10-sinf Geeografiya darsligi asosida 8§-mavzu Reja: Balandlik mintaqalanishi – tog‘larning etagidan suvayirg‘ich tomon tabiatning qonuniy o‘zgarib borishi.
Ularning shakllanishiga yuqoriga ko‘tarilgan sari havo harorati va bosimining pasayishi, quyosh radiatsiyasining kuchayishi, suv bug‘lari kondensatsiyasi sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘ladi.
Balandlikka ko‘tarilgan sari o‘simliklarning, tabiiy sharoitning o‘zgarib borishi haqidagi ma’lumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida Movarounnahr, Afg‘oniston tog‘larining ta’rifida keltiriladi. Balandlik mintaqalanishi qonuniyatini ilk bor A. Gumboldt Alp va And tog‘larida o‘rganib, ilmiy asoslab bergan.
Tekislikdagi tabiat zonalari ekvatordan qutblarga tomon birin-ketin almashinib borgani kabi balandlik mintaqalari ham tog‘larning etagidan suvayirg‘ich tomon almashinib boradi.
Balandlik mintaqalarining soni va tuzilishi tog‘larning balandligiga, qaysi iqlim mintaqasida (shuningdek, iqlim o‘lkasida) joylashganiga, yo‘nalishiga, havo massalariga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Tog‘lar qanchalik baland bo‘lsa va quyi kengliklarda (ekvatorga yaqin) joylashgan bo‘lsa shunchalik ko‘p balandlik mintaqalari yuzaga keladi.
Iqlim o‘lkalari ham balandlik mintaqalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kontinental iqlim o‘lkasida joylashgan tog‘larda tog‘ cho‘l va chalacho‘l min taqalari katta maydonni egallaydi.
Qor chizig‘i dengiz iqlim mintaqasida joylashgan tog‘larga nisbatan 700–1000 m balandroqdan o‘tadi. Dengiz iqlim o‘lkasida joylashgan tog‘larda esa tog‘–o‘rmon mintaqasi keng tarqalgan, qor chizig‘i ancha pastdan o‘tadi. Balandlik mintaqalanishi tog‘larning relyef xususiyatlariga ham bog‘liq. Ayniqsa, yonbag‘irlar ekspozitsiyasi muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistondagi tog‘larda janubiy yonbag‘irda adir (tog‘ quruq dasht) mintaqasi bo‘lsa, ayni shu balandlikdagi shimoliy yonbag‘irda esa tog‘ (tog‘–o‘rmon–dasht) balandlik mintaqasi shakllanganini ko‘rish mumkin.
Yonbag‘ir ekspozitsiyasi – tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi. Masalan, yonbag‘ir janubga qaragan bo‘lsa janubiy ekspozitsiya bo‘ladi.
Balandlik mintaqalanishi kenglik zonalligi (tabiat zonalari) bilan chambarchas bog‘liq. Balandlik mintaqasi tog‘ning etagi qaysi tabiat zonasida joylashgan bo‘lsa o‘sha tabiat zonasidan boshlanadi.
O‘zbekiston tog‘larida o‘simliklarning balandlik mintaqalanishini K. Z. Zokirov o‘rganib, to‘rtta balandlik mintaqasini ajratgan va mahalliy atamalardan foydalanib quyidagicha nomlaydi: cho‘l, adir, tog‘, yaylov.
Cho‘l
Adir
Yaylov
Tog‘
Cho‘l balandlik mintaqasi Respublikamizning mutlaq balandligi 400-500 m gacha bo‘lgan hududlarini o‘z ichiga oladi.
Adir balandlik mintaqasi dengiz sathidan 400–500 m dan 1000–1200 m gacha, respublika janubida janubiy ekspozitsiyada 1600 m gacha bo‘lgan tog‘ oldi hududlarini o‘z ichiga oladi.
Qor chizig‘i – tog‘lardagi shunday chegaraki, undan balandda qor yil bo‘yi erimay turadi. Qor chizig‘ining balandligi joyning geografik o‘rniga, iqlimi, yog‘in miqdori, yonbag‘ir ekspozitsiyasiga bog‘liq. Qutbiy kengliklardan tropiklargacha qor chizig‘ining balandligi ko‘tarilib boradi. Frans-Iosif Yerida 50–100 m, Shpitsbergen arxipelagida 400– 450 m, Kavkazda 2700–3800 m balandlikdan o‘tadi. Uning eng baland joylashishi tropiklarga to‘g‘ri kelib 5800–6000 m balandlikdan o‘tadi. Qor chizig‘ining balandligi faqatgina qutblardan ekvatorga tomon emas, dengiz va okeanlardan materik ichkarisiga tomon, ya’ni uzoqlik bo‘yicha ham ko‘tarilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |