Yuqoridagi jadvalda ko‘rib turganimizdek, hisobvaraq ikki qismdan iborat bo‘lib, uning debetida kun boshiga bo‘lgan qoldiq aks ettirilgan (1). Kun davomida turli operatsiyalar bo‘yicha hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar (2) jamlanib “debet” bo‘yicha aylanmalarni (3) hosil qiladi. Hisobvaraqdan tovarlar, xizmatlar va notovar operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlar, ya’ni mablag‘larning hisobdan chiqarilishi (4) hamda shu barcha to‘lovlar bo‘yicha umumiy aylanmalar (5) hisobvaraqning kredit tomonida aks ettirildi. Endi kun oxiriga bo‘lgan qoldiqni (6) topish uchun boshlang‘ich qoldiq summasiga kun bo‘yi kelib tushgan mablag‘lar bo‘yicha aylanmalar summasini qo‘shib, kun bo‘yi hisobdan chiqarilgan mablag‘lar yig‘indisini ifodalovchi aylanmalar summasini ayiramiz. Shunday qilib, aktiv hisobvaraq bo‘yicha kun oxiriga bo‘lgan qoldiq summasini hisoblab chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |