O‘qituvchi: mavzu qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning faolligi oshadi. O‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘onadi. Mavzuda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar bilimi baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma axborotlarni mustaqil o‘rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatiladi.
O‘quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo‘lib ishlash malakasiga ega bo‘ladi. Og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi. Eslab qolish qobiliyati (xotirasi) mustahkamlanadi.O‘z-o‘zini nazorat qilish, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi. Jarayonni baholay oladi va munosabat bildiradi.
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)
O‘qituvchi:Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtiradi va darsga tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘laydi va solishtiradi. Pedagogik mahoratini oshiradi.
O‘quvchi:Matn bilan mustaqil ishlashni o‘rganadi.O‘z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi.O‘z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, yo’qlama qilish, uy vazifasini so’rash va darsni tashkillash
II. O’tgan mavzuni so’rash: tezkor savol javob o’tkazish orqali o’tilgan mavzuni takrorlash.
III. Asosiy qism: Yangi mavzuni tushuntirish
Bakteriyalarning tabiatdagi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati juda katta, chunki bakteriyalarning ishtirokisiz tabiatda moddalar almashinuvi sodir bo'lmaydi. Bakteriyalar organik moddalar bilan oziqlanadi va ularni parchalab mineral moddalarga aylantiradi. Tabiatdagi bu jarayon moddalar aylanishi deb ataladi.
Bakteriyalarni, ularning faoliyati natijasida vujudga keladigan jarayonlarga qarab bir necha guruhlarga bo'lish mumkin. Chirituvchi bakteriyalar. Azotli organik moddalarning bakteriyalar tomonidan parchalanishiga chirish deb ataladi. Barcha o'simlik va hayvonlar o'lganidan so'ng bakteriyalar faoliyati natijasida parchalanadi — chiriydi. Chirish jarayonini vujudga keltiruvchi bakteriyalar chirituvchi bakteriyalar deyiladi.
Tabiatda tuproq hosil bo'lishida chirituvchi bakteriyalarning ahamiyati juda katta. Tuproqda yashaydigan chirituvchi bakteriyalar tuproq bakteriyalari deyiladi. Chirituvchi bakteriyalar bo'lmaganda yer yuzi turli xil qoldiqlar bilan to'lib, tirik o'simliklar va hayvonlar uchun ovqat ham, joy ham qolmagan bo'lur edi. Kuzda tuproqqa solingan go'ng chirituvchi bakteriyalar faoliyati ta'sirida ko'klamgacha chirindiga, so'ngra madaniy o'simliklar uchun oziq bo'ladigan mineral tuzlarga aylanadi. Chirish jarayonida hamisha issiqlik ajralib chiqadi. Bu issiqlikdan issiqxonalarni isitish uchun foydalaniladi.