25
Aktivlarning risklilik darajasi inobatga olingan miqdoridan bank bank
kapitalining yetarlilik darajasini aniqlashda foydalaniladi.
Mijozlarga berilgan ssudalarga 2 xil risk uchraydi: a) kreditni qaytmaslik
riski; b) foiz riski.
Bank aktivlarining barchasi riskga moildir.
Ushbu risklarni aniqlash va
mavjud bank to‘g‘risidagi qonunchiligidan hamda har bir bankning o‘zining
olib borayotgan siyosatidan kelib chiqib ushbu risk larni me’yorida saqlashni
ta’minlash kerak. Bank aktivlarining tarkibini o‘rganib olinadigan natijaga
qarab turli xil risklarni tahlil qilish mumkin. Foiz riskini aktivlarning tu-
zilishiga qarab, daromadliligiga qarab aniqlash mumkin. Ammo bank ishida
asosiy risk bu aniq operatsiyalar bo‘yicha mablag‘larni yo‘qotishdir. Shuning
uchun ham ushbu risklarni kamaytirish uchun aktivlarning
tuzilishini chuqur
o‘rganishga to‘g‘ri keladi.
Bank aktivlari birinchi navbatda qisqa muddatli kelajakni nazarda tutadi
va har kungi bank balansini boshqarish ishi bilan bog‘liqdir. U bank faoli-
yatida daromadni oshirish va risk larni chegaralashga yo‘naltirilgan. Shuning
uchun aktivlarni boshqarishning moliyaviy jihatdan asosiy maqsadi:
• uning daromadini oshirish;
• faoliyatidagi risklarni pasaytirish;
Shuningdek, u uzoq muddatli strategik rejalashtirishda
ham muhim rol
o‘ynaydi. Bank aktivlarini tahlil qilish uchun muammoli kreditlarni tasnif-
lash asosida berilgan ssudalar va boshqa aktiv larni baholash zarur. Aktivlarni
andozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasni
fl
ash tizimi barcha
aktivlar reytingini miqdor jihatdan aniqlash, shuningdek,
kreditlardan zarar
ko‘rish hollariga mo‘ljallangan zaxiralar yetarliligini baholash imkonini be-
radi. Asosan uzoq muddatli ssudalar, naqd pullar va vakillik hisobvaraqlari,
ssuda va boshqa aktivlar holatiga e’tibor qaratiladi.
Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi,
likvidli-
lik nuqtayi nazaridan amalga oshirilishi kerak. Bank taraqqiyoti manbalari-
dan ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-
qarshidir. Likvidlilik va uning da romadliligi o‘rtasidagi aloqadorlik tahlili
likvidlilik ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon be-
radi. Bu mezonning ustunligini hisobga olish natijasi ko‘rsatilgan qarama-
qarshilikni muvo
fi
qlashtirishga va bank faoliyatining aso siy maqsadi bo‘lgan
foyda olishga erishishga olib keladi.
Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan
rolini yana ham mukammalroq
o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash muhimdir:
• tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklarga berilgan kredit-
lar bo‘yicha umumiy kredit qoldig‘ini hisoblash;
26
• berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlarga
berilishi va ular-
ning umumiy qarzdagi salmog‘i bo‘yicha hisoblash;
• ssudalarning o‘rtacha foiz stavkalarini hisoblash;
• umumiy ssudalarning ichida muddati o‘tgan qarzlarning salmog‘i
bo‘yicha hisoblash.
• bank tamonidan berilgan eng katta kreditlarning hajmini hisoblash;
• berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank yo‘riqnomalariga
javob berishini hisoblash;
• aktivlardan foydalanish samaradorligi;
Do'stlaringiz bilan baham: