4С6Н12O6 = 3СН3 СН2СOOН + 2СН3СOOН + 8СO2 + 8Н2
Geksoza moy kislota sirka kislota
Moy kislota bakteriyalari orasida mezofill va termofillari bor. Moy kislotali bijg`ish tufayli ba`zan tuzlangan oziq mahsulotlariga Yoqimsiz hid paydo bo`ladi.
Sanoatda moy kislota toza bakteriya kulturasini ishlatib olinadi. Hosil bo`lgan moy kislotasi ajratib olinib, kimyoviy usulda tozalanadi.
Pektin moddalariniig bijg`ishi. Tabiatda bu tip bijg`ish ham keng tarqalgan . Pektin o`simlik tukimalarida ko`p miqdorda uchrab, hujayralarni bir - biriga biriktirish vazifasini bajaradi. Pektin murakkab birikma, suvda erimaydi, kislotali muhitda kislota va utlevodlarga parchalanadi. Pektin kislotasini ba`zi bakteriyalar, mog`or zamburug`lar, aktinomitsetlar va boshqa mikroorganizmlarda uchraydigan pektinaza, propektinaza va pektaza fermentlari parchalaydi.
Pektinli bijg`ish jarayoniga asoslanib, tolali o`simliklardan tola ajratib olinadi. Bunda "shudringli" usul va "suvda ivitish" usullari qullaniladi. Suvda ivitilganda zig`ir, kanop va boshqa tolali o`simlik poyalari betonlangan hovuzlarda 25°S da ko`p miqdordagi suvga botirib quyiladi. Dastlab ko`p miqdorda kupik hosil bo`ladi, keyin pektinli bijg`ish boshlanadi va tola oson ajraladi. Jarayon anaerob sharoitda yashaydigan spora hosil qiluvchi Cl. pectinovorum bakteriyasi ishtirokida kechadi.
Shudringli usulda ivitish uchun tolali o`simliklar kuzda yerga bir tekis qo`shiladi bijg`ish esa aerob usulda, zamburug`lar ishtiroki bilan boradi. Pektinli bijg`ishda ishtirok etadigan bakteriyalar 1895 yili S.N. Vinogradskiy laboratoriyasida Fribes tomonidan ochilgan va CI. felsineum deb nomlangan. Keyinchalik Beyerink uni granulobacter pectinovorum deb atagan. Chunki u granulezaga xos sifat reaktsiyasi bergan.
Hozir esa u Clostriduum avlodiga kiritilgan.
Quyidagi mikroorganizmlar pektinni yaxshi parchalaydi.
Pektinni aerob moddalarni parchalovchi: Vas. macerans, Vas. polymyxa.
Anaerob sharoitda parchalovchilar: Cl. pectinovorum, Cl. felsineum, Cl. aurantibutyricurn, Cl. flovum.
Bular bilan bir qatorda zamburug`lar, fitopatogen mikroorganizmlar ham bijg`ish jarayonida qatnashadi.
Pektin moddalarini parchalovchi mikroorganizmlar 3 guruh ekzofermenlar sintezlaydi va ular quyidagicha ishlaydi:
1) prtekinaza fermenti protopektinni eruvchan pektinga:
2) pekrinesteraza pektinni pektin kislotaga va metanagolga:
3) pektinaza poligalakturonidaza esa pektin kislotani (pektinni) d — galakturonkislotaga aylantiradi.
Rossiya fanlar Akademiyasini "Qishloq xo`jalik mikrobiologiya ilmiy — tadqiqot instituti" Cl. Felsineum ni sporalaridan tayyorlangan pektolitin preparatini pektinli bijg`ishda qo`llashni tavsiya etdi. Pektolitinni qo`shilishi bijg`ish jarayonini 27% oshiradi.
Tsellyulozaning bijg`ishi. Biosfera uglerodining 50% tsellyulaza (klechatka) tarkibiga kiradi. Bu polisaharid o`simlik dunyosida eng ko`p tarqalgan . Har yili tsellyulozaning katta qismi tuproqqa to`shadi va har xil mikroorganizmlar yordamida parchalanadi. Bundan aerob mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. Ular mikrobakteriyalar bo`lib, Cytohpaga avlodiga kiradi. Ular ko`plab gung tarkibida uchraydi. Tsellyulozani parchalovchilarga Muxosossaseae, Archangiaceae, Polyangiaceae oilasi avlodlari kiradi va ular har xil zonalar tuproqlarida keng tarqalgan . Pseudomonas, Vibrio va Bacillus lapni ba`zi turlari ham tsellyulozani parchalaydilar. Aktinomitsetlardan Streptomyces, Strepto sporangium, Micromonospora, zamburug`lardan Fusarium, Verticillium, Aspergillus, Penicillium larni kursatish mumkin.
Tsellyulozaning anaerob parchalanishida Bacillaceae oilasiga kiruvchi Clostridium avlodi vakillari qatnashadilar.
Ular gungda, kompostlarda kulmak suvlarda uchraydi. Ular rN o`zgarishiga chidamli bo`lib, har xil rNli tuproqlarda ham uchraydi. Tipik vakili Clostridium omelianskii tsellyulozani 30 — 40°S da parchalaydi, yug`on spora hosil qiladi, shuning uchun hujayra shishib baraban tayoqchasi shaklini oladi.
Termofill vakillari ham bor. Ularga Cl. thermocellum kiradi. Optimal temperaturasi 60°S, maksimumi esa 70°S. 40 —45°S da bu bakteriyalar yomon rivojlanadi.
Kavsh qaytaruvchilarning hazm yulida tsellyulozani anaerob parchalovchilar mikroorganizmlar bo`lib, ular tsellyulozani glyukozagacha parchalaydilar, glyukoza esa bijg`ib organik kislotalar (sirka, propion, sut, moy, chumoli, yantar va h.), spirtlar va gazlar (SO2, N2) hosil qiladi.
Hayvon hazm sistemasidagi tsellyuloza parchalovchilar sharsimon va tayoqchasimon shaklga ega bakteriyalardir: masalan, Ruminococcus flavefaciens, R. albus, Ruminobacter parvum va boshqalar shular jumlasidandir.
Tsellyuloza polimer modda bo`lib, r —1,4 —glyukozid bog` i orqali bog`langan glyukoza qoldiqlaridan iborat. Molekula massasi 140—10000. Tsellyuloza molekulalari mitsellalarga (to`tamlarga) birikkan bo`lib, har biri 40—60 molekulani uz ichiga oladi, uni parchalaydi. Avval tsellyuloza bir necha etaplarda (endo — va ekzoglyukonaza yoki S1 — faktor va Sx ferment) ta`sirida parchalanadi. Tsellyuloza β — (1,4) — glikozid bog` larini uzadi, natijada tsellyuloza tsellobiozni disaharidga va bu uz navbatida β — glyukozidaza fermenti ta`sirida glyukozaga aylanadi.
Tsellyulozaning aerob parchalanishida glyukozadan SO2 va N2O hosil bo`ladi. Bunda oz miqdorda organik kislotalar ham hosil bo`lishi mumkin.
Anaerob parchalanganda, tsellyulozaning birinchi mahsuloti glyukoza bijgiydi va ko`pgina organik kislotalar, masalan, propion, moy kislotalari, etil spirti, sirka kislotasi, chumoli kislotasi, karbonat angidridi va suv hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |