Ayniqsa, mehnatning ijtimoiy-iqtisodiy ragʻbatlari, xodimlarning jamoa boshqaruvida ishtirok etishini taʼminlash muhim ahamiyatga ega; ish oʻrnini jihozlash — barcha asosiy va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalarni optimal joylashtirishga alohida eʼtibor beriladi.
Mehnatni tashkil etishning muhim yoʻnalishi — intizomdir. Kishilarning qoʻyilgan maqsadga erishish yoʻlidagi mehnati, harakati va intilishlarining birlashuvi, ish joyiga oʻz vaqtida kelishi va ketishi bilan birga belgilangan texnologiyaga rioya qilishi, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat rejimini taʼminlash, mehnat unumdorligini oshirishga intilish institutizom talablariga kiradi. Mehnat institutizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona jamoaga birlashtiradi. Mehnatni tashkil etishning eng ilgʻor usullarini qoʻllash va mehnatni toʻgʻri tashkil etish, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatda yengib chiqishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi, korxonlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yoʻl ochadi.
Bizga ma’lumki “Tashkil etish” tushunchasi fransuzcha organization, lotincha organizo–“tartibga keltiraman” so‘zidan kelibchiqgan. Uning mazmuni yaxlit butunlik ichida o‘zaro aloqalarning yuzaga kelishi hamda takomillashishiga olib keladigan jarayon yoki xaraktlar jamlamasini anglatadi. Tashkil etish deganda birgalikda amalga oshiriladigan muayan qoida va takomillar asosida, biron aniq maqsad sari xarakat qiluvchi odamlarning birlashishgan faoliyati tushuniladi.
Shunga ko‘ra funksional nuqtai nazardan, tashkil etish ichki tartiblarni o‘rganish va takomillashtirish jarayonini bildiradi. Binobarin, mehnatni tashkil etish atamasi odamlar faoliyatini tartiblashtirish, muayan tizimga keltirish demakdir. Biroq, bunday ta’rif haddan tashqari umumiy bo‘lganligi uchun uni mukammal deb bo‘lmaydi. Mehnatni tashkil qilish haqidagi munozara XIX asrning oxiridan beri davometib kelmoqda. Mehnatni tashkil qilish tushunchasi tariflash to‘g‘risidagi masala, hatto xalqaro tashkilotlar tomonidan ham ko‘rib chiqilgan, lekin mazkur tushunchani ta’riflash bo‘yicha yagona yondashuv hanuzgacha ishlab chiqilmagan. “Mehnatni tashkil qilish” tushunchasining paydo bo‘lish tarixiga to‘xtar ekanmiz, buyerda, albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F.Teylorning (1856-1915) nomini tilga olamiz. Shunday qilib, F.Teylor mehnatni “Ilmiy boshqarish” muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan bo‘lib, u iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. Ammo F.Teylor ko‘zda tutgan fan sohasini iqtisodiyotda haddan tashqari toraytirib qo‘ygan. “Oqilonalashtirish” atamasi mazkur fanni to‘g‘ri nomlash muammosini murakkablashtiradi, bu atama dastlab Germaniyada qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik u muayan darajada boshqa mamlakatlarda ham sinaldi. Demakki jamoalardagi mehnatni tashkil etishdagi samarali ishlar korxonaning ertangi rivojiga ta’sir qiladi. Jamoalarning tashkil qilinishi tashkil qilish bilan bo‘liq xolda yaralib o‘z samarasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |