Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari”


Plastiklar asosiy komponentlarining biozararlanishi



Download 475,5 Kb.
bet15/32
Sana01.06.2022
Hajmi475,5 Kb.
#628253
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan biozararlanishdan himoyalanish usullari

Plastiklar asosiy komponentlarining biozararlanishi. Plastiklarning asosini polimer bog`lovchilar - polimer smolalar tashkil etadi.
Polimer smola xiliga qarab plastiklarning o’zlarini ham- termoreaktiv yoki termoplastik (material olinayogganda uning qotash usuli asosida), polietilen, polivinilxlorid, poliamid va b. (polimerniig kimyoviy strukturasi asosida) plastiklar deb atashadi.
Makromolekulalarning kimyoviy strukturasi, polimer zanjirining uzunligi, yon tomonga shoxlanishlari va boshqa xususiyatlari bilan bogliq holda polimer smolalarining biochidamliligi har xil. Makromolekulalar zanjiri uzayishi bilan polimerlarning mikrobiologik shikastlanishga chidamliligi ortib borishi umumiy qonuniyatdir. Boshqa faktorlar bir xilligida shoxlangan (geterozanjirli) larga ko’ra karbozanjiri chiziqsimon bo’lgan polimerlar kamroq biochidamli.
Polimer smolalardan keyin plastiklar tarkibidagi ikkinchi muhim komponent plastifikatorlardir. Ularning aksariyati dikarbon va polikarbon alifatik va aromatik kislotalarining murakkab efirlaridir. Plastik tarkibidagi plastifikatorning miqdori plastik massasining; 30-50 foizini tashkil etishi mumkin, shu sababdan butun materianing biochidamliligi plastifikatorning biochidamliligiga bog`liq. Eng ko’p | ishlatiladigan plastifikatorlar - ftal va adipin kislotalarining mog’or zamburuglar bilan zararlanishga chidamliligini solishtirganda aromatik ftal kislotasining efirlari alifatik adipin kislotasinikiga ko’ra chidamliroq ekanligi aniqlangan. Yana bir alifatik - sebasin kislotasining efirlari zamburug`larga chidamsizligi ko’rsatilgan.
Plastiklarning uchinchi komponenti to’ldiruvchilar bo’lib, ular kompozisiyani mustahkam qilish uchun qo’shiladi. To’ldiruvchi sifatida qo’llaniladigan tabiiy organik moddalar mikrobiologik chidamsiz. Ularning katoriga yogoch uni, qog`oz, tolalar va matolar kiradi.. Ayni paytda shishatola va asbest kabi biochidamli to’ldiruvchilar shishaplastik va asboplastiklarning chidamliligini kamaytirmasa ham, ularni chidamliroq qilmaydi.
Plastifikatorlar qo’shilgan polivinilxlorid plastiklar biozararlanishining xarakteri ularning tarkibi va ularni ishlab chiqarish va qayta ishlash usullariga bog`liq. Qattiq PVX zamburug`lar va bakteriyalar bilan qoplanish va shikastlanishga chidamliroq. Qattiq PVX dan tayyorlangan. trubalar mog’or zamburug`lari bilan qoplansa ham, yerosti sharoitda 10 yildan ko’proq vaqt davomida ham mustahkamligini yo’qotmaydi.
Yuqori namlik va harorat sharoitida qo’llanishga mo’ljallangan, mato asosli PVX plastikdan tayyorlangan sun’iy terilar fungistidlar bilan himoyalanishi lozim. Bu tropik mintaqalarga taaluqli; tropiklarda, masalan, sun’iy teri bilan qoplangan amtomobil kabinalarining ichi va o’tirg`ichlari, agar ularga antiseptiklar bilan ishlov berilmasa yoki plastik restepturasi yoxud mato asosiga fungisid qo’shilmagan bo’lsa, ular mikroorganizmlar bilan zararlanadi.
Polistirol, poliakrilat, polikarbonat va ba’zi boshka plastiklarning mikrobiologik chidamliligi poliamidlarniki bilan bir xil. Poliuretan plastiklar va himoya qoplamalarining biochidamliligi kamroq. Samolyotlarning alyuminiydan yasalgan yonilgi baklarining poliuretandan tayyorlangan himoya qoplamalarini ko’chib ketgan hollari ham ma’lum. Dengiz suvida ishlatilganda ham poliuretan buyumlar va qoplamalar shikastlanishga va mikroorganizmlar bilan qoplanishga chidamsiz.

Download 475,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish