Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni:
I bo‘lim
|
10000 – Aktivlar
|
II bo‘lim
|
20000 – Majburiyatlar
|
III bo‘lim
|
30000 – Kapital
|
IV bo‘lim
|
40000 – Daromadlar
|
V bo‘lim
|
50000 – Xarajatlar
|
VI bo‘lim
|
90000 – Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha
(ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar
| Schyotlar tasnifi: 20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda: 2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‘z ichiga oladi: Masalan: 20202– Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |