Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Mehnatni tashkil etishning buyuk shakillarining evolyutsiyasi



Download 346,82 Kb.
bet34/117
Sana01.01.2022
Hajmi346,82 Kb.
#297637
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o'quv qo'llanma inshaollox

3.3 Mehnatni tashkil etishning buyuk shakillarining evolyutsiyasi
Mehnatni tashkil etish - nazariya va amaliyotga asoslangan holda korxonada ish jarayoni unsurlarini uyushtirish tartibi va tamoyillari. Mehnatni tashkil etishning iqtisodiy vazifalariga milliy iqtisodiyotda inson va moddiy resurelardan oqilona foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishni va uning sifatini oshirish, sanitariyagigiyena va ruhiyfiziologik vazifalariga ishchixodimlar sogʻligʻini muhofaza etish, mehnat sharoitlarini belgilangan standart va meʼyorlarga mosligini taʼminlash; ijtimoiy vazifalariga mehnatning mazmuni, uning ijodiyligini, kishilarning maʼnaviy kamol topishini rivojlantirish, ularning ijtimoiy muhofazasini tashkil etish; tashkiliy vazifalariga har bir ish joyini tashkil etishda ergonomik talablarga muvofiklikni taʼminlash kiradi.

Ergonomik (yun. — ish, mehnat va — qonun) — kishi (kishilar jamoasi)ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bogʻliq holda kompleks oʻrganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining oʻzaro taʼsiri va aloqalarini tadqiq etadi. Qadimdan mukammal mehnat qurolini ixtiro qilish, mehnat jarayonida inson organizmi holatini oʻrganish biror ishini bajarish uchun eng maqbul sharoitlar yaratish maqsadlari bilan bogʻliq boʻlgan. Insonning mehnat faoliyata uchun eng oʻngʻay mehnat qurollari, eng qulay mehnat sharoitlari yaratish yoʻlidagi dastlabki qadamlar 20-asr boʻsagʻasida boshlandi. Bu sohada birinchi keng miqyosdagi amaliy tadqiqotlar amerikalik amaliyotchi muhandis va menejer, ilmiy boshqarish maktabi asoschisi U.F.Teylor (qarang Teylorizm) tomonidan bajarildi. Ergonomik ishlab chiqarishning amaliyot ehtiyojlari taʼsirida, korxonalar faoliyatida inson omili rolining ortib borishi, fantexnika taraqqiyoti natijasida ilmiy amaliy fan sifatida paydo boʻldi. Eksperimental psixologiya, fiziologiya va mehnat gigiyenasi taʼsirida shakllandi; tibbiyot, biomexanika, antropometriya, psixofiziologiya, sotsiologiya, injenerlik va texnologik fanlar maʼlumotlari va metodologiyasidan, mehnatni tashkil etish va normalash tamoyillaridan foydalanadi, umumiy va ijtimoiy psixologiya, mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiy matematik modellashtirish bilan bogʻliq.│

Dastlab, amerikalik muhandis va olim F.U.Teylor mehnatni “ilmiy boshqarish” muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan va oʻz konsepsiyasining asosiy qoidalari va tamoyillarini “Fabrikani boshqarish” (1919) va “Korxonani ilmiy bo-shqarish asoslari” (1911) deb nomlangan asarlarida bayon qilgan. Keyinchalik amerikalik F. K. Gilbert (1868— 1924), X. Emerson (1853-1931), Genri Ford (1863—1947) ham mazkur muammo yechimiga oʻz hissalarini qoʻshishgan.

Mehnatni tashkil etish. — mehnat munosabatlarini tashkil etish hamda mehnatning ashyoviy unsurlarini tashkil etishga ajratiladi. Bu darajalarning har biri mehnat taqsimoti va unga mos keladigan mehnat kooperatsiya kabi tushunchalar bilan bogʻliq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Mehnatni tashkil etish. quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: shaxsni kamol toptirish (har bir insonda individual sifat koʻrsatkichlari rivojlanishini taʼminlash); xavfsizlik (ishchi oʻz ish joyida, sogʻligʻiga, daromadiga, ish bilan taʼminlanishiga kafolat beruvchi xavfeizlikka ishonch hosil qilishi); adolat (korxona mehnat natijalarida har bir ishchining manfaatlari ifodalanishi). Mehnat, dastlab, ishlarning tarkibi, mazmuni, hajmi va intensivligiga, ish vaqtidan foydalanish darajasi va asbob-uskunalar murakkabligiga qarab inson imkoniyatlari hamda kasbiy tayyorgarligiga binoan tashkil etishni talab qiladi. Mehnat sharoitlarini tashkil etish — dam olish va mehnat rejimi, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish kabi tadbirlar bilan aloqador. Mehnatni tashkil etish tizimida kadrlarni kasb talablarga asosan tanlash, shaxsiy sifatlarini inobatga olish, kadrlarni tayyorlash, joy-joyiga qoʻyish, malakasini oshirish kabi masalalar hal etiladi.




Download 346,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish