Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari”


Teri va teri buyumlarini biozararlanishdan himoya qilish



Download 475,5 Kb.
bet31/32
Sana01.06.2022
Hajmi475,5 Kb.
#628253
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari

Teri va teri buyumlarini biozararlanishdan himoya qilish. Terini mog`or zamburug`lardan himoya qilish uchun moylashning derma bosqichida fungistid kiritiladi. Chet elda terini biozararlanishdan himoya qilish uchun fungistid sifatida p-nitrofenol, gs-xlor-t-kreozol. pentaxlorfenol va uning ba’zi hosilalari, 2-oksidifenil, salistilanilid, beta-naftol, beta-oksinaftaldegid va ayrim boshqa birikmalar ishlatiladi.
AQSh da tropiklar va mo’tadil iqlimda armiyada hizmat qiluvchi soldatlarning teridan tayyorlangan oyoq kiyimlarini biozararlanishdan himoya qilish uchun n- nitrofenol (0,3 mass.%) ishlatiladi.
Terini himoya qilish uchun n-xlor-t-kreozol fungistidi |bir necha unlab yillar davomida ishlatilmoqda. Uning sotuvdagi nomi "preventol SKM".
Terini himoyalovchi fungistid sifatida 2-oksidifenil o’tgan asrning 40-nchi yillaridan beri ma’lum. Uning bir qator texnologik afzalliklari mavjud bo’lgani uchun teri ishlab chiqish sanoatida ko’p yillar davomida qo’llanilgan.
Teri mog`or zamburug`lari bilan zararlanishiga qarshi sinab ko’rilgan, nisbatan yangi biostidlardan 4,5,6-trixlorbenzoksazolinon-2 diqqatga sazovor.
Armiyada ishlatilgan oyoq kiyimlarini qayta ishlatish uchun ularga navbatma-navbat oldin formalin, so’ngra sovun eritmasi va keyin geksaxlorofen yoki pentaxlorfenon qo’shilgan moy surtish tavsiya qilingan. Oyoq kiyimining tashqarisiga 0,8% li p-xlor-t-ksilenon yoki 0,8% li i-nitrofenol qo’shilgan moy surkaladi.
Yuqori namlik sharoitida radioelektron, optik va boshka uskuna va jihozlarning chidamli bo’lmagan detallari zamburug`lar bilan shikastlanishi yoki ifloslanishi mumkin.
Radioelektron uskunalarning ustida mog`or zamburug`larining misteliylari hosil bo’lishi nafaqat bu materiallar shikastlanishi va ularning elektrofizik xususiyatlari yomonlashishi, balki misteliy o’zidan suv chiqarishi natijasida bu uskunalarda namlik oshishi va kontaktlar tutashuviga olib kelishi mumkin.
Hasharotlarning katta to’dalari ham qisqa tutashuvlar va uskunalarning boshqa qismlari buzilishiga olib kelishi mumkin. Suvaraklar joylashib olishi natijasida avariya signalizastiyalari, katta elektron va hisoblovchi mashinalar va har xil elektr uskunalar va jihozlar ishdan chiqish hollari ko’p uchraydi.
Optik uskunalar uchun biozararlanishning boshqa turlari xavf tug`diradi. Silikat shishalar zamburug`lar uchun ozuqa substrati bo’lmasa ham, ularning ustiga optik uskunalarning boshqa „qismlarida (teridan bo’lgan g`ilof rezina oraliq detallari, organik moylovchilar va elimlar, bo’yalgan detallar va b.) rivojlangan misteliy tushishi va ifloslashi mumkin.
Uskunalar biozararlanishdan konstrukstion, sanitar-gigienik va kimyoviy metodlar bilan himoya qilinadi. Konstrukstion usul uskunalar tuzilishini rejalashtirish bosqichida materiallarni to’g`ri tanlash, ichiga nam tushishiga qarshi uskunani germetizastiyalash, ichiga hasharotlar va boshqa organizmlar kirishiga yo’l qo’ymaslik uchun uskuna teshiklariga to’r va tiqinlar qo’yish va hokazolar talab etiladi. Havo namligiga qarshi ba’zan maxsus, tarkibida silikagel bo’lgan nam yutgich filtrlar va qurituvchi patronlar qo’yiladi.
Turli xil materiallar dan tashkil topgan murakkab tuzilmalar ichiga uchuvchan fungistidlar kiritilishi mumkin. Ular tabletka yoki kukun shaklli haydaladigan"; (bug`lanadigan) qattiq materiallar yoki g’ovak yoxud tolali tashuvchilarga (qog`oz, porolon, silikagel va h.) shimdirilgan suyuq uchuvchan materiallar bo’lishi mumkin. .
Uchuvchan fungistidlar uskunalarnig faqat germetik ichki hajmlariga yoki uskuna germetik gilof ichiga qo’yilganda ishlatiladi. Bunday yopiq hajm ichida uchuvchan modda bug’lanadi, uskunaning barcha qismlariga kiradi, ularning ustiga adsorbstiya qiladi. Uchuvchan fungistid sifatida natriy etiltiomerkursalistilat (mertiolat) va metakreazilastetat (krezatin) o’zlarini yaxshi ko’rsatgan. Ularning kamchiligi - alyuminiy (mertiolat) va mis (krezatin) qotiglmalariga nisbatan korroziya qo’zg`atish xususiyati mavjudligidir.
Konservastiya qilib saqlash va tashish davrlarida texnik buyumlarni ham korroziya, ham biozararlanishdan kompleks himoya qilish maqsadida uchuvchan fungistidlarni uchuvchan korroziya ingibitorlari bilan birga qo’llash mumkin. Bu maqsadda uchuvchan fungistidlar va korroziya ingibitorlari shimdirilgan tara ham ishlatish mumkin. Uchuvchan korroziya ingibitorlari orasida fungistidlik xususiyati bo’lgan birikmalar ham bor, masalan, distiklogeksilamin nitrit, geksametilenamin metanitrobenzoat.


XULOSA

Bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, ular juda mayda, ko’zga ko’rinmaydigan organizmlardir. Bakteriyalar sharsimon va tayoqchasimonlar guruhiga bo’linadi. Sharsimonlari – kokklar deb nomlanadi. Bakteriyalar kattaligi mkm bilan o’lchanadi. Bakteriyalar spora hosil qilish, harakatlanish, ko’payish va rivojlanish xususiyatiga ega. Bakteriyalarning foydali va zararli turlari mavjud. Foydali turlaridan qishloq xo’jaligi va sanoatda foydalanamiz. Zararli turlari esa xalq xo’jaligi, qishloq xo’jaligi va sanoatda katta zarar yetkazadi. Metallar korroziyasini qo’zg`atishda qatnashuvchi bakteriyalarning ko’pchiligi xemotroflardir.


Sanoat materiallarining biodesrukstiyasi (bioemirilishi, bioparcha-lanishi) jarayonida bakteriyalarning quyidagi xususiyatlari muhim rol o’ynaydi: ko’p bakteriyalar tashqi muhitdan organik modda olmasdan hayot kechira olishi; ba’zi bakteriyalar muhitdagi ekstremal sharoitlarda ham hayotchanligini yo’qotmasligi, jumladan, yuqori harorat (80°S, ba’zan undan ham yuqori) va bosimga, kuchli nordonlik yoki ishqorlikka, intensiv nurlanishga, tuzlarning yuqori miqdoriga va b. chidamliligi.
Litotroflardan biozararlanishning eng faol namoyondalari sulfatiklovchi, tion, nitrifikator va temir bakteriyalaridir. Ular qo’zg`atadigan metallar korroziyasi, beton, tosh, g`isht va boshqa materiallar emirilishining olchami goyat katta. Sulfattiklovchi (sulfatredukstiya qiluvchi, desulfatlovchi) bakteriyalar (STB, DSB) - po’lat, temir va alyuminiyda asosiy anaerob korroziya qozg`atuvchilaridir. Taxmin qilinishicha, ular qo’zg`atadigan korroziyaning exanizmi ushbu bakteriyalar hayot kechirishi davrida hosil bo’ladigan qattiq temir sulfidi katod depolyarizastiyasini jadallashtirishi yoki bakteriyalar polyarizastiyalangan vodorodni iste’mol qilishidir.
TION BAKTERIYALARI oltingugurt va sulfatlarning har xil tiklangan birikmalarini oksidlaydi. Ular tufayli murakkab metall inshootlari, tosh va temirbeton qurilmalar, rezinali asbob-uskuna va jihozlar (shina, shlang) korroziyaga uchraydi. Nitrifikator bakteriyalar ammiakni oksidlash paytida ajratiladigan azot kislotasining ta’siri vositasida metallarda korroziya va serkovak qurilish materiallarida biozararlanish qo’zg`atadi.
TEMIR bakteriyalar qatoriga temirning tiklangan birikmalarini oksidlovchi va temir oksidlaridan hujayralari ustida cho’kindi qatlami hosil qiluvchi, taksonomik jihatdan har xil guruhlarga mansub mikroorganizmlar, jumladan ipsimon bakteriyalar, sion bakteriyalari, fleksibakteriyalar va mikoplazmalar kiradi. Bularni faqat shartli ravishda (oldindan shunday qilingani uchun) litotroflar guruhiga qo’shishadi.
Litotrof bakteriyalar anorganik moddalar o’zgarishi vositasida energiya olishi uchun, asosan metalllar va boshqa anorganik qurilish va sanoat materiallarida biozararlanish qo’zg`atadi. Organotroflar esa organik mooddalarni oksidlashda hosil bo’lgan energiyadan foydalanadi. Shu sababli ularning ko’pchiligi organik moddalardan tashkil topgan sanoat materiallarida faol biozararlanish qozatuvchilardir. Shu bilan birga ulardan ba’zilari hosil qiladigan agressiv metabolitlari (organik kislotalar, ammiak, vodorod sulfid va b.) bilan metallarda korroziya qo’zg`atadi.
Ayniqsa neftni qayta ishlab olinadigan yonilg`i, moylash materiallari va boshqa materiallarning bakterial parchalanishi diqqatga sazovordir.
Tirik organizmlar emirmaydigan yoki kamida ularning xususiyatlari va tashqi ko’rinishini o’zgartirmaydigan materiallar yo’q. Uskunalar biozararlanishdan konstrukstion, sanitar-gigienik va kimyoviy metodlar bilan himoya qilinadi.



Download 475,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish