59
oqadigan daryolarda, tagi balchiq yoki loyqa ko‘llarda, shuning-
dek, ko‘lmak suvlarda uchratish mumkin, lekin ko‘llarda ko‘proq
bo‘ladi. Suv o‘simliklari muhiti bu baliq uchun juda qulay sharoitdir.
U kislorodi kam suvlarda ham yashashga moslashgan.
Uzunligi 30 santimetr, og‘irligi taxminan 1 kilogramm. Òa-
nasi lappaksimon, suzgichlari katta, orqa suzgichining oldida
arra tishli yo‘g‘on suyak shu’lasi bor. Shunga o‘xshash shu’la dum-
osti suzgichining oldida ham bo‘ladi. Orqasi ko‘kimtir, qorin
tomoni kumushrangda. Shuning uchun ham unga kumush to-
vonbaliq deb nom berilgan.
Urchishi juda qiziq. Urg‘ochisi tashlagan uvuldiriqni shu tur
baliqning erkagi urug‘lantirishi shart emas. Populatsiyasida
ko‘pincha erkagi bo‘lmaydi, bo‘lsa ham bir-ikkita uchraydi. Faqat
ba’zi havzalardagina erkagi bilan urg‘ochisining soni bir-biriga
yaqin bo‘ladi. Bunday bir jinslik populatsiyada urg‘ochisining
uvuldirig‘ini ekologik tomondan ularga yaqin bo‘lgan boshqa tur
baliqning erkagi urug‘lantiradi. Kumush tovonbaliqning urg‘o-
chisini, masalan, zog‘orabaliq (karp), shim,
oltin tovonbaliq
kabilarning erkaklari urug‘lantiradi. Bu xil chatishuvdan dunyoga
kelgan baliqlarning hammasi urg‘ochi bo‘lib, ona tovonbaliqqa
o‘xshaydi. Urchishda sperma (urug‘) tuxumni urug‘lantirmaydi,
balki uning rivojlanishiga yordam beradi, xolos. Bunday urchish
ginogenez; boshqacha aytganda,
urg‘ochi tug‘ilish deb ataladi.
Ba’zan tovonbaliq bilan zog‘orabaliqning xususiyatlariga ega
15-rasm. Kumush tovonbaliq.
60
bo‘lgan
duragay baliq uchrab qoladi, u zog‘orabaliq uvuldi-
rig‘ining tovonbaliq urug‘i bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan
duragaydir.
Òovonbaliq serpusht, 2—3 yoshligining tuxumdonida 50 ming-
dan 100 mingtagacha uvuldiriq bo‘ladi. Urg‘ochisi uvildirig‘ini
bo‘lib-bo‘lib, birinchisini aprelning oxirlarida, ikkinchisini may
oyining ikkinchi yarmida tashlaydi. Òovonbaliq bilan zog‘ora-
baliqning uvuldiriq tashlaydigan yerlari va muddati bir xil. Ku-
mush tovonbaliq tez o‘sadi. Umuman, uning o‘sishi yashaydigan
yeridagi ovqat sharoitiga bog‘liq.
Chunonchi, bir yashar cha-
vog‘ining bo‘yi yemish mo‘l bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on
suv om-
borida 12 santimetr, ovqat kam bo‘lgan Amudaryo etagida esa
6—6,5 santimetrdir. Chavoqlari, asosan, suvo‘tlar va qisman mayda
jonivorlar bilan oziqlanadi. Kattalarining yemishi detrit, ya’ni
suvda chirigan o‘simlik qoldiqlari hamda ular bilan aralashgan
holda mayda qisqichbaqa, kana kabi jonivorlardan iborat.
Kumush tovonbaliq O‘zbekistonda tabiiy tarqalgan yerlarida
(Amudaryo va Sirdaryo etaklarida) unchalik ahamiyatga ega emas.
Lekin ovqat va joy tanlamasligi, ya’ni ekologik jihatdan plastik
baliq ekani sababli uni O‘rta Osiyo pasttekisliklaridagi havzalarda
ko‘paytirish ancha foydalidir. Kumush tovonbaliq akvariumda
saqlanadigan rang-barang va ajoyib oltin baliqlarning nasl bo-
shisi bo‘ladi. Ming yillarcha muqaddam Xitoy va Yaponiyada uzoq
yillar davomida seleksiya etish natijasida kumush tovonbaliqning
kometa, osmonko‘z, teleskop, marvaridcha, suvko‘z, oltinba-
liqcha, chachvondum, arslonbosh kabi bir qancha xonakilash-
tirilgan zotlari yetishtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: