,6 mlrd so‘mgacha ka- maygan, ya’ni yil davomida kassadagi naqd pul qoldig‘i 168 mln so‘mga ka- maygan. Markaziy bankdagi mablag‘larda esa aksincha o‘sish sur’ati kuzatil- gan, natijada yil davomida 2,03 mlrd so‘mdan 2.15 mlrd so‘m (yoki 105.55%) ga oshgan, bu bankning likvidligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bankning boshqa banklardagi pul mablag‘lari o‘zgarishsiz qolgan ammo uning aktivlardagi tutgan ulushi biroz kamaygan xolos, bundan banklardan pul mablag‘larini oldi-sottisi yil davomida yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligini ko‘rish mumkin.

Daromad keltiruvchi aktivlarning faqat lizingdan tashqari barchasi ka- mayish tendensiyasini qayd qilgan. Jumladan, davlat obligatsiyalari bilan savdo hajmi yil davomida o‘zgarishsiz qolgan, demak, yil davomida davlat- ning budjet mablag‘lari profitsit bilan chiqqan hamda bank keyinchalik ham foyda olish maqsadida bu aktivlarni sotmagan. Faktoring operatsiyalarini tahlilni ko‘radigan bo‘lsak, bank yil boshida 18 mln so‘m miqdorida debi- torlik qarzlarini sotib olgan, yil davomida bu miqdor o‘smagan, fikrimizcha bank xodimlari sotib olingan debitorlik qarzini yil davomida uzishga qiynal- gan, shuning uchun yil oxiriga kelib bu aktivdan zo‘rg‘a qutilgan va yil oxiri- ga hech qanday vositachilik mablag‘larisiz yopgan. Kredit operatsiyalari bo‘yicha ham shu holat, ya’ni yil davomida kredit hajmi 28.9 mlrd so‘mdan

28.6 mlrd so‘mga kamaygan, kredit operatsiyalarning kamayishi bankning to‘lovga qodirligi hamda likvidlik masalalariga ehtiyotkorlik bilan yondosh- ganligidan bilish mumkin. Lizing operatsiyalari esa, aksincha yil davomida o‘sish sur’atlarini tashkil qilgan. Yil boshida 2 mlrd so‘m miqdorda lizing operatsiyalari amalga oshirilgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 2.8 mlrd so‘mni tashkil qildi, ya’ni o‘sish sur’atlari deyarli 1.5 marta yoki 839 mln so‘m bo‘lgan. Demak, korxona yil davomida daromad keltiruvchi aktiv- lardan lizing operatsiyalarini risksizroq va ko‘proq daromad olish manbasi sifatida ko‘rgan.

Daromad keltirmaydigan hamda likvidlikni ta’minlaydigan aktivlar miq- dori ham o‘sgan yil boshida asosiy vositalar 5 mlrd so‘m bo‘lib, yil oxiriga kelib bu 5.2 mlrd so‘mni tashkil qilgan, o‘sish sur’atlari 105 % yoki 221 mln so‘m, bu holni bank yil davomida o‘zining texnologik holatini yaxshilashga qaratilgan siyosati natijasi sifatida qarash mumkin.

Umuman olganda bank aktivlari yil boshida 44.4 mlrd so‘m bo‘lib, yil oxiriga borib bu 45.1 mlrd so‘mni tashkil qilgani holda 101.5 %ga o‘sgan. Bunga salmoqli ta’sir qilgan lizing operatsiyalari (839 mln so‘m), boshqa aktivlar (370 mln so‘m), asosiy vositalar (221 mln so‘m) va Markaziy bank- dan olish kerak bo‘lgan pul mablag‘lari o‘sishini (113 mln so‘m) keltirish mumkin. Kassadagi naqd pullar (168 mln so‘m) hamda kredit operatsiyalari

(655 mln so‘m)ga kamayishi jami aktivlar miqdorining o‘sishiga salbiy ta’sir o‘tkazgan. Eng asosiysi, bank mutloq likvid mablag‘lar hamda eng ko‘p daro- mad keltiruvchi aktivlarning keskin kamayishi bankni daromadligini pasay- tirgan, ammo likvidligini saqlab qolishiga harakat qilgan demak, yil davo- mida bank qandaydir yo‘qotish yoki zararlarni qoplash bilan shug‘ullangan, ikkinchi holda esa bank noto‘g‘ri strategiya tanlovi asosida harakat qilgan.

Bank aktivlari miqdorining tarkibi va dinamikasini o‘rgangan holda, ular- ga ta’sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlar belgilanmog‘i lozim.

Buning uchun aktivlar daromadliligi nuqtayi nazaridan ham tahlil etilmog‘i lozim.





    1. Download 282,88 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish