Baliqlarning ko'payish sharoitlari



Download 27,61 Kb.
bet1/6
Sana14.06.2022
Hajmi27,61 Kb.
#671122
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Baliqlarning mustaqil ish


Baliqlarning ko'payish sharoitlari
Baliqlarning nerest sharoiti vaqti va ekologiyasi nihoyatda xil- 
ma-xil. Nerest sharoitiga bo'lgan talab u yoki bu baliq turining irsiv 
xususiyati bilan chambarchas bog'liq. Baliqlar rivojlanishining yaxshi 
o'tishi uchun asosiy omillardan biri bu vegetatsiya davrining davomiy- 
ligidir. Bu muddat O'zbekiston sharoitida 210 kunga yaqin. Baliqlar 
ko'payishining xilma-xilligiga qaramasdan ular ikkita katta taksono- 
mik guruhlarga bo'linadi.
1. Porsion nerest — bunda bar bir zot o'z uvildirig'ini bo'lak-bo'lak 
qilib bir necha marotaba qo'yadi.
2. Bir vaqtning o'zida yoki bir marotabada o‘z uvildiriqlarini 
qo'yadigan baliqlar.
Birinchi guruhga tegishli bo'lgan baliqlar: bular karpsimonlar, laqqa 
va boshqa turdagi baliqlar, ikkinchi guruhga esa sudak, jerex, turkiston 
mo'ylovdori va boshqalar tegishlidir.
Baliqlarda tuxumdon va urug'donlarning yetilishi ham har xil 
bo'ladi. Porsion baliq turlarida uvildiriqlarning katta-kichikligi bir xil 
emas. Yetilgan uvildiriqlar bilan birgalikda yetilmagan uvildiriqlar ham 
bo'ladi. Shuning uchun ham uvildiriqlarning yetilishi har xil muddatga 
to'g'ri keladi. Yana rezerv ootsitlar bo'ladi. Bular kelgusi yilda yeti- 
ladi. Bir vaqtning o‘zida uvildiriq qo‘yadigan baliqlarning gonadalarida 
(tuxumdonda) katta-katta uvildiriqlar va keyingi yil generatsiyasi uchun 
kuchli uvildriqlar bo'ladi. Baliq nerestiga ta’sir etuvchi omillardan biri 
suv harorati hisoblanadi. Suv harorati past bo'lsa karpsimonlarda nerest 
tezlikda boshlanmaydi. Masalan, 2007—2008-yillardu qish nihoyatda 
qattiq keldi va ancha cho‘zildi, 10—15 martda ham suvliklar muz bilan 
qoplangan edi. Shu munosabat bilan nerest ham ancha cho'zildi. Bun- 
day misollarni qo'plab keltirish mumkin. Qish yumshoq bo'lib, bahor 
vaqtli boshlansa, suv harorati 18—20°C boiishi bilan nerest aprel oyi- 
ning boshlarida boshlanishi mumkin. Bunday paytda baliq ovi vaqtli 
to‘xtatilishi ham mumkin.
Suv harorati ta’siriga qarab baliqlarning asosiy qismi bahorda va 
yozda uvildiriq qo'yadigan baliqlar zotiga kiradi.
Keyingi omillarga asosan suvdagi erigan kislorod hisoblanadi.
Chunki, uvildiriqning rivojlanishi uchun kislorod zarur. Agarda suv 
havzasida kislorod yetarli bo'lmasa, baliq uvildirig'i ona baliq ichida 
qolib ketadi va keyinchalik tanaga so'rilib yog'ga aylanishi mumkin. 
Zog'ora, lesh, vobla kabi baliqlar uvildiriqlarini qo'ymaydi, bu esa baliq 
zotining kamayishiga olib keladi.
307

Uvildiriq qo'yish davrida baliqlar o‘zlariga qulay bo'lgan va aniq 


biotoplarni tanlaydilar. Baliqlarning uvildiriq qo'yish joyiga qarab quyi- 
dagi guruhlarga bo'lish mumkin:
1) reofil baliqlar;
2) limnofil baliqlar.
Reofil baliqlar o'z uvildiriqlarini oqar suvlar (daryo, kanal, zovurlar) 
ga qo'yadilar. Bu turdagi baliqlar asosan daryo baliqlari hisoblanadi.
Limnofil baliqlar esa o'z uvildiriqlarini to'xtagan suvga yoki sekin 
oqadigan suvlarga qo'yadi. Limnofillar asosan ko'l baliqlari hisoblanadi.
Birinchi guruhga barcha o'tuvchi ko'l-daryo va daryo baliqlari kira- 
di. Ikkinchi guruhga ko'l baliqlari va yarim o'tuvchi baliqlar kiradi. 
Daryo va ko'l sharoiti uchun umumiy bo'lgan baliqlar karpsimonlar 
hisoblanadi. Sharoit qulay bo'lishi bilan uvildiriq qo'ya boshlaydi. Suv 
harorati, suvda erigan kislorod miqdori, suv, tiniqligi va boshqalar 
asosiy omil hisoblanadi.
Ko'payish va rivojlanish xususiyatiga qarab barcha baliqlar uvildiriq 
qo'yishga qarab, quyidagi ekologik guruhlarga bo'linadi.
Litofil baliqlar — toshloq, chagil kabi biotoplar, odatda daryoda 
oqimi tez bo'lgan joylarda yoki oligatrof suvliklarida o'z uvildirig'ini 
qo'yadi. Bu guruhga turkiston mo'ylovdori, orol mo'ylovdori, oq amur, 
do'ngpeshanalar mansub.
Fitofil baliqlar — yuksak suvo'tlari orasida uvildiriq qo'yib ko'payadi, 
suv osti o'simlik qoldiqlariga ham qo'yadilar. Bu guruhga zog'ora, lesh, 
sudak, sho'rtan kabi baliq turlari kiradi.
Psammofil baliqlar — o'z uvildiriqlarini qumda yoki ba’zan o'simlik 
ildizlariga qo'yadi. Bularning uvildiriqlari qum bilan qo'shilib qobiq 
hosil qiladi. Nafas olish sharoiti yaxshi bo'lganda uvildiriqlari yaxshi 
rivojlanadi. Bu guruhga ko'pincha goletslar kiradi.
Pelagofil baliqlar — o'z uvildiriqlarini suv qalinligida qo'yadi. 
Uvildiriq va ekran embrionlar erkin holda suvda suzib rivojlanadi. Nafas 
olish sharoiti yaxshi bo'lganda uvildiriqlar tezda rivojlanadi. Bu guruhga 
chexon, shemaya, oq amur, do'ngpeshana kabi baliq turlari kiradi.

Download 27,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish