2-mavzu. Bank auditining tashkil qilinishi va turlari
1.
Bank auditining turlari va ularning mazmuni
2.
Auditorlik tashkilotlari va auditorning huquq va majburiyatlari
3.
Tijorat banklarida ichki va tashqi auditni o’tkazish tartibi
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy
islohotlar natijasida audit
tashkilotlarining yangi iqtisodiy tizimi yuzaga kelmoqda. Ayni paytda,
respublikada audit tekshiruvlari moliyaviy xizmatlardan biri sifatida tez sur’atlar
bilan takomillashib bormoqda. Audit tekshiruvlari tizimi moliyaviy xizmatlar
bozorida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning talabiga
javob beradigan nazorat
turlaridan biri bo’lib hisoblanadi
Umuman, bank auditi audit ichki va tashqi auditlarga bo’linadi.
Ichki audit - ichki nazorat tizimi va bankning xavfsizlik tizimini ta’minlash
maqsadida olib boriladi. Bank faoliyatida omonatchilar manfaatlarini ximoya qilish
va aniq natijalarga erishish maqsadida ichki nazorat tizimi joriy etiladi. Ichki
nazorat tizimi bankning ish rejasi,
usuli va jarayonlari, foydaning ko’payishi
hamda bank rahbariyati topshiriqlarining aniq bajarilishini ta’minlashni o’z ichiga
oladi.
Ichki audit bank tarkibining tashkilotchilik bo’linmasi sifatida tan olingan
bo’lib, bank rahbariyatiga bo’ysunadi. Ichki auditning vazifasi turlicha bo’lishi
mumkin: buxgalteriya hisobini to’g’ri olib borishni tekshirish; bank daromadlari va
xarajatlari hisobining to’g’ri olib borilishini nazorat qilish (foydani to’g’ri
hisoblash, xarajatlarni uz vaqtida hisoblarda aks ettirish va boshqalar); boshqa
muomalalarning qonuniy bajarilishini nazorat qilish va boshqalar.
Ichki auditni
tashkil etish va o’tkazish uchun uslubiy topshiriqnomalar yoki yo’riqnomalar
ishlab chiqilishi tavsiya etiladi. Ushbu yuriqnomalar kerakli ish ob’ektlarida
nimalarni nazorat qilishni aniqlab beradi. Ichki audit yillik reja asosida olib
boriladi. Tekshiruvni tashkil etish va o’tkazishda ichki audit boshlig’i to’la
javobgarlikni o’z bo’yniga oladi. Ichki audit boshqaruv nazorat tizimining bir
qismi sifatida qaraladi. Ichki nazoratning xususiyati tarixan o’zgargan bo’lib, avval
auditning roli moliyaviy boshqaruv va aktivlar xavfsizligini ta’minlashdan
iborat
edi. Nazorat qiyinlashgan sharoitda ichki nazorat tizimining tsiklik bajarilish
jarayoni asta-sekinlik bilan rivojlanib bordi.
Ichki auditning vazifasi - xodimlarning o’z vazifalarini imkon qadar sifatli
va samarali bajarishlariga yordam berishdir.
Ichki auditor buxgalteriya
ma’lumotlari to’g’riligini tekshiradi. Ichki auditorlar rahbariyat oldida hisobot
beradi va auditorlar qumitasi bilan to’g’ri aloqada bo’ladi.
Ichki auditning asosiy vazifasi bank boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan
moliyaviy hisobotlarning haqqoniylik darajasi hamda
risklarni daromadlilik
darajasi bilan o’zaro bog’liq holda tahlil qilish, bank samaradorligini oshirish
maqsadida dasturiy mahsulotlar sifatini huquqiy
jihatdan tekshirish va uni
takomillashtirish yuzasidan takliflarni bank boshqaruviga taqdim etishdan iborat.
Quyidagi jadvalda tijorat banklarining ichki audit yo’nalishlari va
vazifalarining guruhlanishi ko’rishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: