Hayot jarayonlarida spora hosil qilish xususiyatiga ega bo’lmagan tayoqchasimonlarga bakteriyalar deyiladi. Spora hosil qilish xususiyatiga ega bo’lganlari bastillalar deb ataladi.
Bakteriyalar kattaligi mkm bilan o’lchanadi. Beggiota mirabilis (Biggeotoa myrabilis) bakteriyasining uzunligi 1 sm bo’lib, uning ko’n-dalang kesimi 50 mkm ga borib qoladi. Ba’zi bakteriyalar hajmi 1- jadvalda keltirilgan.
Tabiatda maxsus filtrlar orqali o’tib ketadigan ultrabakteriyalar ham mavjud.
Bakteriyalar ko’zga ko’rinmaydigan prokariot guruhiga mansub kichik organizmlar bo’lishiga qaramay, boshqa yuksak mavjudotlarning hujayrasi singari murakkab tuzilishga ega ekanligi ko’rinadi (1-rasm).
Bakteriyaning hujayra po’sti rangsiz, uglevod, pektin, lipoid va o’zida azot elementini saqlagan—xitin deb atalgan birikmalardan tashkil topgan. Hujayra posti mikroorganizmga shakl berish bilan birga uni noqulay sharoit ta’siridan saqlash vazifasini ham o’taydi. Ba’zi bakteriyalar oqsili kam, uglevodi ko’p sharoitda qolganda. shilimshiq ishlab chiqarib, shilimshiq qin (kapsula) ga o’raladi. Qin oqsil bilan dekstrin yoki glyukoza molekulalaridan tashkil topadi. Suvda hayot kechiruvchi ipsimon bakteriyalar ajratib chiqargan shilimshiqlari yordamida suv ostidagi buyumlarga yopishib hayot kechirishga zamin yaratadi. Shilimshiq hisobiga hosil qilingan qin ichida oltingugurt bakteriyalarida oltingugurt, temir bakteriyalarida temup gidratlari to’planadi.
Hujayradan hujayra po’sti orqali muhitga stitoplazmatik o’simtalar chiqadi. Bu o’simtalarga xivchinlar deyiladi. Xivchinlar hujayradagi bleforoplast (bazal tanacha) bilan uzviy bog`langan.
Hujayra po’sti ustida ipsimon ingichka va uzunligi 0,3—0,4 mm keladigan fimbriy yoki pili deb atalgan o’simtalar stitoplazma membranalarida joylashadi.