Balans likvidligi tahlilini boshlamasdan oldin quyidagi savollarga javob berishimiz zarur



Download 245,79 Kb.
bet49/53
Sana11.05.2022
Hajmi245,79 Kb.
#602194
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
Korxonalarda buxgalteriya xisobi

Tayanch iboralar

Korxona foydasi – uning moliyaviy natijasi, uning faoliyatini samarasini ifodalovchi ko‘rsatkich.

Yalpi foyda – ularni korxona faoliyatidan olingan moliyaviy natija.

Sof foyda – korxona tomonidan budjetga o‘tkazilgan to‘lov va soliqlardan keyin qolgan korxona foydasi.

Rentabellik – korxona faoliyatining samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich.


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

1. Bozor munosabatlari sharoitida foyda deb nimani tushunasiz?.

2. Korxonani foydasi qanday ko‘rsatkichlarda, shakllarda ifodalanadi?

3. Korxona foyda ko‘rsatkichlari qanday tahlil etiladi?

4. Korxona foydasiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir qanday tahlil etiladi?

5. Rentabellik deb nimani tushunasiz?

6. Rentabellik qanday shakllarda ifodalanadi?

7. Qanday ko‘rsatkichlar orqali rentabellik tahlil etiladi?

8. Rentabellikning asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlari.

9. Korxonalarning iqtisodiy nochorligi deb nimani tushunasiz?

10. Korxonalarni sanatsiya qilish va bankrot deb e’lon qilish.

11. Korxonalarni iqtisodiy nochorligini qanday ko‘rsatkichlar orqali tahlil etiladi?




XOTIMA O‘RNIDA

Hurmatli o‘quvchi, ushbu o‘quv qo‘llanmadan foydalanuvchi!

Tavsiya qilinayotgan bu qo‘llanma muallifning ko‘p yillar mobaynidagi o‘qituvchilik faoliyati, o‘ylashi, izlanishi va tadqiqot ishlarining natijasidir.

O‘quv qo‘llanmada muallifning O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida «Korxonalarning moliyaviy holati tahlili» fanidan Bank-moliya Akademiyasi, Buxgalterlar va auditorlar Assotsiatsiyasi, Toshkent moliya instituti huzuridagi tarmoqlararo moliya-bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi magistraturada darslar o‘tkazish rejalari, mavzulari bayon etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi bozor munosabatlariga o‘tkazilmoqda. Bozor munosabatlari davrida korxona va tashkilotlar faoliyatining asosiy natijalari bo‘lib moliyaviy ko‘rsatkichlar shakllanadi. Demak, korxonalarning moliyaviy holati tahlili korxonalarning boshqaruv tizimini takomillashtirishda alohida o‘rin egallaydi.

O‘quv qo‘llanmada xorijiy mamlakatlarning tajribalari, mamlakatimizda bajarilgan ilmiy-amaliy ishlarning natijalari, bozor munosabatlariga o‘tish vazifalari, bozor munosabatlarining samaradorligini ko‘tarish muammolari o‘z ifodasini topgan. Qo‘llanmani tayyorlashda muallif soha mutaxassislarini, talabalarni tahlil asosida faqat moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblash uslublariga o‘rgatish bilan chegaralanmasdan, bu ko‘rsatkichlarning mazmunini tushunishga, moliyaviy muammolar bo‘yicha o‘ylashga, xulosalar chiqarishga, tavsiyalar ishlab chiqarishga o‘rgatishga intilgan. Shu sababli o‘quv qo‘llanmada ko‘rilgan muammolarni ko‘pchiligiga har tomonlama, batafsil, turli nuqtai nazardan qarash amalga oshirilgan.

Hozirgi paytda iqtisodiy mavzudagi adabiyotlarning tarqalishi, o‘quvchilarga yetib borishi murakkabligi sababli muallif moliyaviy tahlil bo‘yicha chop etilgan asarlarga va boshqa materiallarga ko‘proq e’tibor bergan.

O‘ylaymizki, o‘quv qo‘llanmani o‘qituvchilar, aspirantlar, magisrtlar, bakalavrlar, korxona, tashkilot rahbarlari, xalq xo‘jalik mutaxassislari katta qiziqish bilan qabul qiladilar. Muallif kelgusida ham bu borada ilmiy tadqiqot ishlarni davom etar ekan, hurmatli o‘quvchi va foydalanuvchilarga iltimos qilib, qo‘llanma bo‘yicha o‘z mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini va tavsiyalari Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi, 18-uydagi Tarmoqlararo moliya-bank xodimlari malakasini oshirish institutiga yuborishlarini so‘raydi. Ular muallif tomondan samimiylik bilan qabul qilinadi va kelgusi ishlarda e’tiborga olinadi.




Download 245,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish