Bakteriofaglar, antibiotiklar, mikroorganizimlarni infeksiyadan saqlanishda normal mikrofloraning ahamiyati



Download 45,98 Kb.
bet7/15
Sana19.02.2022
Hajmi45,98 Kb.
#458951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2 5193209957352215182

Boyitish usuli. Tayyorlangan filtratimizni 2—3 soat mos mikro­organizm saqlovchi 2—3 soatli sho‘rvaga ekiladi va termostatda qoldiriladi. Fag kultura to‘qimalardabo‘linib ko‘payadi va titri anchagina ortadi. Shundan so‘ng sho‘rva filtrlanadi va filtratdagi fagning xossasi hamda faolligi aniqlandi.
Faglarning amaliyotda qo‘llanilishi
Fag qo‘llanilishi ularning o‘ta spetsifikligi va mikrob hujayrasini parchalash yoki ular bilan simbiozga o‘tish xususiyatiga asoslangan.
Fagoprofilaktika va fagoterapiya — faglar yordamida infeksiyani davolash va oldini olishga asoslangan. Bunda fag bemor organizmida kasallik qo‘zg‘atuvchilari bilan to‘qnashib, ulami nobud qiladi. Hozirgi vaqtda faglar stafilokokk hamda streptokokk infeksiyalarini davolashda va oldini olishda keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, vabo, toun, ichak tayoqchasi va proteyalar keltirib chiqaradigan infeksiyalar hamda antibiotik bilan davolab bo‘lmaydigan infeksiyalami yo‘qotishda va oldini olishda amaliyotgajoriy etilgan.
Fagodiagnostika: a) ma’lum faglar yordamida ajratib olingan kulturani farqlashda foydalaniladi. Kulturani lizisga uchratgan fagga shu kultura mos keladi. Masalan, agar vabo fagi lizisni yuzaga keltirsa, demak, bu vabo vibrioni kulturasidir. Tipga oid faglarning o‘ta spetsi­fikligi tur ichidagi variantlami — fagovarlami farqlash imkonini beradi. Faglar yordamida farqlash epidemiologiyada katta ahamiyatga ega, chunki infeksiya manbayini aniqlashda va qator savollar yechimida ularning roli kattadir;
b) mikroblarning test kulturasi yordamida noma’lum fagni aniqlash. Agarda fag dizenteriya qo‘zg‘atuvchisini lizisga uchratsa, demak, u dizenteriya fagi hisoblanadi;
d) fag titrining ortishi reaksiyasi yordamida (RNTF) tezlash- tirilgan diagnostik usul, sof kultura, ajratib olishni talab qilmaydi. Bemordan yoki tashqi muhitdan olingan tekshirish materiali va titri aniqlangan indikator fagi sho‘rvaga solinadi. Termostatda o‘stirilgan fag titri Gratsiya usulida aniqlanadi. Titrning 5 va ko‘proq ortishi, tekshirish materialida fagga mos qo‘zg‘atuvchi borligidan dalolat beradi, chunki fag bo‘linib ko‘paygan bo‘ladi.
Mo‘tadil faglar biologiyada ko‘pgina savollarni yechishda qo‘l- laniladi. Ular yordamida genetik kodlar o‘rganiladi, gen muhandisli- gida katta yutuqlarga erishilgan. O‘simtalarning o‘sishini o‘rganishda ulardan keng foydalaniladi.
Fag preparatlari
Fag preparatlarini olishda yaxshi o‘rganilgan mikroorganizm shtammlari va reaktorlarda o‘stirilgan faglardan foydalaniladi, bu katta miqdorda fagolizator olish imkonini beradi. Faglar suyuq holda (ampula va flakonlarda), shamcha va tabletka ko‘rinishida chiqariladi. Tablet- kalar og‘iz orqali ichiladi, u kislotaga chidamli qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, faglami oshqozon shirasidagi xlorid kislota ta’siridan himoya qiladi.
Fag preparatlari, albatta, qo‘shimcha mikrofloraga, zararsizlikka va faolligiga ko‘ra nazoratdan o‘tishi lozim. Fag idishlarida, albatta, fagning nomi, qayerda chiqarilganligi, seriya raqami, ishlatish muddati ko‘rsatilishi lozim.
ANTIBIOTIKLARGA UMUMIY TAVSIF
Antibiotik (yunon. unb'—qarshi, bzox—hayot) — tirik organizm- ning hayot faoliyati moddasi bo‘lib, mikroorganizmlarga tanlab o‘ldiruvchan yoki ularning o‘sishiga to‘sqinlik qiladigan xususiyatga ega. Mikroorganizmlarda antibiotik ishlab chiqarish mikrob anto- gonizmining (yunon. unb—kurashaman, qarshilik qilaman) birdan bir asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Antibiotik xususiyatga ega bo‘lgan ko‘pgina mikroorganizmlar: zamburug‘lar, aktinomitset, sporali bakteriyalar tuproqda uchraydi. Antagonistlami suv havzalarida (ko‘l, daryo), shuningdek, odam va hayvonning normal mikroformalarida uchratish mumkiin. Mikroorganizm: ichak tayoqchasi, bifidum- bakteriya odam ichidagi laktobatsillalar.
Mikrob antagonizmining amaliyotda qo‘llanilishinibirinchibo‘lib L. Paster va I.I. Mechnikov o‘rgandi. L. Paster 1877-yilgi izlanishlari natijasida kuydirgi batsillalarini chirituvchi bakteriyalar bilan oziqa muhitda o‘stirilishi kuydirgi batsillalarining o‘sishini to‘xtatadi, deb fikrini bildirdi. L. Paster olib borgan kuzatishlari natijasida, bakteriyalar antagonizmini yuqumli kasalliklarni davolashda qo‘llash mumkin, degan xulosaga keldi. I. I. Mechnikov 1894-yili ichak infeksiyalarini chirituvchi bakteriyalarining ahamiyatini o‘rganib, chirituvchi bakte­riya ishlab chiqaradigan moddalar organizmni zaharlaydi va odam- ning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladi. Shuningdek, sut kislotasi hosil qiladigan bakteriyalar (bolgar tayoqchasi) ichakdagi chirituvchi bakteriyalaming rivojlanishiga to‘sqinlik qilishini aniqladi va mikroor- ganizmlaming antagonistik munosabatda bo‘lishi organizmning qa­rishiga qarshi kurashishlardan biri, degan fikrni bildirdi.
Rus olimlaridan V.A. Manassein va A.G. Polotebnov 1871 — 1872-yillarda antibiotik topilishidan ancha oldin, yashil mog‘or pe- nitsilliumini teridagi yiringli yaralami davolashda qo‘llaganlar. Bir turdagi mikroorganizmning boshqa turdagi mikroorganizmlarga ta’sirini (antagonizm) qo‘llash fikri yaxshi natijalar berdi. Ko‘k yiring tayoqchalardan R. Emmerix va O. Lev birinchi antibiotik piotsinozani oldilar. Lekin u keng qo‘llanilmadi. Antibiotiklarga 1929-yildaA. Fleming asos soldi.
U oziqa muhitidagi tillarang stafilokokklar oldida tasodifan o‘s- gan va atrofidagi koloniyalaming lizisga uchrashini kuzatadi. Fleming mog‘or bulyon kulturasining filtrati faqat stafilokokklamigina emas, balki boshqa mikroorganizmlarni ham o‘ldirishini aniqlaydi. U 10 yil davomida kimyoviy toza penitsillinni olishga harakat qildi, lekin buni uddalay olmadi.
Tozalangan penitsillin preparatini 1940-yilda angliyalik E. Cheyn va T. Fiori olishdi. Mikrobiolog Z.V. Yermolyeva 1942-yili penitsillin olish uchun boshqa mog‘ordanfoydalanadi. Bu 1941-1945-yilgiurush davrida katta foyda berdi.
Penitsillin topilishi va uning yiringli kasalliklami davolashda keng qo‘llanilishi olimlarda yangi antibiotiklami topishga ishtiyoq uyg‘otdi. Hozirgi kunda 2000 dan ortiq turli xil antibiotiklar topilgan. Lekin klinik amaliyotda bulaming barchasi qo‘llanilmaydi, chunki ayrimlari toksik ta’sirga ega, boshqalari odam organizmi sharoitida faol emas.
Olinish manbayiga ko‘ra, antibiotiklar quyidagicha tavsiflanadi:

  1. Past o‘simliklardan olinadigan antibiotiklar:

  1. mog‘or zamburug‘idan olinadigan antibiotiklar (penitsillin vab.);

  2. aktinomitsentlardan olinadigan antibiotiklar (streptomitsin, tetratsiklin vab.);

d) bakteriyalardan olinadigan antibiotiklar (gramitsidin, polimiksin).

  1. Yuqori darajali o‘simliklardan olinadigan antibiotiklar (piyoz, sarimsoq piyozlar, fitotsidlar).

  2. Hayvon to‘qimalaridan olinadigan antibiotiklar (lizotsim, ekmolin, interferon).

Antibiotiklar mikroorganizmlarga bakteriotsid va bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Bakteriotsid ta’siri o‘ldiruvchanbo‘lib, bakteriostatik ta’sir esa ularning bo‘linib ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi va to‘xtatadi. Ta’sir etish xarakteri antibiotikka va uning konsentratsiyasiga bog‘liq.
Antibiotiklaming antimikrob ta’sir mexanizmi turlichadir. Biri bakteriya hujayrasi devorining sintezini buzadi (penitsillin, sefa- losporinlar), boshqalari hujayradagi oqsillarning sintez jarayonini to‘xtatadi (streptomitsin, tetratsiklin, levomitsetin). Uchinchisi esa bakteriya hujayrasidagi nuklein kislotasi sintezini buzadi (rifampitsin va b.). Har bir antibiotik ta’sir etish spektri xarakteriga egadir, ya’ni preparat ma’lum bir mikroorganizm turiga oTdiruvchan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Keng spektrda ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar turli xil mikroorganizm guruhlariga nisbatan faol (tetratsiklin) yoki ko‘pincha Grammusbat va Grammanfly bakteriyalarning bo‘linib ko‘payishini buzadi (streptomitsin va b.). Qator antibiotiklar tor doiradagi mikroorganizmlarga nisbatan ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, polimiksinga Grammanfly bakteriyalar sezuvchandir. Antibiotiklar ta’sir etish doirasiga ko‘ra antibakterial, zamburug‘larga va o‘simta- larga qarshi turlarga bo‘linadi.

Download 45,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish