Balans likvidligi tahlilini boshlamasdan oldin quyidagi savollarga javob berishimiz zarur


Korxonalarning iqtisodiy nochorligi tahlili



Download 245,79 Kb.
bet45/53
Sana11.05.2022
Hajmi245,79 Kb.
#602194
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
Bog'liq
Korxonalarda buxgalteriya xisobi

6.3. Korxonalarning iqtisodiy nochorligi tahlili

Ilgari, odatda, yuqori moliya-bank organlari korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini doimo tahlil qilishar edi. Bozor munosabatlariga o‘tish paytida korxonalar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi organlar va tashkilotlar o‘zlarining asosiy e’tiborini korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishga safarbar etmoqdalar.

Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish usullari yuqorida ko‘rildi. Korxonalarning moliyaviy holati tahlilda alohida korxonalarning iqtisodiy nochorligini ko‘rish lozim. Korxonalarning iqtisodiy nochorligini tahlil qilish bozor munosabatlari va korxonalararo raqobat aloqalari bilan bog‘liq.

Bozor munosabatlari davrida korxonalar uchun bozor iqtisodiyotida o‘z o‘rnini topish xo‘jalik yuritishning asosiy tamoyiliga aylanib qoladi. Bu davrda korxonalarni sinishi, bankrot bo‘lishi ijtimoiy ishlab chiqarishni qonuniy holatiga aylanib qoladi. Buni respublika misolida ko‘rishimiz mumkin. Bankrot bo‘lgan korxona, tashkilotlar soni respublikada 1995 yili 55 ta, 1996 yili 70 ta, 1997 yili 145 ta, 1998 yili 436 ta, 1999 yili 963 ta bo‘lgan.

Shu voqealar munosabati bilan korxonalarning iqtisodiy nochorligini tahlil qilish va bu tahlil usulini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Bu borada respublikada O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, korxonalarni bankrot va sanatsiya bo‘lishi masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi mol-mulk qo‘mitasi huzuridagi korxonalarni iqtisodiy nochorligi masalalari bo‘limi tomonidan ancha ishlar amalga oshirildi.

Avvalambor korxonalarning iqtisodiy nochorligini aniqlashning qonuniy-uslubiy bazasi barpo etildi. O‘zbekiston Respublikasi korxonalarni sinish va sanatsiyaga o‘tkazish masala­lari bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan 1997 yil 11 aprelda «Korxonalarni moliyaviy tahlil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar», «Korxonalarni iqtisodiy nochorligi masalalari bo‘yicha hududiy boshqarmasi to‘g‘risida vaqtincha nizom», «Korxonalarni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish to‘g‘risida vaqtincha nizom», «Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilishda ularga moliyaviy yordam berish tartibi» tasdiqlandi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulk qo‘mitasi huzuridagi korxonalarning iqtisodiy nochorligi masalalari to‘g‘risida qo‘mita tomonidan 1997 yil 10 dekabrda «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini iqtisodiy nochor deb tan olish to‘g‘risida vaqtincha tartib», 1998 yil 20 martda «Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini monitoring va tahlil qilish tartibi» tasdiqlandi.

Yuqorida keltirilgan me’yoriy-uslubiy hujjatlarni tahlil qilish bizni quyidagi xulosalarga olib keldi:


Download 245,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish