Osmoregulyatsiya
Baliqlarning yashash muhitidagi osmotik bosimga bo'lgan munosabati
hamda ekologik muhit o'zgarishiga bo'lgan munosabat baliq turiga bog'liq.
Shunday baliq turlari borki, suv mineralizatsiyasi ancha past bo'lsa, past
konsentratsiyaga yashashga moslashgan (stenogallar), boshqalari esa turli
xil konsentratsiyaga yashashga moslashgan (evrigallar). Birinchi guruhga
golets, bichok, turkiston mo'ylovdori, orol mo'ylovdori tegishli. Bular-
ning ko'pchiligi suv sho'rligi 4% dan yuqori bo'lganda nobud bo'ladi. Bu
309
baliqlar evrigal muhitga tushsa, ichki muhitning osmotik bosimini oshi-
radi va baliq o‘ladi. Chuchuk suv baliqlarida ichki muhitida, ya’ni qonida
tuzlar miqdori muhitiga nisbatan ancha yuqori bo'ladi. Shuning uchun
ham ularning qoni suv muhitiga nisbatan gipertoniya holati kuzatiladi.
Chuchuk suv baliqlarning jabralari suv muhitidagi xloridlarni so'rib ola-
di va qonga o'tkazadi. Bu baliqlar organizmidagi ortiqcha suvni buyrak
orqali tashqariga chiqaradi. Qoidaga muvofiq chuchuk suv baliqiari den-
giz baliqlariga nisbatan ko'p miqdorida machevina chiqaradi. Dengiz
suyakli baliqlarida teskari hodisa kuzatiladi. Bularning qoni tuzlarga an
cha kambag'al yoki kam va asosiy osmoregulyatsiya buyrak orqali entas,
balki jabralar orqali amalga oshiriladi.
Evrigal baliqlar tuz konsentratsiyasi yuqori bo'lgan suvda ancha chi-
damli bo'ladi. Bunday baliqlarga o'tuvchi baliqlar kiradi. Bu baliqlar
ning sho'r suvdan chuchuk suvga o'tishi yoki teskari holat bo'lganda
ichki muhitdagi osmatik bosim o'zgarishi orqali amalga oshiriladi. Bir
muhitdan ikkinchi muhitga o'tishining o'ziga xos instinkti bo'ladi. Ba
liqlar asta-sekinlik bilan moslashib sho'r muhitdan chuchuk muhitga va
chuchuk muhitdan o'z osmotik bosimini o'zgartirish orqali moslashadi.
Suyakli baliqlarning uvildiriqlarida osmotik bosim ancha mustah-
kam. Tashqi muhitdan uvildiriq ichiga qarab tuzlar diffuziyasi kuzatil-
maydi. Shuning uchun ham ichki osmotik bosimning tashqi muhitga
bog'liq joyi yo'q. Baliq uvildiriqlarining solishtirma og'irligi doimiydir.
Sariqlik moddasi so'rilishi bilan, solishtirma og'irlik asta-sekinlik bilan
oshadi (Shaposhnikova, 1950).
Sho'r muhitga moslashishiga qarab chuchuk suv baliqlarini ikkita
guruhga bo'lish mumkin: doim chuchuk suvda yashovchi baliqlar —
bularning qonida tuzlarning ko'p bo'lishi xarakterlidir. Bularda osmo
regulyatsiya a’zosi buyraklar hisoblanadi. Dengiz baliqiari esa jabralar
orqali ortiqcha tuzlarni chiqaradi, ayniqsa xloridlarni.
Turli xil baliqlarning osmoregulyatsiya a’zolarining evolutsiyasini
o'rganish shunday xulosaga olib kelganki, barcha baliqlar chuchuk suv-
larda yashashga moslashgan bo'lib, ular keyinchalik dengiz va okean-
larga o'tgan degan xulosaga olib kelgan (Suvorov, 1948).
Do'stlaringiz bilan baham: |