Standart kreditlar. Bunday kreditlar bo’yicha vaqt-vaqti bilan
kreditning o’z vaqtida qaytara olmaslik sharoiti yuzaga keladi. Lekin kreditni
belgilangan muddatida to’lay olmaslik bo’yicha uning to’lov muddatining
uzaytirilishi bir martagina bo’lishi lozim. Olgan krediti standart deb topilgan
mijozlarning moliyaviy ahvoli odatda barqaror bo’ladi, lekin ma’lum
vaqtinchalik sabablar tufayli uning faoliyatida salbiy moliyaviy holat yuzaga
kelgan bo’lishi mumkin. Bunday krditlar qatoriga yaхshi rasmiylashtrilmagan
kreditlar, garov bilan ta’minlanganligi bo’yicha to’g’ri hujjatlashtirilmagan
yoki hujjatlar etarli bo’lmagan kreditlar ham kirishi mumkin. Bu kreditlar
bo’yicha 10 foiz atrofida zahira tashkil qilinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |