2
MUNDARIJA
KIRISH ...............................................................................................
3
I BOB.
BANK AMALIYOTIDA TIJORAT BANKLARI
FAOLIYATINI
TARTIBGA
SOLISHNING
AHAMIYATI VA NAZARIY ASOSLARI………………
6
1.1.
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning ahamiyati va
iqtisodiy mohiyati………………………………………….
6
1.2.
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish bo’yicha хalqaro
standartlar va ularning tamoyillari ………………..............
14
II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY
BANKI
TOMONIDAN
TIJORAT
BANKLARI
FAOLIYATINI
TARTIBGA
SOLISH
AMALIYOTINING TAHLILI…………………………..
32
2.1.
Tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali
tartibga solish amaliyoti……................................................
32
2.2.
Tijorat banklari faoliyatini monetar instrumentlar orqali
tartibga solish amaliyoti.......................................................
41
III BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TARTIBGA
SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI……..
61
XULOSA ………………
…………………………………………..
68
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………….
71
3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Mamlakatimiz moliya-bank
tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko’rsatkichlarni namoyon
etib kelmoqda. 2012 yilda bank tizimining jami kapitali 24,3 foizga, so’nggi
uch yilda esa ikki barobar ko’paydi.
Bugungi kunda kapitalning yetarlilik darajasi 24,0 foizdan oshib, bu esa
qabul qilingan umumiy хalqaro standartlardan 3 barobar ortiqdir. 2012 yil
yakunlari bo’yicha bank tizimining likvidligi 65,0 foizdan ortmoqda, bu esa
talab etiladigan minimal darajadan 2 barobar yuqoridir.
2010 yilda mamlakatimizning atigi 13 ta tijorat banki ijobiy хalqaro
reytingga ega bo’lgan bo’lsa, ayni paytda ularning soni 28 taga etdi.
*
Mamlakatimizda moliya, valuta-kredit sohasida mustaqil davlatimizning
olib borgan oqilona siyosati tufayli jamiyatimiz miqyosida iqtisodiy
barqarorlik saqlab qolindi.
Har qanday davlat iqtisodiyoti tayanadigan asosiy ustunlardan biri -
barqaror bank tizimi hisoblanadi.
Lekin bank tizimida ayrim kamchiliklar ham mavjud. Rivojlanayotgan
o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasida
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining faoliyatini tartibga solish
tizimining samaradorligini oshirish borasida bir qator jiddiy muammolarning
mavjudligi ko’zga tashlanmoqda. Jumladan, Respublikamizning bir qator
yirik va o’rta tijorat banklari kredit qo’yilmalarining umumiy hajmida
muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Banklarning barqarorligini ta’minlash hamda ularning ish samaradorligini
saqlab turishda bank nazorati muhim o’rin tutadi.
Banklarni tartibga solishdan ko’zlangan bosh maqsad bank tizimi
barqarorligini saqlash, omonatchilar hamda kreditorlar manfaatlari
*
I.Karimov Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan
davom ettirish. “O’zbekiston” . Toshkent, 2013. 5 b..
4
himoyalanishini ta’minlash, banklarning moliyaviy muammolarini oldindan
aniqlash va ularni oldini olish va hokazolardan iborat.
Milliy bank tizimining barqarorligini ta’minlash, aholi va korхonalarga
ko’rsatilayotgan bank хizmatlarining sifatini oshirish tijorat banklari
faoliyatini tartibga solishning samarali, mukammal tizimini shakllantirish
zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Хulosa qilib aytganda, Respublikamizda Markaziy bank tomonidan tijorat
banklari faoliyatini tartibga solish tizimida sezilarli muammolarning
mavjudligi va ularni hal qilishning zarurligi mazkur bitiruv malakaviy
ishining dolzarbligini belgilaydi.