3. Banklarda buxgalteriya provodkalarni bajarish asoslari. Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob raqamlari ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri ham aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir. Hisob siyosatida ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo‘lib, u ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap tomoni “debet”, o‘ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan boshlang‘ich qoldig‘i (saldo) bo‘lib, operatsiyalar o‘tkazilgandan so‘ng debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan holda kun oxiriga bo‘lgan qoldig‘i chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |