Jinsiy hayot — jinsiy halovat qaror topishiga qaratilgan murakkab jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayonlar majmui. Jinsiy hayot urugʻ (avlod)ni davom ettirishi bilan birga erkak va ayol oʻrtasidagi maʼnaviy yaqinlikni qam ifoda etadi. Jinsiy hayotdagi ruhiy va jismoniy tomonning nisbati, shuningdek, seksuallikning har xil shakliga munosabat turli jamiyatda turlicha boʻlib, har bir jamiyatning oʻz jinsiy axloq normalari bor. Seksuallikka tegishli narsalar inson turmushida katta ahamiyatga ega, lekin uni inson hayotini belgilab beradigan asosiy omil deb qaramaslik lozim. Har bir kishining jinsiy hayot xususiyatlari koʻpgina omillarga — irsiyati (tugʻma), gormonlari, asablariga aloqador omillarga, shuningdek, shaxcning individual xususiyatlariga bogʻliq. Odamning yoshi, jinsi, shaxciy xususiyatlari va bosh omillarga qarab jinsiy hayot har xil boʻladi. Jinsiy hayot balogʻat yoshiga qarab boshlanadi. Jinsiy hayotni 18—20 yoshdan keyin boshlash kerak. Qiz bolaning 12—14 yoshda hayz koʻrishi — uni bu yoshda jinsiy hayotga tayyorligini bildirmaydi. Uning organizmi 18—20 ga borib mukammal shakllanadi. Qiz bilan yigit oʻrtasidagi muhabbat yoki er-xotin orasidagi yaqinlik munosabatlari OʻzRda oila va nikoh normalari asosida belgilangan. Oʻgʻil bolalarga nisbatan qizlar ertaroq (2—3 yil) balogʻatga yetadi, lekin erkakning yoshi ulgʻayganiga qaramay ularda bola tugʻdira olish funksiyasi hiyla uzoq davom etadi. Er-xotinlik munosabatlari ular oʻrtasidagi yosh tafovutlariga ham bogʻliq boʻlib, turmush qurayotganda uni nazarda tutish lozim. Jinsiy hayotning asosini jinsiy aloqa tashkil etadi, uning muhim tomonlari libido — jinsiy mayl, ereksiya — jinsiy qoʻzgʻalish, eyakulyasiya — shahvat toʻkilishi va xush yoqish — orgazmdir.
Jinsiy aloqaning tez-tez yoki vaqt-vaqti bilan boʻlishi odamning tugʻma xususiyatlari, yoshi, sogʻligʻi, ijtimoiy omillar (olgan tarbiyasi, turmush sharoiti )ga bogʻliq. Turmush qurgandan keyin jinsiy aloqa bir maromga tushadi. Jinsiy yaqinlik qilishni hammaga bir xil qilib — qolipga tushirib qoʻyish yaramaydi, chunki bir kishi uchun normal hisoblangan narsa boshqa odam uchun odatdan tashqaridek boʻlib koʻrinishi mumkin. Jinsiy hayot odam organizmidan juda katta kuch, his-hayajon va ehtiros talab etadi. Shu sababli oʻtkir miokard infarqti, insult, gipertoniya krizi, meʼda yarasining bot-bot qonab turishi va b. ogʻirroq hollarda jinsiy yaqinlik qilish xavfli hisoblanadi.
Ayol boʻyida boʻlib qolganida jinsiy aloqani davom ettirib borsa boʻladimi, degan masala muhim. Ginekolog va seksopatolog mutaxassislar bu davrda jinsiy yaqinlikdan butunlay voz kechish shart emas, lekin aloqa vaqtida bir qadar ehtiyot boʻlish kerak, deb hisoblaydilar. Homiladorlikning dastlabki va oxirgi 2—3 oyi davomida, shuningdek, ayolning koʻzi yoriganidan keyin dastlabki 2 oy ichida jinsiy aloqadan oʻzni tiyib turish kerak. Bu erkak kishiga, agar u jinsiy jihatdan juda faol boʻlib kelgan boʻlsa ham, hech bir ziyon-zahmat bermaydi. Qanday boʻlmasin biror ishga berilib ketish odatda kishining diqqatini hirs qoʻzishidan chalgʻitadi. Maromida ovqatlanish, oilada totuvlik, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, sogʻlom turmush tarzi Jinsiy hayotda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Jinsiy aloqaga birinchi marta kirishayotgan yosh qizda seksuallik koʻpincha "mudroq holda" boʻladi, shu bois kuyov uning roziligiga qarshi, birinchi kechaning oʻzida yaqinlik qilishni talab etmasligi, u oʻz xotinining maylini ham oʻylab koʻrishi, uning koʻnglidan vahimasi yozilib, yangi sharoitga oʻrganib olishi uchun imkon berishi kerak; jinsiy aloqa er-xotinning roziligi bilan qilinadigan va koʻngil oʻrniga tushadigan sharoitda oʻtadigan boʻlsa, u erga ham, xotinga ham huzur beradi. Jinsiy hayotni soddalashtirib, vaqt-vaqtida shunchaki takrorlanib turadigan jinsiy aloqadan iborat qilib qoʻyish va shuning natijasida er-xotin oʻrtasidagi munosabatlarning zerikarli bir qolipda boʻlib qolishi koʻpgina noxushliklarga olib kelishi mumkin. Mudom ichkilik ichib, chekib yurish erkaklar mizojini susaytirib yuboradi. Mastlikda bunyodga kelgan bolalar aqliy va jismoniy zaif boʻlib tugʻilishini unutmaslik kerak. Kishi umrining turli davrlarida jinsiy funksiya turlicha boʻladi. Rastalik davrida jinsiy mayl (libido) uygʻonib, oʻgʻil bolalarda ixtilom, qiz bolalarda hayz boshlanadi. Keyingi davr (20— 26 yasharlik payt), odatda, nikoh bilan tugaydi. J. h.ni barvaqt boshlash jinsiy aʼzolar kuchining qirqilishiga, jinsiy faollikning susayib ketishiga olib keladi. Yetuk seksuallik davri deb hisoblanadigan 27—50 yasharlik payt jinsiy faollikning bekamu koʻst boʻlishi bilan ifodalanadi. Keyingi davrda jinsiy faollik asta-sekin pasayib, soʻnib boradi.
Jinsiy funksiya aslida instinktga, shartsiz reflekslarga asoslangan boʻlsa ham har qalay juda nozik funksiya, chunki insonda u nerv sistemasi oliy boʻlimlarining faol ishtirokida yuzaga chiqadi va kishining his-tuygʻulari, kechinmalariga bogʻliq boʻladi. Bu — hayot uchun muhim funksiyalar jumlasiga kirmasada, uning biror tarzda buzilishi, dilxiralik, mudom asabiylashib yurish, oilaviy janjallar, hatto oilaning buzilib ketishiga olib keladi; shuning uchun J. h.ning totuvlik, osoyishtalik bilan oʻtishini taʼminlash ijtimoiy jihatdan ham ahamiyatga ega. Bunda Jinsiy hayot gigiyenasining roli katta (qarang Jinsiy gigiyena). Jinsiy hayotda odamga falon narsa norma boʻladi deb aniq, belgilab berib boʻlmasada, kishi oʻziga moc keladigan baʼzi meʼyorga amal qilib borishi; jinsiy talabni qondirishda ikki kishi ishtirok etgani uchun yaqinlik shu ikkala odamga ham toʻla qanoat beradigan boʻlishiga erishish zarur. Kishining yoshi qaytib qolgan chogʻida jinsiy faollikning asta-sekin pasayib borishi tamomila fiziologik hodisa. Lekin bu turli kishilarda turlicha muddatlarda boshlanadi. Yosh qaytgan chogʻda jinsiy faollikni sunʼiy yoʻllar bilan kuchaytirish sogʻliq uchun zararli. Toʻgʻri kun tartibiga amal qilish, vaqtida ovqatlanish, badan tarbiya va sport bilan shugʻullanish Jinsiy hayotning bir maromda kechishiga yordam beradi.
Jinsiy aʼzolarning raso ishlab turishi boshqa ichki aʼzolar, xususan ichak va qovuqning holatiga ham bogʻlik. Jinsiy aʼzolarni, ayniqsa ayollar jinsiy aʼzolarini sovqotishdan va turli yalligʻlanish kasalliklaridan saqlash muhim. Baʼzan Jinsiy hayotni odatdagidek yoʻlga solib olish uchun mutaxassis seksopatolog bilan maslahatlashib olishga toʻgʻri keladi. Jinsiy tomondan oʻzgarishlar boʻlganda, albatta, vrachga murojaat qilish lozim.
NIKOXNING TIBBIY SIRLARI. Qizlik pardasi nima?
Bokiralik nima? An’anaviy ma’noda, bu birinchi jinsiy aloqadan oldin qizning tanasi va ruhining holati. Tibbiy ma’noda, bu qizning qiniga kirishda qizlik pardasi mavjudligi.
Qizlik pardasi katta va kichik jinsiy lablar orasida joylashgan qin shilliq qavatining burmasi. Ushbu burma ancha elastik bo’lib, qon tomirlari, asab va mushak tolalarini o’z ichiga oladi. Bokiralik pardasining zichligi va kengayishi asosan mushak tolalari soniga bog’liq. Qizlik pardasi ko’rinishi
Umuman olganda, bu pardaning ko’rinishi, shakli, kattaligi, elastikligi, qalinligi har bir ayol uchun individualdir. Bokiralik pardasi standartlari yo’q va bo’lishi mumkin emas. U umuman bo’lmasligi mumkinligi haqida gapirmasa ham bo’ladi — qizlik pardasi tug’ma yo’qligi (aplaziya) deb ataladi. Aksincha, yana paydo bo’lishi ham mumkin bu — ikkilamchi o’sish deb ataladi (atreziya).
Qizlik pardasi nechi yoshda olinishi kerak?
Tibbiy tilda qizlik pardasidan mahrum etish jarayoni defloratsiya deb ataladi. Qizlik pardasini nechi yoshda olish kerak degan savolga aniq javob yo’q. Bokiralikni yo’qotish qizning o’zi bunga ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan tayyor bo’lganda yaxshiroqdir.
Jahon statistikasiga ko’ra, jinsiy faollikning boshlanishidagi o’rtacha yosh — taxminan 18 yoshni tashkil qiladi. Biroq, jinsiy faoliyatning erta boshlanishi ko’pincha reproduktiv tizimda yallig’lanish jarayonlarini rivojlanish xavfi bilan bog’liq. Chunki, qizlik pardasi qinni florasi to’liq shakllanmaguncha tanani har xil infeksiyalardan himoya qildi. Bundan tashqari, qinning ichki epiteliyasi hali ham juda nozik va jinsiy aloqada jarohatlanishi mumkin.
Ba’zi shifokorlar yoshi o’tishi bilan qizlik pardasi elastikligini yo’qotadi va uning yorilishi katta qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lishi mumkin deb hisoblashadi. Ammo barcha shifokorlar ham bu fikrni qo’llab-quvvatlamaydilar.
Qizlik pardasi qanday olinishi kerak?
Tajriba doim ham bo’lishi shart emas, shunchaki yigit muloyimlik bilan harakat qilgani ma’qul. Ammo yigit jinsiy aloqaga qanday tayyorlashni, qachon dam olishni va qizni hayajonlantirishni bilishi kerak. Agar yosh yigit va qiz o’rtasida sevgi, mehr va bir-birlarini rozi qilish istagi bo’lsa, unda ular shunchaki tavsiyalarga amal qilib, shoshilmasdan, hamma narsani mehr bilan bajarishlari kerak.
Qizlik pardasi olinishi og’riqlimi?
Asosiy qo’rquv nafaqat og’riqli, balki juda og’riqli bo’lishi kerak degan fikrlardan kelib chiqadi. Ko’pincha bu fikr hikoyalariga, adabiy manbalardan va filmlardan olingan ma’lumotlarga asoslangan. Ushbu manbalarning barchasi, odatda, haqiqiy hayotga unchalik aloqasi yo’q. Og’riqni kutish qo’rquvni keltirib chiqaradi va qo’rquv jinsiy olatni kirib borishiga xalaqit beradigan qin mushaklarining beixtiyor qisqarishiga olib keladi. Bunday holatda og’riqni hissiyotlarni imkon qadar bo’shashtirish, iloji boricha o’zini bo’sh qo’yish, hech qanday joyga shoshilmasdan va majburlashsiz mayin harakatlar orqali kamaytirish mumkin. Qiz oldindan mehr bilan hayajonlantirilganda, moylash moddasi qin ichiga chiqadi. Bu, defloratsiyani kuchli og’riqsiz kechishiga yordam beradi. Agar yetarlicha moylash materiallari qindan ajralib chiqmasa, do’konlarda sotiladigan jinsiy aloqa uchun maxsus moylash materiallaridan foydalanishingiz mumkin.
Bokiralik pardasi olinganda doim ham qon keladimi?
Yana bir dolzarb savol — defloratsiya paytida qon ketish masalasi. Shunisi e’tiborga loyiqki, qon ketishi mumkin yoki ketmasligi mumkin — bu yerda yana hamma narsa individualdir. Agar qon ketsa, u bir kundan 5-7 kungacha davom etishi mumkin. Agar qon bo’lmasa, unda asosiy hayot dramalari boshlanadi. Erkak qizlik pardasi yorilishi paytini ko’pincha sezmaydi, shuning uchun ba’zi erkaklar qonni ko’rmaydilar. Bunday holat yuz bersa qizlarni buzuq turmush tarzi, xiyonat va boshqalarda gumon qila boshlaydilar. Ko’pincha, bu shubhalar hech narsaga asoslanmaydi, chunki ko’pchilik ba’zan qizlar birinchi jinsiy aloqada qon yoki og’riq bo’lmasligini bilishmaydi.
Qizlik pardasi olinganda qon ketmasligining juda ko’p sabablar bo’lishi mumkin — yuqori darajada kengayadigan qizlik pardasi, uning tug’ma yo’qligi, qizlik pardasida dastlab katta teshiklar mavjudligi, qon tomirlarining joylashish xususiyatlari. Shuningdek, masalan, qiz muvaffaqiyatsiz panjara oshib ketgan yoki gimnastika bilan juda faol shug’ullangan bo’lsa qizlik pardasi bolalikda yirtilishi mumkin. Shunday qilib, birinchi jinsiy aloqadan keyin qon borligi yoki yo’qligi qizning bokira yoki bokira emasligini ko’rsata olmaydi.
Yana bir nechta muhim tafsilotlar: Ba’zida qizlik pardasi birinchi aloqadayoq tez buzilmasligi, ikkinchi yoki uchinchi urinishda yirtilishi ham mumkin. Ba’zida qizlik pardasi faqat tug’ruqdan keyin butunlay buziladi, ammo bunday holatlar kamdan-kam uchraydi. Odatda, qizlik bir marta yo’qoladi. Og’riqli hislar esa, shilliq qavatning shikastlanishidan so’ng, defloratsiyadan keyin ham bir muncha vaqt saqlanib qolishi mumkin.
Ko’pchilikni qizlar birinchi jinsiy aloqadan zavq ola oladimi degan savol ham qiziqtiradi. Bunday holatlar ham kam emas. Ko’p narsa kayfiyatga, jinsiy aloqa paytida bo’shashish qobiliyatiga, miyani o’chirishga bog’liq — og’riq yoki orgazmni kutmaslik kerak. Ammo, agar orgazmni boshdan kechirishning iloji bo’lmasa, umidingizni yo’qotmang, chunki ko’plab ayollarda orgazm 5-7 yillik jinsiy faoliyatdan so’ng, ba’zan esa undan keyin paydo bo’ladi.
Qizlik pardasi olinmasdan turib homilador bo’lish mumkinmi?
Birinchi martada parda to’liq yirtilmasdan turib ham homilador bo’lish mumkin. Chunki, yuqorida aytib o’tganimizdek, qizlik pardasida hayz qoni kelishi uchun bitta yoki bir nechta teshik mavjud. Shuning uchun, homiladorlikdan himoyalanmoqchi bo’lsangiz, prezervativdan foydalanish maqsadga muvofiqdir — ularning ko’pchiligi maxsus moylash materiallari bilan qoplangan, bu esa siljishni yaxshilaydi va bakteriyalarni yo’q qiladi.
Shunday qilib, qizlik pardsidan mahrum qilish juda nozik va xushmuomalalikni talab qiladigan jarayondir. Shuning uchun, birinchi jinsiy aloqani minimal noqulaylik bilan o’tkazish juda muhimdir. Axir, bu ayolning keyingi to’liq jinsiy hayotining kaliti bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |