1-sxema Jamoaning shakillanish bosqichlari
Bunday bosqichlarga quyidagilar kiradi:
paydo bo‘lish;
shakllanish;
barqarorlashish;
takomillashuv yoki inqiroz (bu tabiiyki oldingi bosqichlarga qarama-qarshi bo‘lib, ularni inkor qiladi).
Paydo bolish bosqichi yangi tashkilotning tashkil etilish bosqichi yoki yangi boshliqning kelishi bilan bog‘liqdir. Bu bosqichda maqsadli yo‘l-yo‘riqlar (tashqi tashkilotniki) beriladi, mehnat jamoasining rasmiy tuzilishi, boshqaruv organlari, hisobot berish tizimlari loyihalashtiriladi. Shakllanish bosqichi — norasmiy kichik guruhlarning vujudga kelishini nazarda tutadi, bunda tashqi ta’sir ichki turtkilar bilan almashadi, shuningdek, jamoaning ijtimoiy fikri shakllanadi. Mazkur bosqich jamoani boshqarish uchun ayniqsa, murakkabdir. Bir tomondan, kichik guruhlarning tashkil etilishi obyektiv jarayon bo‘lib, rahbar bunga halaqit bera olmaydi.
Barqarorlashuv bosqichida jamoaning yetuklik holatiga erishiladi. Bunda jamoaning norasmiy tuzilmasi tashkil etilgan va ishlayotgan bo‘ladi, muvozanat shartlari belgilangan, jamoaning ijtimoiy normalari tashkil topgan, jamoatchilik fikri qaror topgan bo‘ladi. Bunday jamoa yetarli darajada barqaror, tashqi ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
Tashqi va ichki omillarning ta’sir ko‘rsatishi natijasida (iqtisodiy vaziyatda, tashqi muhitda) jamoa barqarorlashuv (takomillashuv) yoki inqiroz bosqichiga o‘tishi mumkin.
Boshqaruv usullarini tanlashda ularni jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun har bir rahbar jamoadagi ishni mehnat jamoasi muvaffaqiyatning munosabatlarini rivojlanishi darajasini aniqlashdan boshlaydi.
Shaxsning ijtimoyilashuvi muomala yordamida mazkur jamoaga, guruhga, jamiyatga xos bo‘lgan normalarni, qadriyatlarni, yo‘l-yo‘riqlarni o‘zlashtirish asosida uning shakllanish jarayonidir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi boshqa shaxslar bilan o‘zaro muomalada bo‘lishida, ya’ni guruhda, jamoada sodir bo‘ladi. “Jamoa” tushunchasi boshqarishning ko‘pgina bo‘limlarida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi.
Shakillantirish jarayoni bu rahbar va boshqaruv apparatining qo‘yilgan maqsadga erishish uchun odamlarning qo‘shma faoliyatini uyg‘unlashtirish bo‘yicha maqsadga muvofiq harakatlari majmuasidir.
Jamoani lider boshqaradi. Lider liberal uslubida boshqaradi. Liderning strategik, ayniqsa, mushkul va mas’uliyatli vazifalari - bu jamoada mafkurasini ishlab chiqish, strategik maqsadlarni kashf etish, komandaga yuqori malakali mutaxassislarni tanlab taklif etish va jamoa faoliyatida korporativ ruhini yanada oshirishdan iborat.
Jamoaning asosiy xususiyatlarga quydagilarni kiritishimiz mumkin:
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadlarning mavjudligi;
Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi;
Majburiy, masulyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi;
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. (2-rasm)
2-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |