Qisqacha xulosalar
Mehnat shartnomasini bekor qilish ushbu shartnoma ishtirokchilari hohish-
irodasini yoki uni bekor bo’lishiga olib kelgan o’zga holatni aks ettiruvchi yuridik
holatdan iboratdir. Mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko’ra, taraflardan
birining tashabbusi bilan, muddatning tugashi bilan, taraflar ixtiyoriga bog’liq
bo’lmagan holatlarga ko’ra, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra
hamda yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo’yicha o’tmaganligi) yoxud
saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan bekor qilinishi
mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Mehnat shartnomasini bekor qilish deganda nima nazarda tutiladi?
2. Mehnat shartnomasini bekor qilish, ishdan bo’shatish, mehnat
shartnomiasini bekor bo’lishi tushunchalari o’rtasida qanday farqlar bor?
3. Mehnat shartnomiasi bekor bo’lishining umumiy asoslari Mehnat
kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan va ularni tavsifi qanday?
4. Taraflar kelshishuvi bilan mehnat shartnomasi bekor bo’lishi mumkinmi?
163
5. Muddatni tugashi shartnomani bekor qilinishiga olib keladimi?
6. Xodimning tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi
qanday?
7. Xodim ishdan bo’shash haqidagi arizasini qaytarib olishga haqlimi?
8. Mehnat shartnomasi qaysi asoslar mavjud bo’lganida ish beruvchining
tashabbusiga ko’ra bekor qilinishi mumkin?
9. Mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilish chog’ida
xodimlarga qanday kafolatlar beriladi?
164
9-BOB. XODIMLAR FAOLIYATIGA DOIR BUYRUQLAR
9.1. Buyruq turlari
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar tashkilotlarda xodimlar bo’limi ish
yuritilishining asosiy hujjatlaridan sanaladi. Bugungi kunda respublikada bu
turdagi hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha maxsus standart ishlab chiqilmagan.
Mazkur maqolada muallif shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarni rasmiylashtirish va
saqlashga oid ba’zi bir takliflar berishga harakat qilgan.
Buyruq
– korxona (tashkilot, muassasa) rahbarining mazkur korxona oldida
turgan asosiy va amaliy vazifalarni hal etish mvqsadida chaqiradigan rasmiy
huquqiy hujjat.
Buyruq maxsus blankada rasmiylashtiriladi va mazkur korxonaning
(tashkilot, muassasa) nomi, uning yuqori turuvchi organi, hujjat turi (buyruq),
chiqarilgan joyi, sana, hujjat raqami, matn sarlavhasini qo’yishi uchun ajratilgan
joy kabi qismlardan iborat.
Mazmuni va rasmiylashtirish uslubi bo’yicha buyruqlar ikki guruhga – asosiy
faoliyat va shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarga bo’linadi. Shaxsiy tarkib bo’yicha
buyruqlar ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat ta’tilini berish, xizmat
safariga yuborish, korxona ishchilarini rag’batlantirish va ularga nisbatan
intizomiy jazo choralarini qo’llash, mehnat shartnomasini bekor qilish va xodimlar
bilan ishlash jarayonidagi boshqa holatlarni rasmiylashtirishda foydalaniladi
hamda ishchilar uchun ish haqini hisoblab chiqishga asos bo’ladi.
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq loyihasi xodimlar bo’limi tomonidan
tayyorlanadi.
Buyruq imzolangan kundan boshlab yuridik kuchga ega bo’ladi (buyruq sana
imzolangan kun hisoblanadi).
Buyruqlarni qayd etish boshqa hujjatlardan alohida olib boriladi. Buyruqlarga
qayd raqamlari kalendar yil davomida ketma-ket “1” dan “p” gacha – 1 yanvardan
31
dekabrgacha
qo’yib boriladi. Buyruqlar raqamlarini g’ayriqonuniy
o’zgartirilishini oldini olish maqsadida ularni ikki yoki uch xonali sonlar bilan
yozish tavsiya etiladi. Masalan, № 01 yoki №001. Amaliyotda shaxsiy tarkib
165
buyicha buyruqlarga raqam qo’yish bilan birga indekslardan foydalanish ham
kuzatiladi, masalan “k” (kadrlar): №01 –k buyruq.
Do'stlaringiz bilan baham: |