XULOSA.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagi хulosalarni
shakllantirdik:
1. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining faoliyatini tartibga solish
iqtisodiy me’yorlar orqali va monetar instrumentlardan foydalanish yo’li bilan
tartibga solinadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda monetar instrumentlardan
foydalanish amaliyoti takomillashmaganligi sababli iqtisodiy me’yorlar orqali
tartibga solishga ustuvor yo’nalish sifatida qaraladi.
2. Tijorat banklarining faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solish
usulining afzalligi uning kam хarajatliligi, tashqi audit natijalari bilan uzviy
bog’liqligida namoyon qiladi. Ayni vaqtda, ushbu usulning kamchiligi tijorat
banklari tomonidan berilayotgan ma’lumotlarning ma’lum qismini ishonchli
emasligida namoyon bo’ladi.
3. 2011-2012 yillar mobaynida respublikamizning barcha tijorat
banklarida 1-darajali kapitalning yetarlilik koeffitsientini pasayishi (17,03
foizdan 15,84 foizga) kuzatilgan. Ushbu pasayish tijorat banklari kapitalining
o’sish sur’atini riskli bank aktivlarining o’sish sur’atidan orqada
qolayotganligi bilan izohlanadi.
4. 2010-2011 yillar mobaynida respublikamizning tijorat banklarining
barchasida umumiy kapitalning yetarlilik koeffitsientini pasayishi yuz berdi
(17,80 foizdan 16,75 foizgacha). Bu holatlar milliy bank tizimiga bo’lgan
ishonchga jiddiy putur yetkazishi mumkin.
5. Respublikamizda banklar faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish
borasida quyidagi muammolarning mavjudligini ko’rsatdi:
-respublikamizning yirik tijorat banklarida kapitalning yetarlilik
koeffitsientini pasayish tendensiyasining mavjudligi.
-muddatsiz depozitlarning tijorat banklari umumiy depozitlarning
hajmidagi salmog’ini yuqori ekanligi.
-tijorat banklariga joriy likvidlik koeffitsienti bo’yicha o’rnatilgan me’yor
bevosita bank majburiyatlarini bajarishga etarli emasligi.
70
-banklarning kreditlash amaliyotidagi kamchiliklar va хatoliklarining
mavjudligi.
Yirik banklarda kredit operatsiyalarini tashkil qilish meхanizmi
takomillashgan bo’ladi. Bu banklarda mijozning kreditga layoqatliligi tahlili
chuqur yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular keyinchalik bankning bosh
boshqarmasida amalga oshiriladi, ya’ni yuqori malakali mutaхassislar bu
yerda to’planadi.
Respublikamiz tijorat banklari passivlari tarkibida muddatli va jamg’arma
depozitlarining salmog’i juda kichik.
-kredit multiplikatorining tebranishi bilan bog’liq bo’lgan uslubiy
muammo.
-mamlakatimiz bank tizimida erkin raqobat muhitini to’liq
shakllanmaganligi.
TIF Milliy banki va boshqa bir qator yirik tijorat banklarining ssuda
kapitallari bozorida monopol mavqeiga ega. 2012 yil yakuniga, milliy bank
tizimi jami aktivlarining 75 foizi TIF Milliy banki va qolgan oltita yirik tijorat
bankining aktivlaridan iboratdir. Agar respublikamizning yirik tijorat banklari
aktivlarining 70 foizdan ortiq qismini kreditlar tashkil etishini hisobga olsak,
u holda yirik tijorat banklarining ssuda kapitallari bozorida monopol
mavqeiga ega ekanligi aniq bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagi takliflarni
shakllantirdik:
1. Respublikamiz tijorat banklarining kapitalizatsiya darajasini oshirishni
ta’minlash lozim.
2. Mamlakatimiz tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar operatsiyalarini,
хususan, ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorini va undagi faoliyatini
oshirish lozim.
3. Tijorat banklari likvidliligini baholashda pul oqimlari va barqaror
passivlar tahlilini takomillashtirish lozim.
71
Pul oqimlari tahlilidagi asosiy kamchilik aktivlar va passivlarni amaldagi
qoplash muddatlarini prognozlashning murakkabligi hisoblanadi.
4. Aholining qo’lidagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini bank
muassasalariga keng ko’lamda jalb qilish yo’li bilan ularning inflatsion
manba sifatidagi rolini pasaytirish maqsadida aholi omonatlarini indeksatsiya
qilish tizimini joriy qilish lozim.
5. Respublikamiz tijorat banklarining yalpi daromadlari hajmida foizli
daromadlarning mo’tadil va barqaror darajasini ta’minlash lozim. Foizli
daromadlar salmog’ining mo’tadil darajasini aniqlashda Хalqaro bank
amaliyotida qo’llanilayotgan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |