Bog'liq Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari
Metallar va metall qurilmalarining STB ta’sirida korroziya qilinishi texnikada boshqa biokorroziyalarga nisbatan juda ko’p uchraydi. Korroziya bu xilining xarakterli belgilari - jarayon anaerob sharoitda kechishi va uning asosiy qo’zg`atuvchilari ikkita - Desulfovibrio va Desulfotomaculum turkumlariga mansubligidir.
Anaerob korroziya zich sog` tuproqlar va gruntlarning suvli qatlamlarida joylashgan yerosti inshootlari va qurilmalari (neft qazib olish uskunalari, o’tkazuvchi trubalar, neft omborxonalari va h.) uchun xarakterlidir.
Neft sanoatida biokorroziya sohasida tadqiqotlar o’tkazish keyingi yillarda o’ta dolzarblik kasb etmoqda. Neft konlarining samaradorligini oshirish (ulardan neftni maksimal mikdorlarda qazib olish) maqsadida neft qatlamlari tagiga suv kiritish usuli ishlab chiqilgan va keng miqyosda amaliyotga kiritilgan. Bu usulning mohiyati - perimetri bo’ylab kon tagiga bosim ostida suv yo’llanadi, suv gruntdan o’zining ustida neftni yuqoriga siqib chiqaradi. Bu usul yordamida qazib olinadigan neft miqdorlari, ayniqsa uning zahiralari va qazib olinishi kamaygan konlarda keskin oshgan.
Bu usul amaliyotga kiritilgach korroziya tufayli neft konlarida yuz beradigan avariyalar soni, jumladan neft kazib olish uskunalari tez ishdan chiqishi va o’tkazuvchi trubalar emirilishi hollari ko’paygan. Ko’p tajribalarda korroziyaning biologik tabiati va u birinchi navbatda STB bilan bog`liqligi aniqlandi.
Tagiga bosim ostida suv yo’llangan konlarda biokorroziya uchrashining asosiy sababi yo’llangan ariq va ko’llardan olingan suvlarda maxsus sulfatlardan tozalash jarayoni o’tkazilmaganidir. Yer ostidagi harorat, kimyoviy va umuman ekologik sharoitlar STB tez o’sishi va rivojlanishi uchun qulaylik tug’dirgan.
Biokorroziya birinchi navbatda quduqlarda qo’llaniladigan yer osti va yer usti uskunalar va o’tkazuvchi trubalarni shikastlagan, chunki qazib olingan neft bilan chiqadigan suv tarkibida vodorod sulfid bo’lgan, shu sababdan suv korrozion faol bo’lgan. Neftdan ajratib olingan suv darhol yana quduqqa qayta yo’llangan, natijada qatlamda agressiv komponent miqdori yana oshgan. Nasoslar va parmalangan kuduk uskunalari ishdan chiqishlari, o’tkazuvchi trubalar teshilishi tufayli ko’p uchraydigan avariyalar - bularning hammasi STB qo’zg`atgan biokorroziya natijalaridir.
Neft mahsulotlari saqlanadigan po’lat rezervuarlar-STB va ular bilan bog`lik bo’lgan mikroorganizmlar ta’sirida korroziyaga uchrashi biokorroziyaning yana bir misolidir. Rezervuarlar ichki tomonidan korroziyaga uchrash xollari aniklangan. Ular hatto rezervuarning devorini butunlay teshadigan yaralar hosil qilgan. Korrozion yaralar asosan rezervuarning tagida joylashgan.
Tajribalar ko’rsatishicha, omborxonalardagi tagi korroziyaga uchrgan neft rezervuarlarining ostki qismlarida shlam va suv mavjud bo’lgai. Neft mahsuloglariga suv ularni saqlash va tashish jarayonlarida tushadi va o’z vaqtida chiqarilmasa, rezervuar tagida to’playaadi. Unda korrozion-faol tuzlar va mikroorganizmlar yig`iladi. Korroziya qo’zg`atishda STB dan tashqari boshqa mikroorgaiizmlar, jumladan Pseudtmomas aeruginosa qatnashadi ular shlamda yigiladi va korroziya qo’zg`atadi.
Neft omborlari korroziyasining biologik tabiatini ularni sanitar-gigienik tadbirlar bilan birga qo’llaniladigan bakteristidlar samarali himoya qila olishi ham ko’rsatadi.
Bakteriyalar rangli metallarni, jumladan alyuminiy qotishmalarini. masalan, aviastiyada reaktiv samolyotlarning yonilg`i baklarini zararlagani ma’lum. Tarkibida ozroq suv bo’lgan aviayonilgi STB, Pseudomonas spp. va boshqa bakteriyalar uchun qulay muhitdir.
zararlashi mumkin.