Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, yo’qlama qilish, uy vazifasini so’rash va darsni tashkillash
II. O’tgan mavzuni so’rash: tezkor savol javob o’tkazish orqali o’tilgan mavzuni takrorlash.
III. Asosiy qism: Yangi mavzuni tushuntirish
Zamburug'larning vegetativ tanasi ildiz, poya va barglarga bo'linmagan. Ular ham sporalar bilan ko'payadi. Zamburug' hujayralarida plastidalar va xlorofill bo'lmaydi. Ularning hujayrasi qobiq, protoplazma va mag'izdan iborat. Zamburug'lar xuddi bakteriyalarga o'xshash tayyor organik moddalar bilan saprofit yoki parazit holda oziqlanadi. Zamburug'larning vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy gifa deb ataladigan ingichka ipchalar yig'indisidan iborat.
Voyaga yetgan ayrim zamburug'ning vegetativ tanasidan spora hosil qiluvchi qismi o'sib chiqadi. Bunga mevatana deyiladi. Mevatana odatda oyoqcha va qalpoqchalardan iborat bo'lib, ularda sporalar yetishadi.
Turish (achitqi) aralashtirib qorilgan xamir iliq joyga qo'yilsa, ma'lum vaqt o'tgach u ko'pchib chiqadi. Bu holatga xamirning oshishi deyiladi. Oshgan xamirdan yopilgan non yumshoq va sifatli bo'ladi. Xamirning oshishi, unga qo'shilgan turishdagi achitqi zamburug'lar faoliyatiga bog'liq. Achitqi zamburug'i bir hujayrali mikroskopik organizmdir. Uning hujayrasi qobiq bilan o'ralgan sitoplazma, mag'iz va vakuoldan tashkil topgan. Turish (achitqi) aralashtirib qorilgan xamir iliq joyga qo'yilsa, ma'lum vaqt o'tgach u ko'pchib chiqadi. Bu holatga xamirning oshishi deyiladi. Oshgan xamirdan yopilgan non yumshoq va sifatli bo'ladi. Xamirning oshishi, unga qo'shilgan turishdagi achitqi zamburug'lar faoliyatiga bog'liq. Achitqi zamburug'i bir hujayrali mikroskopik organizmdir. Uning hujayrasi qobiq bilan o'ralgan sitoplazma, mag'iz va vakuoldan tashkil topgan.
Achitqilar — achitqi zamburug'larining to'plamidir. Quri-tilib, taxtakachlangan achitqi zamburug'lari sovuqda ko'paymaydi, lekin uzoq vaqtgacha tirik turadi. Achitqini shakar eritmasiga solib, iliq joyga qo'yilsa undagi zamburug'lar darrov jonlanib, xaddan tashqari tez ko'paya boshlaydi.
Qo'ziqorinlar chirindiga boy tuproqda yashovchi saprofit zamburuglardir. Ularning ko'p yillik vegetativ tanasida yoz faslida oziq moddalar to'planadi va kuzdan boshlab mevatanacha hosil bo'ladi. U faqat kelgusi yilning ko'klamida tuproq nami ketmasdan o'sib, yo'g'onlashib, kattalashadi, so'ngra bahorning yVertitsilium zamburug'i orqali kasallangan g'o'za bargi sekin-asta sarg'ayadi, so'ng qurib to'kiladi. Xalq orasida bu kasallik oqpalak deb yuritiladi. G'o'za tanasini egallagan zamburug' faoliyati natijasida u o'sishdan, rivojlanishdan to'xtaydi va nihoyat quriydi. Agar kasallangan g'o'za poyasidan kesib olib mikroskop ostida qaralsa, poyaning yog'och qismi qo'ng'ir tus olgani va undagi naylar ichida vertitsilium zamburug'ining ipchalari (gifalari) borligi aniq ko'rinadi
Lishayniklar zamburug'lar bilan suvo'tlarning o'zaro birgalashib (simbioz holda) yashashidan hosil bo'lgan organizmlardir. Ular har qanday sharoitda o'sishga moslashgan. Yer yuzida ularning 26000 dan ortiq turi mavjud.
Lishayniklar tabiatda juda keng tarqalgan. Chunonchi qoyalarda, toshlarda, unumsiz tuproqlarda daraxtlar po'stlog'ida, shuningdek, turli joylarda o'suvchi va yuksak o'simliklarning o'sishi uchun zamin tayyorlovchi o'simliklardir. Ularning tanasi ham organlarga bo'linmagan. Tog' va cho'llarda ko'pincha yopishqoq lishayniklar o'sadi. Agar lishaynik tanasidan kesib olingan yupqa kesma mikroskop ostiga qo'yib qaralsa, uning chigallashib ketgan iplardan tashkil topganligi ko'rinadi. Bu zamburug'ning vegetativ tanasi (mitseliysi)dir. Ip chigallari orasida och yashil sharga o'xshash hujayralar borligi ko'rinadi. Bular bir hujayrali suvo'tlardir. Shunday qilib, bitta lishaynik organizmida ikkita o'simlik: zamburug' bilan suvo't birgalikda yashaydi. Lishaynikdagi zamburug' mitseliysi yomg'ir paytida suvni shimib olib, uni uzoq saqlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |